Get Mystery Box with random crypto!

Buyuk prezident- buyuk etikdo'zning o'g'li. Real voqea. Avraa | PARCHA➕🎧

Buyuk prezident- buyuk etikdo'zning o'g'li. Real voqea.
Avraam Linkoln, oddiy bir etikdo'zning o'g'li
Amerika Qo'shma Shtatlarining prezidenti bo'lib
qoldi.
Tabiiyki, barchа zodagonlar juda xavotirga tushdi,
g'azablandi, bezovta boʻldi.
Faoliyatining birinchi kuni u senat oldida
qasamyod qilmoqchi boʻlib endi o'rnidan
turmoqchi edi hamki zodagonlardan biri o'rnidan
turib shunday dedi:- Janob Linkoln, to'satdan
qandaydir bir hodisa tufayli prezident bo'lib
qolsangiz ham, shuni esingizdan chiqarmangki,
qachonlardir siz otangiz bilan mening uyimga,
oilam vakillarining poyafzalini tuzatishga kelib
yurgansiz. Bu yerda otangizning poyafzalini
haligachа kiyib yurgan ko'plab senatorlar bor,
shuning uchun oʻz ildizlaringizni aslo unutmang.Avraam Linkoln bir zum o'ylab, pinagini buzmay
sekin javob berdi:- Mening otamni menga aynan Senat vakillari
oldida qasamyod qilishimdan oldin eslatib
qo'yganingiz uchun sizdan g'oyat minnatdorman.
Otam chindan ham ajoyib inson edi, xaqiqiy
san'atkor edi-hali hech kim bunday go'zal
poyafzal qilmagan.
Men bilaman, nima qilishimdan qat'iy nazar, men
xech qachon otam buyuk etikdo'z- poyafzal
yaratuvchisi bo'lganiday buyuk prezident bo'la
olmayman. Darvoqe, bu yerda hozir bo'lganlarning
hammasiga shuni eslatib qo'ymoqchimanki, otam
tomonidan yaratilgan poyfzalda ulg'aygan oila
a'zolaringiz bo'lsa, men o'zim xam ushbu san'at
tahsilini olganman. Men buyuk etikdo'z emasman,
lekin xech bo'lmaganda poyafzalingizni tuzatib
berish qo'limdan keladi. Menga xabar bersangiz
bo'ldi, men sizning uyingizga kelaman.
Senat mutlaq sukunatga cho'mdi, senatorlar bu
insonni kamsitib bo'lmasligini va u ijodkorlikka
cheksiz ehtirom bilan qarashini tushunib yetgan
edi.