Get Mystery Box with random crypto!

“Besh tashabbus” olimpiadasi yakunlari Mamlakatimizda ilk bor | Poytaxt mahalla yoshlari | Rasmiy kanal

“Besh tashabbus” olimpiadasi yakunlari

Mamlakatimizda ilk bora Yoshlar ishlari agentligi va hamkor vazirlik va idoralar tomonidan o‘tkazilgan “Besh tashabbus” olimpiadasi o‘z yakuniga yetdi. Musobaqalar yakuniy natijalarini sarhisob qilamiz.

Umumjamoa hisobida 9ta oltin, 4ta kumush va 7ta bronza, jami 20ta medal jamg‘argan Toshkent shahri yoshlari birinchi o‘rinni egalladilar. Ikkinchi va uchinchi o‘rin mos ravishda Samarqand va Toshkent viloyati yoshlariga nasib qildi.Samarqandlik yoshlar 8ta oltin, 5ta kumush va 4ta bronza jami 17ta medalga munosib ko‘rildilar. Toshkent viloyati vakillari 6ta oltin, 6ta kumush va 3ta bronzani jami 15ta sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

Taʼkidlash lozim, barcha hududlar jamoalari o‘z hisobiga oltin, kumush va bronza medalni yozib qo‘ydilar.

Yoshlar ishlari agentligi barcha g‘olib va ishtirokchilarni qutlaydi va keyingi faoliyatlarida omad va zafarlar tilaydi. Navbatdagi “Besh tashabbus” olimpiadasida ko‘rishguncha.

Telegram | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube