Get Mystery Box with random crypto!

Osiyo Xalqaro Universitetida 5 ta ta'lim yo'nalishi bo'yicha d | Osiyo Xalqaro Universiteti



Osiyo Xalqaro Universitetida 5 ta ta'lim yo'nalishi bo'yicha doktorantura bosqichi ochildi !

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qaroriga muvofiq Osiyo Xalqaro Universitetida doktorantura bosqichi ochildi va maxsus litsenziya bilan muvofiqlashtirildi. Yangi 2024-2025 o'quv yilidan boshlab endi o'z sohasida ilmiy izlanishlarni davom ettirmoqchi bo'lgan magistratura bosqichi bitiruvchilari Osiyo Xalqaro Universitetida doktorantura bosqichida tahsil olishlari mumkin.

Eslatib o'tamiz, doktorantura bosqichi uchun talabalarni qabul qilish hozirgi kunda kamdan kam nodavlat oliy ta'lim muassasalarida mavjud. Osiyo Xalqaro Universitetining ushbu natijaga erishishi, albatta, universitetimizning kengayishi va yanada rivojlanishidan darak beradi!

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun:
+998553050009

www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Youtube