Get Mystery Box with random crypto!

Poytaxt mahalla yoshlari | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi poytaxtmahallayetakchilari — Poytaxt mahalla yoshlari | Rasmiy kanal P
Telegram kanalining logotibi poytaxtmahallayetakchilari — Poytaxt mahalla yoshlari | Rasmiy kanal
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 237
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanalda Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan poytaxt yetakchilari faoliyatiga oid yangiliklar va uslubiy qo'llanmalar berib boriladi.

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-07-09 04:20:04
Qadrli yurtdoshlar!

Qalblarimizni fayzu ilohiy shukuhga to‘lib turgan ushbu ulug‘ kunda yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni, butun xalqimizni tinchlik, shukronalik, mehr-oqibat va saxovat ramzi bo‘lgan muborak Qurbon hayiti bilan Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi va hududiy bo'limlari jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz.

Qubon hayit bayramingiz muborak bo‘lsin!

@yoshlarplatformasi
@poytaxtmahallayetakchilari

Telegram | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube
86 views01:20
Ochish/sharhlash
2022-07-07 10:08:54 Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa'dullayev tomonidan zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni oʻrgatishga ixtisoslashgan o‘quv markazlar rahbarlari bilan hamkorlik yuzasidan muloqot

YouTube:



@yoshlarplatformasi
@poytaxtmahallayetakchilari

Telegram | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube
128 views07:08
Ochish/sharhlash
2022-07-05 09:16:04
"Qoraqalpog‘im"

Men o‘zbek, sen esa qoraqalpoqsan,
Turklar dunyosida sen ham urvoqsan,
Gar men tuproq bo‘lsam, sen ham tuproqsan,
O‘zbekka azaliy qarindosh, inim...

O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov

@yoshlarplatformasi
@poytaxtmahallayetakchilari

Telegram | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube
200 views06:16
Ochish/sharhlash
2022-07-04 13:08:07
"Besh tashabbus olimpiadasi" yakuniy natijalari bilan tanishing.

Respublika bo'ylab o'tkazilgan Yoshlar ishlari agentligi va hamkor vazirlik va idoralar tomonidan o'tkazilgan "Besh tashabbus olimpiadasi" o'z yakuniga yetdi. Musobaqa va tnlovlarni sarhisob qilamiz.

Toshkent shahri umumjamoa hisobida 9 ta oltin, 4 ta kumush va 7 ta bronza, jami 20 ta medal* jamg'arib Respublikada birinchi o'rinni egalladi. Jadvalda, medallarni tumanlar kesimida ko'rishingiz mumkin.

Taʼkidlash lozim, poytaxtimizning deyarli barcha hududlari jamoalari o‘z hisobiga oltin, kumush va bronza medalni yozib qo‘ydilar.

Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi barcha g‘olib va ishtirokchilarni qutlaydi va keyingi faoliyatlarida omad va zafarlar tilaydi. Navbatdagi “Besh tashabbus” olimpiadasida ko‘rishguncha.

@yoshlarplatformasi
@poytaxtmahallayetakchilari

Telegram | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube
189 views10:08
Ochish/sharhlash
2022-07-02 11:51:00
2-iyul - O'zbekiston Respublikasi davlat gerbi qabul qilingan kun.

1992-yil 2-iyulda "O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to'g'risida"gi qonunga asosan Davlat gerbining rangli va oq-qora tasviri tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli ko‘rinishida: Xumo qushi va daryolar — kumush rangida; quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va "O‘zbekiston" yozuvi — oltin rangida; g‘o‘za shoxlari va barglari, tog‘lar va vodiy — yashil rangda; chanoqlardagi paxta — oq rangda; lenta — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda; sakkizburchak — oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda havo rangda; yarimoy va yulduzlar — oq rangda tasvirlangan.

Barchani mazkur sana bilan tabriklaymiz!!!

@yoshlarplatformasi
@poytaxtmahallayetakchilari

Telegram | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube
235 views08:51
Ochish/sharhlash
2022-07-02 10:18:00
“Besh tashabbus” olimpiadasi yakunlari

Mamlakatimizda ilk bora Yoshlar ishlari agentligi va hamkor vazirlik va idoralar tomonidan o‘tkazilgan “Besh tashabbus” olimpiadasi o‘z yakuniga yetdi. Musobaqalar yakuniy natijalarini sarhisob qilamiz.

Umumjamoa hisobida 9ta oltin, 4ta kumush va 7ta bronza, jami 20ta medal jamg‘argan Toshkent shahri yoshlari birinchi o‘rinni egalladilar. Ikkinchi va uchinchi o‘rin mos ravishda Samarqand va Toshkent viloyati yoshlariga nasib qildi.Samarqandlik yoshlar 8ta oltin, 5ta kumush va 4ta bronza jami 17ta medalga munosib ko‘rildilar. Toshkent viloyati vakillari 6ta oltin, 6ta kumush va 3ta bronzani jami 15ta sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

Taʼkidlash lozim, barcha hududlar jamoalari o‘z hisobiga oltin, kumush va bronza medalni yozib qo‘ydilar.

Yoshlar ishlari agentligi barcha g‘olib va ishtirokchilarni qutlaydi va keyingi faoliyatlarida omad va zafarlar tilaydi. Navbatdagi “Besh tashabbus” olimpiadasida ko‘rishguncha.

Telegram | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube
205 views07:18
Ochish/sharhlash
2022-07-02 09:03:34 "Siz axir osmonni olmoq bo‘lsangiz, Ne uchun yelkamni tutib bermayin?"

YouTube:




@yoshlarplatformasi
@poytaxtmahallayetakchilari

Telegram | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube
155 views06:03
Ochish/sharhlash
2022-07-01 21:45:02 Qurbon hayiti bayrami 9 iyul (shanba) kuni nishonlanadi

Shu munosabat bilan ish haftasining turidan qat’i nazar
4 kun dam olish kuni etib belgilandi:

9 iyul (shanba) – Qurbon hayiti bayrami;
10 iyul (yakshanba) – dam olish kuni;
11 iyul (dushanba) – barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
12 iyul (seshanba) – 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun 16 iyul (shanba) dan ko‘chirilgan dam olish kuni.

@yoshlarplatformasi
@poytaxtmahallayetakchilari
909 viewsedited  18:45
Ochish/sharhlash
2022-07-01 12:41:04 "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo'lib o'tgan Yoshlar kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir

YouTube:



@yoshlarplatformasi
@poytaxtmahallayetakchilari

Telegram | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube
156 views09:41
Ochish/sharhlash
2022-06-30 20:24:51
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yoshlar kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida o‘tayotgan bayramga tashrif buyurdi.

Bu yerda Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Al-Xorazmiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Jaloliddin Manguberdi nomidagi pavilyonlar tashkil etilgan. Ularda yoshlarning ilm-fan, ijod, sport va sanʼat sohalarida erishgan yutuqlari ifodalangan.

Davlatimiz rahbari ushbu ko‘rgazmalar bo‘ylab yurib, ularni ko‘zdan kechirdi. Yoshlar bilan suhbatlashdi.

#Mirziyoyev #tanishuv #Yoshlarkuni #bayram

@yoshlarplatformasi
@poytaxtmahallayetakchilari
290 views17:24
Ochish/sharhlash