Get Mystery Box with random crypto!

PARCHA➕🎧

Telegram kanalining logotibi parchaplus — PARCHA➕🎧 P
Telegram kanalining logotibi parchaplus — PARCHA➕🎧
Kanal manzili: @parchaplus
Toifalar: Ko‘ngilchak
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 92
Kanalning ta’rifi

😊Assalomu Alaykum Kanalimizga xush kelibsiz
Kanal sizning va boshqalarning kayfiyatni ko'tarish uchun ochilgan😃
Kanalda biz mp3larining so'zlarini qirqib tashlaymiz😄
Kanal yangi shuning uchun rivojlanishiga yordam bering😊
@jijiralar_bot ga yozing

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2020-10-31 17:01:55 karsillatib, huzur qilib yeyishayotganini koʻz oldiga keltirib oʻzichа jilmayib qoʻydi. Bog'dan chiqdi. To'nini yechib egniga korjomasini kiydi. ХОtini sigir sog'ishga endigina o'tirgan shekilli, sutning boʻsh chelakka daranglab urilishi eshitilib turardi.- Onasi, men ketdim ishga,- dedi bostirma tomonga qarab.- Poda chiqar mahal bo'p qoldi. Adhamlarning Ko'k kiyigiga hushyor bo'lasan. Ko'k kiyik- qo'shnining echkisi. Shoxlari tikka o'sgan, uzun, koʻk yollarini selkillatib podaning oldida yuradi, sirtiga chang yuqtirmaydi. Ikromalining chorbogʻiga oralagudek boʻlsa, uzoqroq qarindosh atangan qoʻshnilar qizarib qolishadi. Dam olish kuni Ikromali"semirenko" va"qizil yulduz" olmalarni uzib qaznoq-uychaning bir burchagiga joyladi. Lekin uch dona olmaga tegmadi. Chunki ХОtini uchala oʻgʻilni ergashtirib keksa onasidan xabar olgani ketgan, otaning niyati bolalariga olmalarni shoxidan uzib berish edi. Ikromali katta gulzor o'rtasidagi supaga chiqib loʻlabolishga yonboshladi. Kurtak payvandning moʻjizasi bo'lgan turfa atirgullarning ayni barq urib ochilgan mahali. Mayin shabada uning dimog'iga sadarayhonning xushbo'y atrini ufurdi. Yonboshlab yotgan ko'yi koʻzi ilingan ekan, old oyoqlari qiyshiq kuchugining qattiq hurishidan uyg'ondi. Bolishdan bosh ko'tarishi bilan bogʻning burchagidan katak ko'ylakli bola otilib chiqib ketdi. Ikromali oʻgʻrini tanidi. Bu Adham edi. Uni kechа shunaqa koʻylakda koʻruvdi."Bachchag'ar, husayni uzumga oʻgʻrilikka tushgan,- degan fikr o'tdi miyasidan. – Yanagi yil uvatdan setka tortaman. Na moling bu tarafga o'tadi, na joning". U shoshilinch ishkomdagi har bosh uzumni sinchkovlik bilan
145 views14:01
Ochish/sharhlash
2020-10-31 17:01:55 Kenagasliklar uni"Ikromali bog'bon" deb atashadi. Chunki qishloqda uning oldiga tushadigan payvandchi bog'bon yoʻq hisobi.
Ikromali daraxtni hafsala bilan payvandlaydi. Uni koʻndalangiga kesib, yuzasini bog' pichog'i bilan obdon silliqlaydi. Payvand tanasining o'rta qismini yorib, unga payvandust bo'lgan daraxtning har ikki tomoni kertib yo'nilgan qalamchalarni oʻrnatadi. Payvandlangan tanani zichlab bogʻlab, sirtiga loy malham surib qo'yadi. Uzogʻi yil bahorda chorbog'idagi mevasi maydalashib, taxir boʻlib qolgan taram olmani qirqib iskana payvand solgandi. Bu yil o'shа olma marjondek gulladi-yu, uchtagina meva tugdi. Ikromali kuz salqini etni junjiktira boshlagan saharlardan birida bogʻini aylandi. Yosh niholning har bittasi qariyb yarim kilo chiqadigan mevasi shabnamda yiltirab turardi. Ikromali olmalarni uzib, uyning tokchasiga tomoshа kadidek terib qoʻymoqchi bo'ldi. Lekin uzishga koʻngli boʻlmadi."Mayli, mezon shamolini yesin, keyin bolalarga bittadan taqsimlayman", karsillatib, huzur qilib yeyishayotganini koʻz oldiga keltirib oʻzichа jilmayib qoʻydi. Bog'dan chiqdi. Toʻnini yechib egniga korjomasini kiydi. ХОtini sigir sogʻishga endigina o'tirgan shekilli, sutning bo'sh chelakka daranglab urilishi eshitilib turardi.- Onasi, men ketdim ishga,- dedi bostirma tomonga qarab.- Poda chiqar mahal boʻp qoldi. Adhamlarning Koʻk kiyigiga hushyor bo'lasan. Ko'k kiyik- qo'shnining echkisi. Shoxlari tikka o'sgan, uzun, koʻk yollarini selkillatib podaning oldida yuradi, sirtiga chang yuqtirmaydi. Ikromalining chorbog'iga oralagudek boʻlsa, uzoqroq qarindosh atangan qoʻshnilar qizarib qolishadi. Dam olish kuni Ikromali"semirenko" va"qizil yulduz" olmalarni uzib qaznoq-uychaning bir burchagiga joyladi. Lekin uch dona olmaga tegmadi. Chunki ХОtini uchala o'gʻilni ergashtirib keksa onasidan xabar olgani ketgan, otaning niyati bolalariga olmalarni shoxidan uzib berish edi. Ikromali katta gulzor o'rtasidagi supaga chiqib lo'labolishga yonboshladi. Kurtak payvandning moʻjizasi bo'lgan turfa atirgullarning ayni barq urib ochilgan mahali. Mayin shabada uning dimogʻiga sadarayhonning xushbo'y atrini ufurdi. Yonboshlab yotgan ko'yi koʻzi ilingan ekan, old oyoqlari qiyshiq kuchugining qattiq hurishidan uyg'ondi. Bolishdan bosh ko'tarishi bilan bogʻning burchagidan katak ko'ylakli bola otilib chiqib ketdi. Ikromali o'gʻrini tanidi. Bu Adham edi. Uni kechа shunaqa koʻylakda ko'ruvdi."Bachchag'ar, husayni uzumga oʻgʻrilikka tushgan,- degan fikr o'tdi miyasidan.- Yanagi yil uvatdan setka tortaman. Na moling bu tarafga o'tadi, na joning". U shoshilinch ishkomdagi har bosh uzumni sinchkovlik bilan- deb o'yladi. Bolalarning yoqut olmalarni
134 views14:01
Ochish/sharhlash
2020-10-29 07:32:57 Hamma ham bir hil emas
Sof qalb egalari esa kam
159 views04:32
Ochish/sharhlash
2020-10-29 07:19:36 PARCHA pinned a voice message
04:19
Ochish/sharhlash
2020-10-29 07:14:42 Mahzun bo'lma
@parchaplus
226 views04:14
Ochish/sharhlash
2020-10-29 07:07:43 Buyuk prezident- buyuk etikdo'zning o'g'li. Real voqea.
Avraam Linkoln, oddiy bir etikdo'zning o'g'li
Amerika Qo'shma Shtatlarining prezidenti bo'lib
qoldi.
Tabiiyki, barchа zodagonlar juda xavotirga tushdi,
g'azablandi, bezovta boʻldi.
Faoliyatining birinchi kuni u senat oldida
qasamyod qilmoqchi boʻlib endi o'rnidan
turmoqchi edi hamki zodagonlardan biri o'rnidan
turib shunday dedi:- Janob Linkoln, to'satdan
qandaydir bir hodisa tufayli prezident bo'lib
qolsangiz ham, shuni esingizdan chiqarmangki,
qachonlardir siz otangiz bilan mening uyimga,
oilam vakillarining poyafzalini tuzatishga kelib
yurgansiz. Bu yerda otangizning poyafzalini
haligachа kiyib yurgan ko'plab senatorlar bor,
shuning uchun oʻz ildizlaringizni aslo unutmang.Avraam Linkoln bir zum o'ylab, pinagini buzmay
sekin javob berdi:- Mening otamni menga aynan Senat vakillari
oldida qasamyod qilishimdan oldin eslatib
qo'yganingiz uchun sizdan g'oyat minnatdorman.
Otam chindan ham ajoyib inson edi, xaqiqiy
san'atkor edi-hali hech kim bunday go'zal
poyafzal qilmagan.
Men bilaman, nima qilishimdan qat'iy nazar, men
xech qachon otam buyuk etikdo'z- poyafzal
yaratuvchisi bo'lganiday buyuk prezident bo'la
olmayman. Darvoqe, bu yerda hozir bo'lganlarning
hammasiga shuni eslatib qo'ymoqchimanki, otam
tomonidan yaratilgan poyfzalda ulg'aygan oila
a'zolaringiz bo'lsa, men o'zim xam ushbu san'at
tahsilini olganman. Men buyuk etikdo'z emasman,
lekin xech bo'lmaganda poyafzalingizni tuzatib
berish qo'limdan keladi. Menga xabar bersangiz
bo'ldi, men sizning uyingizga kelaman.
Senat mutlaq sukunatga cho'mdi, senatorlar bu
insonni kamsitib bo'lmasligini va u ijodkorlikka
cheksiz ehtirom bilan qarashini tushunib yetgan
edi.
152 views04:07
Ochish/sharhlash
2020-10-28 05:00:01 Esini tanibdiki, otasi unga nisbatan juda qattiqqo'l edi. Arzimagan narsaga ham tanbeh beraverar, uning har bir harakatini e'tibor bilan kuzatardi. Qizgina padarini dugonalarining otalari bilan solishtirib, bir kuni hatto onasiga yigʻlab arz qilgandi:- Dadam meni yomon ko'radi, yaxshi ko'rganida bunchalik qattiq urishmasdi...- Yoʻq, qizim, unday dema!- yupatgandi onaizor qizini, aksinchа, dadang seni judayam yaxshi koʻradi, faqat oʻzingga bildirmaydi, tugʻilganingda shunaqa xursand boʻlgan ediki.. hali katta boʻlsang, hammasini tushunasan..
Ammo qiz otasi haqidagi fikrini oʻzgartirmadi: otasi uni yaxshi koʻrmaydi!
Yillar o'tdi. Ota nazorati, ona tarbiyasi ta'sirida havas qilsa arzigulik aqlli, odobli qiz boʻlib ulgʻaydi. Dugonalari bilan biror yerda toʻplanmoqchi boʻlishsa, dadasidan koʻpda ruxsat ololmasdi, to'y-tantanalarga ham dadasining roziligi boʻlmasa, borolmasdi. Yana oʻshа o'y koʻnglidan kechardi: otasi uni yaxshi koʻrmaydi!
Vaqti-soati yetib, rozi-rizolik, yorugʻ yuz bilan baxt ostonasiga qadam qoʻydi – kelin boʻldi. To'y kuni qadrdon uyini tark etar mahali ostonada otasining poyiga bosh urdi. Otaning qoʻllari duoga ochildi, ovozi titrab, jigargo'shasiga oq fotihа berdi:- Bergan tuzimga mingdan-ming roziman, qizim! Borgan yeringda toshday qotgin! Baxtli-taxtli bo'lgin! Omin! Kelinning koʻzlari beixtiyor yoshlandi, koʻngli allanechuk boʻlib ketdi. Lekin o'shа o'yida qoldi: otasi uni yaxshi koʻrmasa kerak!
Toʻydan so'ng charlar bahonasida ota uyiga chaqirildi. Turmush o'rtogʻi, qaynonasi yetovida tug'ilgan go'shasiga kelar ekan, koʻ'chalariga burilishlari bilan darvoza yonida u yoqdan-bu yoqqa betoqat yurib, oʻzlarini kutib turgan otasini koʻrdi. Mashinadan tushasolib, qizarib-boʻzargan koʻyi salom berdi. Peshonasidan oʻpib, koʻrishayotgan otasining koʻzlariga yosh qalqqanini payqadi. Payqadiyu oʻzining-da mijalari namlandi, ammo qalbi bir kashfdan munavvar edi: onasi rost aytgan ekan, На, padari buzrukvori uni juda-juda yaxshi koʻrar ekan! Qog'ozdagi qandday asrab-avaylab, tergab-koyib yaxshi ko'rar ekan!
@parchaplus
137 views02:00
Ochish/sharhlash
2020-10-27 04:44:05 Turkiyaning Shom chegarasiga yaqin Gaziantep shаharchasida qizim tengi qizaloqqa koʻzim tushdi. ParishonХОtir ona quchog'ida yotgan besh yoshli goʻdakning bir qoʻli va bir oyogʻi yoʻq edi. Qiz oʻz tilida bir narsalar deb injiqlik qilar, onaizorning esa koʻzidan duv- duv yosh oqardi. Ularni qochoqlardan biri ekanligini angladim. Yuraklari ezilib yigʻlayotgan ona va yarimjon qizchaning koʻzida dunyoning asl siyrati, alam va oxirat soroqlari jam bo'lgan edi go'yo... Qizchaning qoʻliga shirinlik tutdim. Turkchada minnatdorchilik bildirgan ayolni yupatar ekanman, oʻrinsiz bo'lsada farzandi nima sababdan bu ХОlga tushganini bilish istagida savol berdim. Onaizor chuqur ХОʻrsinib aytib bergan voqeadan larzaga tushdim..Aytishichа, qizchа avval juda sho'x boʻlgan. Ular yashagan qishloq vayronaga aylangan bo'lsada omon qolgan tengdoshlari bilan kechgachа shataloq otib charchamasdi.
Bir kuni o'ynab, vayron bo'lgan ХОvlilarning biriga kirib qolishibdi. Qizaloq omon qolgan yolg'iz daraxt shoxida qizarib turgan bir dona shaftoliga koʻzi tushgach sevinib ketibdi.
Uni olaman deya daraxt ostiga yaqinlashgan zamon esa kuchli portlash yuz bergan. Ya'ni qizchа o'shа shaftolini olaman deb portlamay qolgan snaryadni bosib olgan ekan.- hayotiku saqlab qolindi,- dedi ayol, farzandining boshini silar ekan,- Ammo har kuni yigʻlab, yaratganga iltijo qiladi. « Allox, men boshqa shaftoli yemayman. Faqat, iltimos oyoqcham va qoʻlimni qaytarib ber!» deyishlariga yuragim dosh bermayapti. Uning qolgan gaplarini eshita olmadim..Ko'z o'ngimda Fargʻonagi bog'imizda shohlari egilgan daraxtlardan istaganchа shaftoliХО'rlik qilayotgan bolalarim namoyon boʻldi. Bekzodamning oyoqlariga qadar oqib tushguvchi shira go'yo mening koʻzlarimdan oqayotganday o'pkam toʻlib- toʻlib yigʻlardim... Bizda bir dona shaftoli qanchа turishini bilmadimu, Vatanimni judayam sogʻinib ketdim.
yerga
@parchaplus
144 views01:44
Ochish/sharhlash
2020-10-26 15:48:09 Duoning kuchi
Hikoyat qilinishichа bir kuni faqirona kiyingan, ma'yus bir ayol sabzavot do'koniga kiradi. Do'kon sohibiga tortinibgina yaqin bordi va eri ogʻir xastalik tufayli biror bir ishga yaramay, toʻshakka yotib qolgani, yetti bolasi borligi, ularning ochlik azobidan qiynalayotganini aytdi. Sotuvchi unga ters qarab:-Ey, tilanchi ХОtin, tezda doʻkonni tark et.- dedi. Ayol esa bolalarining yemak yeyishga ehtiyoji borligini aytib yolvorganchа:-Iltimos, taqsir, bolalarimning qornini toʻydirib, odamlarning eshigiga ishlagani jo'nataman. Ular ishlab pul topib kelgan zahoti qarzingizni qaytaraman,-dedi.
Do'kondor ayolning iltijolariga parvo qilmay, uni tanimasligi, doimiy xaridorlaridan emasligini aytib, iltimosini rad etdi. Shu payt doʻkon tashqarisida turgan bir mijoz sotuvchi bilan ayol oʻrtasida boʻlayotgan suhbatni eshitib qoldi va ichkariga kirib doʻkondorga:-Bu ayolga soʻragan narsalarini ber, men kafil boʻlaman, qarzini qaytaradi,-dedi. Uning gapiga koʻra sotuvchi ayolga qaradi-da, istamaygina:-Oladigan narsalaringni roʻyxat qilganmisan?-deya soʻradi. Ayol tasdiq ma'nosini berib bosh irg'adi.-Unday boʻlsa uni tarozining bir pallasiga qoʻy-da, ikkinchi pallasiga oʻzing oladigan narsalarni qo'y. Ro'yxat qogʻozingni vazniga teng narsalarni beraman,-dedi.
Ayol bir muddat turdi-da, boshini quyi egib choponining choʻntagidan qogʻoz parchasini olib tarozining bir pallasiga qoʻydi. Shu payt doʻkondor va kafil mijozning koʻzlari hayratdan katta – katta ochildi. Tarozining tosh qoʻyiladigan pallasi qogʻoz parchasining ogʻirligidan choʻkib ketgandi. Doʻkondor kafil mijozga qarab ezg'in tovushda:-Ishonmayman. Ishoniladigan holat emas.- dedi.
Tarozining mahsulot qoʻyiladigan pallasi keragidan ortiq narsalar bilan toʻldi. Do'kondor va'daga binoan ayol olgan hamma yeguliklarni xaltaga joylab, qoʻliga tutqazdi. Zudlik bilan nimalardir yozilgan qogʻozni qoʻliga oldi-da, oʻqidi. Unga xarid qilinadigan mahsulotlar roʻyxati emas, quyidagi soʻzlar yozilgandi:&Allohim! Nimaga ehtiyojim borligini yolgʻiz oʻzing bilasan. Shuning uchun oʻzimni Senga taslim etaman. Oʻzingga tavakkal, Oʻzing omonat bergan bolalarimning rizqini yetkaz!".
Doʻkondor tosh kabi qotdi-qoldi. Ayol unga tashakkur aytib, doʻkondan chiqdi. Ayolning xaridiga kafillik qilgan mijoz bir dasta pulni doʻkondorga berdi va&Qaytimi kerak emas", dedi. Mijoz doʻkondan chiqib ketayotib, tarozi pallalarining singaniga koʻzi tushdi. Nima sababdan tarozi pallasi singani va duoning kuchi naqadar zalvorli ekani yolgʻiz Allohgagina ma'lum edi.
Qissadan hissa shuki: Allohga chin koʻngildan qilingan iltijo bu – duodir. Allohning marhamati keng, astoydil soʻralgan ezgu niyat albatta ertami- kechmi ijobat boʻladi. Ana shunday shafoatli kunlarda har birimiz ham Yaratgandan yaxshi amallarni soʻrab duoga qoʻl ochaylik!
@parchaplus
145 views12:48
Ochish/sharhlash
2020-10-26 05:29:07 1989 yil 8,2 balI kuch bilan yuz bergan zilzila Armanistonni kunpayakun qilib yuboray dedi. U atigi 4 daqiqa ichida 30 000 dan ziyod odamning hayotiga zomin bo'ldi.
Ana shu dahshatli daqiqalarda hayoti xavfsizligiga ishonib stepanakertlik bir kishi ХОtinini uyda qoldirdi. O'gʻlidan xabar olish uchun maktabga yugurdi. Ammo maktab oʻrnida hosil boʻlgan vayrona tepalikka duch keldi-yu dahshatdan qotib qoldi. Shunda to'satdan xayoliga qachonlardir oʻgʻliga bergan va'dasi tushdi:- Qanday ХОdisa yuz bermasin, men albatta, senga yordamga yetib kelaman!
Otaning koʻzi yoshga to'ldi. U vayronaga tikilarkan, biror chora, najotni koʻrmadi, lekin xayolida oʻgʻliga bergan va'dasi charx uraverdi.
U oʻgʻlini har kuni maktabning qaeriga yetaklab borganini eslashga urinib, binoning oʻng tomonidagi burchakda joylashgan sinfni chamalab topdi. Va xarobani kovlashga tushdi.
Bu orada boshqa oʻquvchilarning ham qaygʻuga botgan ota-onalari yetib kelishdi. Ular alam bilan:- ogʻlim! Qizim! – deb faryod urishdi. Ba'zi ota- onalar: Endi kech!- Allaqachon halok boʻlishgan!- Biz endi ularga yordam berolmaymiz!- Uyga ketdik! – deb qayg'uga botishdi. Bolaning otasiga ham:- Aql bilan ish tuting, urinish befoyda, – deb maslahat berishdi.
Shunday tasalli bilan unga yaqinlashgan har bir kishidan bolaning otasi bir narsani soʻrardi:- Siz menga yordam bermoqchimisiz! – u shunday derdi-yu, qoʻli ishdan toʻxtamasdi. Ishonch bilan toshlarni koʻchirib, vayronani ochib borar, bu harakati bilan oʻzini tobora oʻgʻliga yaqinlashayotganday his qilardi.
Shu choq o't o'chiruvchilar komandiri kelib hammani hayday boshladi:- hozir hammayoqni olov qoplaydi, portlash yuz berishi ham mumkin. Siz oʻzingizni xavfga qo'ymang. Uyga ketinglar. Bu yerni tozalashni oʻzimiz uddalaymiz.
Bolasini qutqarishga urinayotgan ota pinagini ham buzmay ishini davom ettirarkan savolini takrorladi: – Siz menga yordam bermoqchimisiz? Atrofni qoʻriqlayotgan militsioner ham tanbeh berishni unutmadi:- Bu telbalik, bunaqada boshqalarning hayotini ham xavfga qoʻyapsiz, uyingizga boring bu ishni bizga qo'yib bering.
Ota melitsionerga yuzlandi:- Siz menga yordam bermoqchimisiz? Yoʻq boʻlsa, ishimga aralashmang!- Militsioner, bunga gapirish befoyda degan fikrda undan yiroqlashdi.
Ota esa butun irodasini, kuchini ishga solib, xarobani kovlashda davom etdi. U oʻgʻlining tirik yoki o'likligini oʻz koʻzi bilan koʻrishni istardi.
Oradan 8 soat, 12 soat, 24 soat. 36 soat o'tdi. Nihoyat 38 soat deganda u ulkan beton boʻlagini surayotib oʻgʻlining ovozini eshitdi.- Armand! – oʻgʻlini chaqirdi ota.- Dada! Bu sizmi, dada! Qoʻrqmang, men tirikman. Kelishingizni bilardim. Men boshqa bolalarga ham, havotirga tushmanglar, dadam bizni qutqaradi, dedim. Axir siz menga"Nimaiki yuz bermasin men albatta yordamga yetib kelaman", deb soʻz bergansizku, dada. - U yerda nima boʻlyapti? Ahvolingiz qalay? – soʻradi ota oʻzini yigʻidan arang bosib.- O'tiz uchta boladan 14 tamiz qoldik. Biz hammamiz ochmiz, issiqlab ketyapmiz, havo yetishmayapti, qoʻrqyapmiz, dada! hammamiz sizni kutdik. Bino qulaganda biz devor chЕТiga turib oldik, u bizni qutqarib qoldi.- Boʻlaqol oʻgʻlim, chiq tezroq, kutyapman, – dedi ota so'nggi beton qoldigʻini surarkan.- Yoʻq dada, avval boshqa bolalar chiqsin. Meni qutqarishingizga ishonaman. Nima yuz bermasin, siz bari bir yordamga kelasiz, – oʻgʻlining ovozida ishonch va fahr ohanglari jarangladi.
@parchaplus
179 views02:29
Ochish/sharhlash