Get Mystery Box with random crypto!

Pomidorlar mavsumi boshlandi Bugun sizlarga pomidorlarning f | My portfolio

Pomidorlar mavsumi boshlandi

Bugun sizlarga pomidorlarning foydali xususiyatlari va ularni to’g’ri tanlash haqida qiziqarli ma’lumotlarni berib o’tamiz.

Pomidorlarning foydali xususiyatlari

Qadim zamonlarda odamlar pomidorni zaharli mahsulot deb o’ylab, uni iste’mol qilishmagan. Mana ko’p yillar o’tib, bu fikrning noto’g’riligi isbotlandi. Pomidor shu qadar foydali mahsulotki, jumladan u quyidagilarga yordam beradi:

• Pomidorlar serotonin manbai bo’lib, xuddi shokoladdek kayfiyatni ko’taradi;

• Moddalar almashinuvini normallashtiradi;

• Pomidorlar ozish va yoshlikni saqlab qolishga yordam beradi;

• Yurak-qon tomirlari faoliyatini yaxshilaydi;

• Ko’rish qobilyatini yaxshilaydi.

Pomidorni to’g’ri tanlash va saqlash

Pomidorlarni to’g’ri tanlashni qisqacha aytadigan bo’lsak, ularni tanlashda quyidagilarga ahamiyat qaratish kerak:

Pomidor dumchasi oldidagi rangiga qarab. Agar ular yashil rangda bo’lsa, demak pomidor polizda pishmagan;

Qattiqligiga qarab. Pomidor tarang bo’lishi, qattiq ham, yumshoq ham bo’lmasligi kerak;

Hidiga qarab. Yangi pishgan pomidorga nitratlar qo’shilmagan bo’lsa, juda xushbo’y isda bo’ladi;

Butunligiga qarab. Yorilgan yoki shikaslangan pomidorlarda darrov zararli mikroblar ko’payadi.

Pomidorlarni sovutgichda emas, balki xona haroratida saqlash tavsiya qilinadi. Bunda ular o’z ta’mi va foydali xususiyatlarini yo’qotmaydi. Xona haroratida pomidorlarni 4-5 kungacha saqlash mumkin.

Pomidor tanlashning bir qancha usullari bor ekan, men shu paytgacha holati va rangiga qarab tanlagan ekanman. Siz qanday tanlagansiz?