Get Mystery Box with random crypto!

Universitetimiz talabalari amaliyot o'tash maqsadida Indoneziy | Osiyo Xalqaro Universiteti

Universitetimiz talabalari amaliyot o'tash maqsadida Indoneziyaga yo'l olishmoqda

15-22 may kunlari Osiyo Xalqaro Universiteti 4 nafar talabalari yozgi amaliyotni o'tash uchun Indoneziya davlatining Semarang shahrida joylashgan Diponegoro universitetiga jo'nab ketishmoqda.

Bunday amaliyotni o'tash jarayonlari Osiyo Xalqaro Universiteti hamda Indoneziyaning Diponegoro universiteti o'rtasida hamkorlik to'g'risidagi kelishuvi natijasi sifatida amalga oshirilmoqda. Ushbu amaliyot jarayonlarining xarajatlarini universitetimiz to'laqonli o'z zimmasiga olgan holda amalga oshirilmoqda.

Amaliyotda universitet Tibbiyot fakultetining davolash ishi, farmatsiya hamda stomatologiya yo'nalishi talabalari ishtirok etmoqda. Amaliyotdan maqsad Indoneziyaning Diponegoro universitetida maxsus fanlarni o'qitilishi va klinik laboratoriyalarda amaliyot o'tash hisoblanadi.

www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook