Get Mystery Box with random crypto!

Osiyo Xalqaro Universiteti

Telegram kanalining logotibi oxu_uz — Osiyo Xalqaro Universiteti O
Kanaldagi mavzular:
Университет
Taqdirlashmarosimi
Professorlarimiz
Telegram kanalining logotibi oxu_uz — Osiyo Xalqaro Universiteti
Kanaldagi mavzular:
Университет
Taqdirlashmarosimi
Professorlarimiz
Kanal manzili: @oxu_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 50.83K
Kanalning ta’rifi

📄Buxoro shahridagi Ko’p Tarmoqli Universitet
📌Bakalavr, Magistratura va Doktorantura
📌27 ta Yo’nalish
📍Zamonaviy infrastruktura
📘Davlat Diplomi
998 55 305 00 09
www.oxu.uz
https://qabul.oxu.uz
Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi)
№ 047757
https://bi

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2024-05-15 14:01:45
Abituriyentlar diqqatiga: Osiyo Xalqaro Universitetiga kirish imtihonlari boshlanmoqda

Yangi o'quv yilining bakalavr va magistratura bosqichlariga kirish imtihonlari 19-may sanasidan boshlanadi va haftaning har yakshanba kunlari bo'lib o'tadi.

Eng quvonarlisi: endilikda imtihonlarda ishtirok etish mutlaqo bepul!

Shuningdek, bakalavr kirish imtihonlari test sinovi ko'rinishida, magistratura esa suhbat ko'rinishida bo'lib o'tadi.

Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz

Qo'shimcha ma'lumot va savollar uchun biz bilan bog'laning:
+998553050009

Manzil

Telegram | Instagram | Facebook
25.9K views11:01
Ochish/sharhlash
2024-05-14 15:17:25
Universitetimiz talabalari amaliyot o'tash maqsadida Indoneziyaga yo'l olishmoqda

15-22 may kunlari Osiyo Xalqaro Universiteti 4 nafar talabalari yozgi amaliyotni o'tash uchun Indoneziya davlatining Semarang shahrida joylashgan Diponegoro universitetiga jo'nab ketishmoqda.

Bunday amaliyotni o'tash jarayonlari Osiyo Xalqaro Universiteti hamda Indoneziyaning Diponegoro universiteti o'rtasida hamkorlik to'g'risidagi kelishuvi natijasi sifatida amalga oshirilmoqda. Ushbu amaliyot jarayonlarining xarajatlarini universitetimiz to'laqonli o'z zimmasiga olgan holda amalga oshirilmoqda.

Amaliyotda universitet Tibbiyot fakultetining davolash ishi, farmatsiya hamda stomatologiya yo'nalishi talabalari ishtirok etmoqda. Amaliyotdan maqsad Indoneziyaning Diponegoro universitetida maxsus fanlarni o'qitilishi va klinik laboratoriyalarda amaliyot o'tash hisoblanadi.

www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook
37.2K views12:17
Ochish/sharhlash
2024-05-13 09:39:07
Imtiyozlaringiz bilan talaba bo'ling

Osiyo Xalqaro Universiteti talaba bo'lish istagidagi abituriyentlarga qanday imtiyozlar beradi? Hozir ushbu savolga javob berib o'tamiz.

Quyida universitet talabasi bo'lish uchun turli imtiyozlarni taqdim etuvchi mezonlar bilan batafsil bo'lishamiz:

IELTS imtihonidan 5.5+ sertifikatga ega abituriyentlar "Ingliz tili va adabiyoti" yo'nalishiga imtihonsiz qabul qilinadi boshqa yo'nalishlar uchun qo'shimcha ball qo'shib beriladi.

Harbiy imtiyozlarga ega bo'lgan abituriyentlarga qo'shimcha ball beriladi

Respublika bo'yicha fan olimpiadalarda o'rin olgan abituriyentlarga o'z yo'nalishlari bo'yicha qo'shimcha ball beriladi.

Sport bo'yicha O'zbekiston, Osiyo hamda Jahon chempionati sovrindorlari esa "Jismoniy madaniyat" yo'nalishiga imtihonsiz qabul qilinadi!

Agar yuqorida ko'rsatilgan natijalarning biriga ega bo'lsangiz sizda Osiyo Xalqaro Universiteti talabasi bo'lish uchun ajoyib imkoniyat bor. Bu imkoniyatlaringizdan unumli foydalaning!

Qo'shimcha ma'lumot va savollar uchun biz bilan bog'laning:
+998553050009

Manzil: Buxoro shahar, Yangiobod MFY, G'ijduvon ko'chasi, 74-uy

www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook
36.5K views06:39
Ochish/sharhlash
2024-05-10 15:02:41
Osiyo Xalqaro Universitetida yangi o'quv yiliga qabul boshlandi

Bizda qabul jarayonlari boshlandi! 2024-2025 yil Universitetimiz talabasi bo'ladigan yoshlarni yanada ko'proq imkoniyat va yangiliklar kutmoqda! Endilikda universitetimizda:

20 ta bakalavr:

• Pedagogika
• Psixologiya
• Boshlang'ich ta'lim
• Maktabgacha ta'lim
• Ingliz tili va adabiyoti
• Rus tili va adabiyoti
• O'zbek tili va adabiyoti
• Tarix
• Jismoniy madaniyat
• Iqtisodiyot
• Moliya
• Davolash ishi
• Stomatologiya
• Farmatsevtika
• Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari
• Konchilik ishi
• Texnologik mashinalar va jihozlar (temir yo'l transporti)
• Texnologik mashinalar va jihozlar (kimyo sanoati)
• Elektr Energetika
• Neft-Gazkimyo sanoati texnalogiyasi

7 ta magistratura yo'nalishlari mavjud:

• Pedagogika va psixologiya
• Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang'ich ta'lim)
• Iqtisodiyot
• Jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlari
• Ta'limda axborot texnologiyalari
• Morfologiya
• Xorijiy til va adabiyoti (Ingliz tili)

Ishonib ayta olamizki, yaratilgan imkoniyatlar va yangi ochilgan yo'nalishlarda tahsil olish talabalarimiz uchun yanada keng karyera imkoniyatlari va ustunliklarni yaratadi!

Ushbu muhim xabarni abituriyent yaqinlaringiz bilan ulashishni ham unutmang

Ro'yxatdan o'tish:
qabul.oxu.uz

Litsenziya

Telegram | Instagram | Facebook
49.5K views12:02
Ochish/sharhlash
2024-05-10 09:37:30
AQSHning Washington University of Science and Technology (WUST) vakillari universitetimizga tashrif buyurdi

Osiyo Xalqaro Universiteti taklifiga binoan AQSHning Washington University of Science and Technology (WUST) vakillari oliygohimizga tashrif buyurdi. Tashrif davomida universitetimiz rektori S.S Dexkanov va delegatsiya o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida mehmonlarga Osiyo Xalqaro Universitetidagi yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Shuningdek istiqboldagi hamkorlik rejalari to'g'risida so‘z bordi.

Natijada Osiyo Xalqaro Universiteti va Washington University of Science and Technology birgalikda qo‘shma ta’lim dastur ustida ish boshlash to'g'risida kelishuvga erishildi.

www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook
78.1K views06:37
Ochish/sharhlash
2024-05-09 06:00:10
Aziz Universitetimiz oilasi, talabalar va ularning ota-onalari – qadrli yurtdoshlar!

Barchangizga 9-may, "Xotira va qadrlash kuni" muborak bo'lsin! Yurtimizda hamisha tinchlik hukm sursin, osmonimiz musaffo bo'lsin!

Shu bilan bir qatorda siz va yaqinlaringizga sixat-salomatlik, baxt-saodat tilab qolamiz!

Bayram barchamizga muborak bo'lsin!

www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook
23.3K views03:00
Ochish/sharhlash
2024-05-08 14:01:53
Buxoro viloyati hokimi va universitetimiz talabalari hamrohligida jahon urushi qatnashchilari holidan xabar olindi

9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Buxoro viloyat hokimi Botir Zaripov hamda Osiyo Xalqaro Universitetining faol talabalari hamrohligida Buxoro shahar Chashmayi Ayyub ko'chasida istiqomat qiluvchi ikkinchi jahon urushi qatnashchisi 100 yoshni qarshilagan Muxsinov Ahmad bobo holidan xabar olindi.

Ushbu tashrif davomida Osiyo Xalqaro Universiteti rektori S.S.Dexkanov tabrigi yetkazilib tashakkurnoma va bayram guldastasi topshirildi.

Hozirgi tinchligimizga o'zining katta hissani qo'shgan jang maydonida yurtimiz tinch totuvligi uchun kurashgan faxriylarimiz bizning tirik qahramonlarimiz desak adashmagan bo'lamiz.

www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook
25.0K views11:01
Ochish/sharhlash
2024-05-08 10:09:20
Osiyo Xalqaro Universiteti guruh sardorlari mukofotlandilar!

Universitetimizning sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan aprel oyi guruhlarining guruh sardorlari orasida darslarda doimiy faol qatnashib kelgan va fanlarni o'zlashtirishi namunali bo'lgan, guruh davomati ko’rsatkichi yuqori bo’lgan, guruh talabalarining muammolari hamda murojaatlari bilan shug’ullanib, guruhni ilgari yetaklayotgan sardorlarimiz kurs yakuni bo’yicha bir martalik ragbatlantirishga munosib ko'rilib, sertifikatlarni qabul qilib olishdi.

Ijtimoiy yo’nalishdagi jami 59 ta guruh sardorlari pul mukofoti sertifikatlariga loyiq ko'rilib munosib taqdirlanishdi. Talabalarimizni ushbu yutuqlari bilan tabriklab kelgusida ham ulardan shunday faollikni kutib qolamiz.

www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook
37.0K views07:09
Ochish/sharhlash
2022-12-28 12:30:34
Yangi yilni qanday kutib olsangiz, uni shunday o'tkazasiz!

Yuqori kayfiyatda o'tgan har bir ishning natijasi albatta yuqori bo'ladi. Yangi yil yaqin, shu sababli uni yuqori kayfiyatda, yangi orzular, yangi maqsadlar bilan kutib olish kerak. Zero, siz yangi yilni yuqori kayfiyatda kutib olsangiz, u ham sizga yil davomida shunday kayfiyatni taqdim etadi.

Shunday ekan, biz ham sizga kayfiyatingizni ko'taradigan va dunyoqarashingizni rivojlantiradigan filmlarni tavsiya qilmoqchimiz. Bu filmlarni albatta ko'ring.

"Men talabaman"
"3 savdoyi"
"Baxt izlab"
"Amaliyotchi"

Osiyo Xalqaro Universiteti - xalqaro darajdagi ta'lim maskani
4.0K views09:30
Ochish/sharhlash
2022-12-24 12:00:13
Talabaning eng yaxshi do'sti

Kitob – hammaga kerak. Ayniqsa, talabaga – chunki u yosh, navqiron, miyyasi bilim olishga chanqoq shaxsdir. Turli xildagi kitoblarni mutolaa qilish esa talabaga foydali va samarali odatlar shakllantirishda, "soft" va "hard" skillarni o'zida namoyon etishda, dunyoqarashini, fikrlashini tiniqlashtirishda yordam beradi

Shunday ekan, aziz do'stlar, doimo kitob mutolaasida bo'ling. Bayram kayfiyatini bilim bilan boyiting!

Quyida esa sizlar uchun tanlangan 5 kitob bilan bo'lishamiz:

"Ulamolar nazdida vaqtning qadri"
“Qani boshladik”
“Atom odatlar”
“Psixologiya 101”
“Lider shaxsiyati”

Osiyo Xalqaro Universiteti - xalqaro darajadagi ta'lim maskani
8.9K views09:00
Ochish/sharhlash