Get Mystery Box with random crypto!

1989 yil 8,2 balI kuch bilan yuz bergan zilzila Armanistonni k | PARCHA➕🎧

1989 yil 8,2 balI kuch bilan yuz bergan zilzila Armanistonni kunpayakun qilib yuboray dedi. U atigi 4 daqiqa ichida 30 000 dan ziyod odamning hayotiga zomin bo'ldi.
Ana shu dahshatli daqiqalarda hayoti xavfsizligiga ishonib stepanakertlik bir kishi ХОtinini uyda qoldirdi. O'gʻlidan xabar olish uchun maktabga yugurdi. Ammo maktab oʻrnida hosil boʻlgan vayrona tepalikka duch keldi-yu dahshatdan qotib qoldi. Shunda to'satdan xayoliga qachonlardir oʻgʻliga bergan va'dasi tushdi:- Qanday ХОdisa yuz bermasin, men albatta, senga yordamga yetib kelaman!
Otaning koʻzi yoshga to'ldi. U vayronaga tikilarkan, biror chora, najotni koʻrmadi, lekin xayolida oʻgʻliga bergan va'dasi charx uraverdi.
U oʻgʻlini har kuni maktabning qaeriga yetaklab borganini eslashga urinib, binoning oʻng tomonidagi burchakda joylashgan sinfni chamalab topdi. Va xarobani kovlashga tushdi.
Bu orada boshqa oʻquvchilarning ham qaygʻuga botgan ota-onalari yetib kelishdi. Ular alam bilan:- ogʻlim! Qizim! – deb faryod urishdi. Ba'zi ota- onalar: Endi kech!- Allaqachon halok boʻlishgan!- Biz endi ularga yordam berolmaymiz!- Uyga ketdik! – deb qayg'uga botishdi. Bolaning otasiga ham:- Aql bilan ish tuting, urinish befoyda, – deb maslahat berishdi.
Shunday tasalli bilan unga yaqinlashgan har bir kishidan bolaning otasi bir narsani soʻrardi:- Siz menga yordam bermoqchimisiz! – u shunday derdi-yu, qoʻli ishdan toʻxtamasdi. Ishonch bilan toshlarni koʻchirib, vayronani ochib borar, bu harakati bilan oʻzini tobora oʻgʻliga yaqinlashayotganday his qilardi.
Shu choq o't o'chiruvchilar komandiri kelib hammani hayday boshladi:- hozir hammayoqni olov qoplaydi, portlash yuz berishi ham mumkin. Siz oʻzingizni xavfga qo'ymang. Uyga ketinglar. Bu yerni tozalashni oʻzimiz uddalaymiz.
Bolasini qutqarishga urinayotgan ota pinagini ham buzmay ishini davom ettirarkan savolini takrorladi: – Siz menga yordam bermoqchimisiz? Atrofni qoʻriqlayotgan militsioner ham tanbeh berishni unutmadi:- Bu telbalik, bunaqada boshqalarning hayotini ham xavfga qoʻyapsiz, uyingizga boring bu ishni bizga qo'yib bering.
Ota melitsionerga yuzlandi:- Siz menga yordam bermoqchimisiz? Yoʻq boʻlsa, ishimga aralashmang!- Militsioner, bunga gapirish befoyda degan fikrda undan yiroqlashdi.
Ota esa butun irodasini, kuchini ishga solib, xarobani kovlashda davom etdi. U oʻgʻlining tirik yoki o'likligini oʻz koʻzi bilan koʻrishni istardi.
Oradan 8 soat, 12 soat, 24 soat. 36 soat o'tdi. Nihoyat 38 soat deganda u ulkan beton boʻlagini surayotib oʻgʻlining ovozini eshitdi.- Armand! – oʻgʻlini chaqirdi ota.- Dada! Bu sizmi, dada! Qoʻrqmang, men tirikman. Kelishingizni bilardim. Men boshqa bolalarga ham, havotirga tushmanglar, dadam bizni qutqaradi, dedim. Axir siz menga"Nimaiki yuz bermasin men albatta yordamga yetib kelaman", deb soʻz bergansizku, dada. - U yerda nima boʻlyapti? Ahvolingiz qalay? – soʻradi ota oʻzini yigʻidan arang bosib.- O'tiz uchta boladan 14 tamiz qoldik. Biz hammamiz ochmiz, issiqlab ketyapmiz, havo yetishmayapti, qoʻrqyapmiz, dada! hammamiz sizni kutdik. Bino qulaganda biz devor chЕТiga turib oldik, u bizni qutqarib qoldi.- Boʻlaqol oʻgʻlim, chiq tezroq, kutyapman, – dedi ota so'nggi beton qoldigʻini surarkan.- Yoʻq dada, avval boshqa bolalar chiqsin. Meni qutqarishingizga ishonaman. Nima yuz bermasin, siz bari bir yordamga kelasiz, – oʻgʻlining ovozida ishonch va fahr ohanglari jarangladi.
@parchaplus