Get Mystery Box with random crypto!

2-iyul - O'zbekiston Respublikasi davlat gerbi qabul qilingan | Poytaxt mahalla yoshlari | Rasmiy kanal

2-iyul - O'zbekiston Respublikasi davlat gerbi qabul qilingan kun.

1992-yil 2-iyulda "O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to'g'risida"gi qonunga asosan Davlat gerbining rangli va oq-qora tasviri tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli ko‘rinishida: Xumo qushi va daryolar — kumush rangida; quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va "O‘zbekiston" yozuvi — oltin rangida; g‘o‘za shoxlari va barglari, tog‘lar va vodiy — yashil rangda; chanoqlardagi paxta — oq rangda; lenta — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda; sakkizburchak — oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda havo rangda; yarimoy va yulduzlar — oq rangda tasvirlangan.

Barchani mazkur sana bilan tabriklaymiz!!!

@yoshlarplatformasi
@poytaxtmahallayetakchilari

Telegram | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube