Get Mystery Box with random crypto!

PARCHA➕🎧

Telegram kanalining logotibi parchaplus — PARCHA➕🎧 P
Telegram kanalining logotibi parchaplus — PARCHA➕🎧
Kanal manzili: @parchaplus
Toifalar: Ko‘ngilchak
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 92
Kanalning ta’rifi

😊Assalomu Alaykum Kanalimizga xush kelibsiz
Kanal sizning va boshqalarning kayfiyatni ko'tarish uchun ochilgan😃
Kanalda biz mp3larining so'zlarini qirqib tashlaymiz😄
Kanal yangi shuning uchun rivojlanishiga yordam bering😊
@jijiralar_bot ga yozing

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2021-02-01 21:48:15
56 views18:48
Ochish/sharhlash
2021-02-01 20:34:47 Bugun sizga o'zim haqida biroz aytib bermoqchi edim
Men Oddiy qishloq bolasi va o'rtamiyona oila farzandiman. Shukr birovdan kamim yo'q.Lekin Ota-Onam oliy ma'lumotli bo'lishmagani uchun Farzandim biz kabi qiynalmasin deb O'qitishmoqchi bo'lishdi.Ammo men maktabda yaxshi o'qimagim uchun qiynaldim. 2 yil qolgan tayyorlanishni boshladim. Kitob o'qidim Repitotorga bordim. Oxiri o'sha imtixon topishiradigan kun keldi. Imtixon topshirdim.Fikrimcha testni zo'r yechib o'zimni universitet talabasidek his qila boshlidim.
Mandat ham chiqdi Mandatni kuni bo'yi kutdim.Ne ko'zlar bilan qarayki Qog'ozda shunday so'zlar yozilgan edi. SIZ Talabalikka tavsiya etilmadingiz degan so'z turardi.Meni talabalikdan 5 ball va inkor qo'shimcha -ma ajratib turardi.
O'zimni qo'yarga joy topa olmadim.Hayolimda har hil fikrlar aylanar ayb o'zimda bo'lsa aybni kimga ag'darishni bilmasdim Hatto o'zimni o'ldiraymikin degan fikrlar kela boshladi.Uydagilar meni Biroz o'ziga kelib olsin deb Samarqandga jo'natishdi.Men yog'imda Onam O'g'lim rosa tayyorlanib o'qishga kira olmadi deb yig'lagan ekanlar.Superkontrakka pul ham yo'q edi.Repitorimga telefon qilsam u meni qaytib olmasligi ishonchini oqlamaganligimni aytdi.Onam Ustozimdan qayta-qayta meni qabul qilishni so'radilar.Rozi bo'ldi faqat agar yana o'qishga kira olmasam Kurs pulini ikki barobar qilib to'lshimni aytdi(kurs haqi 300 $ edi). Yana qayta o'qiy boshladim lekin ishtiyoqim avvalgidek emas edi.Ota-Onamdan boshqa hech kim menga ishonmay qo'ydi.Hatto bobom ham men qo'limdan hech narsa kelmasligini Ota-Onamni pulini bekorga soviryotganligimni aytdi.Do'stlarimni ham men bilan gaplashgisi kelmasdi.Kundan kun o'qish va hayotga bo'lgan qiziqish so'na boshladi.3 oycha Shunday yurdim .
Juma kuni Ota-Onam Masjidga borishim kerakligini va nima niyat qilsam Allohdan so'rashim kerakligini aytishdi.shu asnodan boshlab Namoz o'qiy boshladim.hayotim asta o'z o'rniga tusha boshladi. YANA Imtixon kuni keldi. Bu safar umuman o'zimga ishonmas edim. Shunchaki yana mandatni kutdim.Mandat chiqdi Bu safar Siz Nizomiy nomidagi T.D.P.U ga grant asosida qabul qilingiz degan yozuv turardi.O'zimda yo'q hursand edim bu safar hech qanday ma qo'shimchasi yo'q edi. Ota-Onam yana yig'lashardi faqat bu gal quvonchdan.O'sha menga ishonmagan bobom ham ertasi kuni men senga ishonardim .O'zing o'qigan bolasanda deb maqtardilar.
Bilardim aslida o'qishga kira olmaginda nima deyisheyishlaini. Do'stlarim yana ko'paydi.
Hullas bu dunyodan Allohdan va Ota-onadan o'zga mehribonroq Zot yo'q ekanligini anglab yetdim.
28 views17:34
Ochish/sharhlash
2020-12-29 07:58:42
@parchaplus
113 views04:58
Ochish/sharhlash
2020-11-08 09:39:13 Ketaman
@parchaplus
271 viewsedited  06:39
Ochish/sharhlash
2020-11-03 15:24:00 Mayli menga bersinlar ozor,
Gunohim juda koʻp boʻlaman iqror,
Soʻrayman yalinib soʻrayman takror,
Egmagin ollohim otam boshini
Toʻkmagin onamning koʻzin yoshini.

Sendan soʻramayman dunyolarcha baxt,
Kerakmas zarlarga bezatilgan taxt
Dildagi oʻtinchim oʻzingdan faqat,
Meni deb egmagin otam boshini,
Xudojon toʻkmagin onam yoshini.

Oʻgʻlim deya yurishsin kulib quvonib,
Qancha qiynalishdi biz uchun yonib,
Oʻzingdan soʻrayman senga ishonib,
Egmagin ollohim otam boshini
Toʻkmagin onamning koʻzin yoshini.

Koʻtarib boshimda yuray avaylab,
Mehrini ozgina sheʼrimda kuylab,
Omonat jonini asragin yo rab
Egmagin ollohim otam boshini,
Toʻkmagin onamning koʻzin yoshini.
306 viewsedited  12:24
Ochish/sharhlash
2020-11-01 16:15:12
293 views13:15
Ochish/sharhlash
2020-10-31 17:04:40 cho'nqayib yuzini yuvayotganiga ko'zi tushganida. Bolaning yelkalari silkinar, tinmay hiqillardi. Ikromalining yuragi siqildi. Arzga borganiga ming pushaymon qildi."Shu uch dona olma odamdan aziz bo'ptimi? Olsa begona emas, oʻzimning qarindoshim olgan ekan. Mengayam fe'li torlik kasali yuqayaptimi, nima balo?" – dedi oʻzichа. hovliga sig'madi. Yaktagini yechib, ko'chalik ko'ylagini kiydi. Bir guzarga chiqmasa, yuragining tubidagi qorong'ilik tarqalmaydigandek edi. Qoʻlbola"xarak"ka oʻtirib, hafsalasizlik bilan latta etigini kiydi. Biroq bogʻni qarovsiz tashlab chiqishga ko'ngli boʻlmay choʻkkan joyida qimirlamay o'tiraverdi.- Ikromali, hov, Ikromjon! Uydamisiz, bolam? Temir darvozaning bir tabaqasi daranglab ochilib, moshguruch soqolli chol jur'atsizgina ichkariga kirdi. Nomiga yo'nilgan g'adir-budur hassasini nuqib, kirishdan bosh tortib turgan nabirasini ham ichkariga oldi. Eshik boyagiday daranglab ketmasligi uchun ohista yopdi. Ikromali taajjublanib, oʻrnidan turdi.- Tinchlikmi? – dedi.- Shu deng, bizzi Sayfullavoy ayb ish qilib qoʻyibdi. Oʻziyam otasidan eshitadiganini eshitdi. Siz ham bu galchа kechira qoling, amakisi, bu nomaqulchilikni qaytib qilmaydi. Ikromalining ro'parasida shalpangquloq, xumkalla bola turar, nuqul burnini tortardi. Kalta shimiga qistirilgan katak-katak ko'ylagining ostidan uch dona katta-katta olma do'ppayib koʻrinib turardi.- Xayriyat, Gunnoz nevarachа koʻrgan ekan, o'shа aytib qoldi. Boʻmasa bexabar qolardik. Endi bola boʻmasa, uyda yer bilan bitta boʻlib olma toʻkilib yotsa-yu... Chol uzoq ezmalandi. Lekin Ikromalining qulog'iga gap kirmasdi. Koʻz o'ngida titrab-qaqshab tayoqni itqitib yuborgan Adham gavdalanar, nazarida u hamon yuzlarini suvga chayib ariq bo'yida yigʻlab o'tirar edi.
248 viewsedited  14:04
Ochish/sharhlash
2020-10-31 17:01:55 qochmadi."Otasiga oʻxshash o'jar bu gardang'avs, Sayfullo oʻrtog'i otasi haybat qilishi bilan oʻzini tom-toshlarga urib qochib ketadi. Bu zarg'aldoq kaltakka yelkasini tutib turaveradi",- oʻyladi Ikromali.
ХОla alamidan o'gʻlining orqasiga tayoq bilan tushirdi. Adham ayasining urishini kutmagan edi, oq-sariq yuzi sholg'omdek qizarib ketdi. ХО'rligi kelib, hoʻngrab yigʻladi.- Men oganamasman, bildiyizmi? Ikrom aka bekor aytibdi. Nima deding? Tag'in yana bir qaytar, tilginangni sugʻirib olay sen quloqsizni. Ayol Ikromalining"hay-hay"lashiga ham qaramay Adhamning o'ng kelgan joyiga tayoq bilan tushiraverdi.- Yana shu qilgʻilikni qilasanmi? Yana boshimga da'vogarni surgab kelasanmi?- derdi hansirab har kaltak ko'targanda. Tog'asining oldida hamiyati lat yegan Adham shasht bilan ayasining qoʻlidan tayoqni tortib olib, bedapoyaga irg'itdi. Yuzlarini yuvib oqayotgan koʻzyoshlarini qoramoy yuqi qoʻllari bilan yashirganchа, ariqqa tomon ketdi. Aya charchadi. ХОʻrligi boʻgʻziga tiqildi. Adhamiga yuragi tuzdek achishdi."Mana, adabini berdim, endi kelgan joyingga jo'na!"- degandek Ikromaliga qaramay, uyga kirib ketdi. Bola emas, xuddi oʻzi kaltak yegandek Ikromalining birdan oyoq-qoʻli bo'shashdi, peshonasidan sovuq ter chiqib ketdi."Asliyam, ammacham mana shunaqa dalli-devona, jangari edi. Kap-katta ХОtin boʻlib ham fe'lidan tushmabdi-ya. Bolaga yaxshi gap bilan tushuntirsa bo'lardi. Yoʻq, ammacham menga nimagadir kudurat saqlab yurgan ekan, bugun shu alamini oldi. Endi Mahkamboy pochchamga undoq edi, bundoq boʻldi deb mening g'iybatimni ipga marjondek tizib yetkazadi". Ariqdan hatlab, tomorqasiga o'tarkan, Adhamning uvatga cho'nqayib yuzini yuvayotganiga koʻzi tushdi. Bolaning yelkalari silkinar, tinmay hiqillardi. Ikromalining yuragi siqildi. Arzga borganiga ming pushaymon qildi."Shu uch dona olma odamdan aziz bo'ptimi? Olsa begona emas, o'zimning qarindoshim olgan ekan. Mengayam fe'li torlik kasali yuqayaptimi, nima balo?" – dedi oʻzichа. hovliga sigʻmadi. Yaktagini yechib, ko'chalik ko'ylagini kiydi. Bir guzarga chiqmasa, yuragining tubidagi qorong'ilik tarqalmaydigandek edi. Qoʻlbola"xarak"ka oʻtirib, hafsalasizlik bilan latta etigini kiydi. Biroq bog'ni qarovsiz tashlab chiqishga koʻngli bo'lmay cho'kkan joyida qimirlamay o'tiraverdi.- Ikromali, hov, Ikromjon! Uydamisiz, bolam? Temir darvozaning bir tabaqasi daranglab ochilib, moshguruch soqolli chol jur'atsizgina ichkariga kirdi. Nomiga yoʻnilgan g'adir-budur hassasini nuqib, kirishdan bosh tortib turgan nabirasini ham ichkariga oldi. Eshik boyagiday daranglab ketmasligi uchun ohista yopdi
194 viewsedited  14:01
Ochish/sharhlash
2020-10-31 17:01:55 kuzatib chiqdi. Xayriyat, hech kim tegmabdi. Bog'ni aylanib mevali daraxtlarni tekshirarkan, amerikachа olmaning biroz egik shoxi mevasiz so'ppayib qolganini koʻrib yuragi uvushdi. Bugun bu bezori olmani olgan boʻlsa, ertaga shigʻil mevalarini koʻtarolmay turgan ko'k nok bilan uzumning ham g'oratini beradi. Yoʻq, buni shundayichа qoldirib boʻlmaydi.- Ammachа, oʻv, ammachа, – qo'shni hovlidan hech qanday sado chiqmagach, beixtiyor"chegara" ariqdan hatlab qoʻshnisining uvatidan ohista yurib kela boshladi.- Ammachа, hov..- huv-v, e, kel, Ikromalijon, – amma keng ko'ylagini lippa urgan ekan, shoshilinch tuzatdi, yoqasini changallab, xijolat aralash so'riga taklif qildi.- Kel, bugun hordiq qildingmi? Balla yaxshimi?- Shukr, – dedi, lekin so'riga chiqishga taysalladi, tomoq qirdi, o'ng'aysizlanib iljaydi. – Bu deyman, ammachа, Adhamboy kanikulda yurib sal bevoshroq boʻlib ketgan ekanmi deyman."Ko'k kiyik Ikromning mevalariga biror shikast yetkazgan, yoʻqsa, katta boshini kichik qilib, Adhamning ustidan shikoyat qilib kelmasdi", – oʻyladi ayol. Keyin:- Bolalarga qoʻshilvolib oʻyinqaroqligini qoʻymayapti-da. Tinchlikmi, oʻzi, nima gap?- dedi hadiksirab.- Bolalar enasinikiga ketishgandi, hovlida yotib sal mizg'igan ekanman, amerikanski olmaning bor-bud mevasini shilib kepti, – to'ng'illadi Ikromali.- Voy, juvonmarg o'lmagur,- birdan boʻshashdi ayol. – Bunaqa qilig'i yoʻq edi-ku, nima jin chaldiykin? O'zi qayga yoʻqoldi ekan? Adham-uv, Adham! Adham uyning orqasidan chiqib keldi.- Assalom, keling tog'a,- dedi. Qoʻllari qop-qora moy boʻlgani uchun tog'asi bilan bilagini tutib salomlashdi. Onasining g'ayritabiiy vajohatini koʻrib biroz ortiga tisarildi.
163 views14:01
Ochish/sharhlash
2020-10-31 17:01:55 "Olgan ekan,- o'yladi Narziya ХОla. – Koʻzlari aytib turibdi, shu olgan". – Qani olmalar?!- Q-q-qanaqa olmalar? – tili tutildi Adhamning.- Amerikanski olma! – Ikromali bolaning katak-katak ko'ylagiga koʻz tashladi. – hammani payhon qilgunchа oʻzimga aytsang olib berardim, bek. Senki, shunday qilsang, boshqalardan nimani kutish mumkin?- Man ol-ol-olma olmadim,- battar dovdiradi bola.- O'z koʻzim bilan koʻrdim-ku, tag'in hech narsa koʻrmaganday oʻzingni ish bilan chalg'itib turibsan-a!- hu o'gʻirlik olma yegan tishlaring tokilsin, san juvonmargni,- amma bodom tanasiga tirgovich qilib qoʻygan tayoqni oldi.- Bir kaming shpanalik edi, shuniyam qilibsan-da. Man sanga birovning chorbogʻiga kirish qanaqa boʻlishini koʻrsatib qoʻyaman, – deb shasht bilan tayoqni oʻqtaldi. Adham ikki gadam ortaa tisarildi Biroa oriyati kelib-
151 viewsedited  14:01
Ochish/sharhlash