Get Mystery Box with random crypto!

Nurmukhamedoff

Telegram kanalining logotibi nurmukhamedoff_dev — Nurmukhamedoff N
Telegram kanalining logotibi nurmukhamedoff_dev — Nurmukhamedoff
Kanal manzili: @nurmukhamedoff_dev
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.65K
Kanalning ta’rifi

Kanal muallifi: Muhammadrasul Nurmukhamedov
Kanalda siz dasturlashning web yo’nalishidan video darslar, blog-postlar ko’rishingiz mumkin.
You-Tube kanal: https://www.youtube.com/c/WebDevelopmentSchool
Murojaat uchun: @wds_admin

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-09-01 13:17:16
Bayram muborak!

@nurmukhamedoff_dev
173 viewsedited  10:17
Ochish/sharhlash
2022-09-01 07:29:58
#kayfiyat

Python dasturchisi qachonki “kimlar” bilandir ko’rishganda

@nurmukhamedoff_dev
341 viewsedited  04:29
Ochish/sharhlash
2022-08-28 07:49:35 Talaba bo’lganlarni tabriklayman. Xayrli bo’lsin.

Esingizda tuting, endi shu diplomni o’qimasangiz ham olasiz. Lekin o’qib, o’rganib olsangiz jamiyatga foydangiz tegishi aniq. Kresloga ilmingiz-salohiyatingiz bilan harakat qilavering, kreslo sizniki. Kresloda o’tirib, jamiyatga ko’p foydali ishlarga eshik ochilishi mumkin. Jamiyatimizdagi ahvol hammaga ayon. Siz ahvolni yaxshilashingiz yoki battar qilishingiz mumkin. O’zingizni ishingizni vijdonan qiling shu yetarli.
Men ham ishimni vijdonan qilishga harakat qilaman.
504 views04:49
Ochish/sharhlash
2022-08-27 11:17:49
React shanini qattiq himoya qildim)

@sardoroga_blog dan ochko olingan joyi

@nurmukhamedoff_dev
684 viewsedited  08:17
Ochish/sharhlash
2022-08-27 09:48:23 Kimlarni tanidingiz)

@nurmukhamedoff_dev
667 views06:48
Ochish/sharhlash
2022-08-26 19:41:58 Dasturlashga qanday kirib kelganim haqida | 2-qism

1-qism

Mohirdevdan ketgandan so’ng 1 oycha universitet imtihonlari bilan ovvora bo’lib, visa intervyuga tayyorlandim.

2022 Aprel yana o'sha Amerika orzusi bu safar visa suhbatigacha yetib bora oldim lekin nasib qilmagan ekan visa bermadi reject . 1-2 kuncha albatta biroz shokda yurdim sababi bu safar ham ancha rejalar qilgan edim lekin endi qo'limdan biror narsa qilish kelar edi deyarli 1 yillik tajribasi bor frontend dasturchisi edim. Uyga keldim technical intervyularga tayyorlanish bilan birga kompaniyalarga resume jo'natishni boshladim, bilmadim kamida 50 tacha kompaniyalarga murojaat qilgan bo'lsam kerak shulardan 3 tasi javob qaytardi.

Bular iTech Art, EPAM va Crisp Studio. iTech Artdagi HR
suhbatdan so'ng technicalga chaqiramiz degan edi lekin chaqirmadi, EPAM va Crisp bilan esa jarayon ohirigacha bordi endi offer kutish qolgan edi. Birinchi yaxshi oylik bilan Crisp offer berdi EPAMni kutdim 1 kun yana lekin javob bermadi shu sabab Crisp bergan offerni qabul qildim. Lekin qarangki ish boshlangan kuni EPAM ham offer berdi lekin endi kech edi sababi Crispga kirganimni Linkedinda e'lon qilib bo'lganman va onboarding ham boshlangan edi. Mana shundan beri shu kompaniyada ishlab kelmoqdaman.

Ha manu shu yillar davomida o'zimni yo'nalishimni topgandek edim sababi ishimdan charchashim mumkin lekin zerikmayman va albatta o'quvchilarim orasida ishga kirganlar ham bo'ldi bu esa umuman boshqacha emotsiya beradi.

Hammasi qanday reja bilan boshlanganu va nima bilan davom etayotganini o'qib guvohi bo'ldingiz. Mening esa bulardan qilgan hulosalarim

Alloh biz kutganimizdan o'zimiz uchun ancha yaxshisini tayyorlab qo'ygan bo'lar ekan doim shu sabab biror rejangiz yoki ishingiz o'xshamasa tushkunlikka tushmang.

Dasturlashni o'rganishda ma'lum reja bo'lishi kerak ekan va albatta ustoz ham.

Ingliz tilisiz dasturlashni self-study orqali puxta o'rganish qiyin.

Networking foydalari juda ko'p, ko'proq shu sohadagi insonlar bilan tanishing.

Dasturlashda yo'nalish ko'p undan bunga sakramasdan bittasini tanlang va mukammal o'rganing.

Faqat pul motivatsiya bo'lib qolmasin aks holda daromadga chiqganingizdan so'ng darajangiz o'sishi to'htashi yoki sekinlashishi mumkin.

@nurmukhamedoff_dev
710 viewsedited  16:41
Ochish/sharhlash
2022-08-25 21:40:24 Dasturlashga qanday kirib qolganim haqida | 1-qism

Mening ushbu sohaga kirib kelish hikoyam ko'plab dasturchilarnikidan biroz boshqacha bo'lishi mumkin ya'ni men bolaligimdan kompyuterlarga qiziqib shu sohada kelajagimni ko'rib ulg'aymadim. To'g'risi vaziyat taqazo qilibmi yoki o'zimni biror narsada to'liq kashf qilishga ulgirmaganim sababmi bu sohani ich-ichiga kirish 2020 yil karantin vaqtlariga to'g'ri kelgan.

Hullas 2019 yil hamma qatori OTM larga hujjat topshirdim, ular Andijon davlat universiteti ingliz tili fakulteti (Inyaz), Toshkentdagi Inha, Westminster, Singapurskiy va Polshadagi Vistula university lar edi ro'yhatda hamma Uzb aytishniklar bir vaqtlar orzu qilgan TATU yo'q edi shundan ham bilsangiz bo'ladi men dasturchi bo'laman deb o'ylamaganman hech . Shulardan Westminsterga, Singapurskiyga va Vistulaga kirdim, fizikam yaxshi emasligi sabab Inhaga yetarli ball ololmadim, ota-onam tanlovni o'zimga qo'yib berishdi (o'zi hayotimda muhim qarorlar kelgandan ota-onam tanlov qilishga imkoniyat bergan doim va hech qachon biror narsa qilishga majburlagaman).

Hullas Westni tanladim, kontrakt narxi deyarli 30 mln edi albatta u vaqtda deyarli daromad qilmas edim shu sabab dadamga tushuntirdim, birinchi yil kontrakni to'laylik keyingi yil yozda 4 oyga o'qish orqali Amerikaga borsam bo'ladi shunda borib ishlab kontraktga ham va boshqa harajatlarga ham pul qilib kelaman deb rejamni tushintirdim, Dadam ho'p dedi. 1-kurs birinchi semester o'qishga ko'nikish va Toshkentda daydish bilan o'tdi tezroq yoz kelishini kutardim. 2-semestr boshlandi 2020 yil bahor kelishi bilan karantin bo'ldi hamma qatori men ham uyga qaytdim. Avval 2 hafta nari borsa 1 oyda o'tib ketsa kerak hammasi deb hotirjam bo'ldim yo'q cho'zildi, cho'zildi va yoz ham kelay dedi men esa Amerikaga ketish uchun vizaga kirishim kerak qanaqa Amerika Toshkentga ham borish qiyin masala endi. Mana endi hammasi boshlandi reja o'xshamadi aksiga olib oilaviy biznes ham to'xtab qoldi, West ham katta ehtimol uhlaydi.

Bu vaqtgacha men dasturlash sohasidan unga-bunga bosh urib ko'rdim va orada photoshop va Adobe illustratorni ham o'rgandim 1-2 kuncha va ohiri web dasturlash, frontend dan boshladim. 1 haftacha web dasturlash nima, frontend nimaligini ipidan ignasigacha o'rgandim va HTML dan ham ancha muncha narsa o'rgandim you-tube dan albatta ingliz tilini bilishim foyda berdi shuyerda va ushbu sohani mukammal o'rganishga qaror qildim maqsad qo'ydim ushbu sohada tezroq daromadga chiqishga.

2020-yil yoz ohirida HTML, CSS, Bootstrap da ancha muncha saytlarni verstkasini qilish darajasiga chiqdim va 2020 ga kuz boshlarida video dars orqali online dars o'tishni boshladim shundan tajriba boshlandi, boshqalarni xatolarini ko'rib ham ko'p narsa o'rgansa bo'lar ekan bu menga ancha foyda bo'ldi. Shu joyida qo'shimcha qilsam online video darslarim unchalik qimmat bo'lmagan va sotib olmoqchi bo'lgan o'quvchilarga barchasi ochiq aytilgan :). 2 kurs birinchi semestr kontraktini amalladim dadam ham yordam qildi va o'qish online bo'lgani sabab ham dasturlash bilan ko'proq band bo'ldim.

2021 yil bahorda men endi to'laqonli frontend dasturchisi edim lekin haqiqiy kompaniyada ishlash tajribam yo'q edi. Shu sabab yozni 2 oyini intervyularga tayyorlanish bilan o'tkazdim va Avgustda birinchi ish joyim mohirdevga ishga kirdim. Bunda networking yordam bergan sababi kompaniya asoschilaridan biri Muhammadhalil aka bilan yil boshida internet orqali tanishib qolgan edim va mohirdev orqali ham video darslarimni sotar edim. Shu vaqtdan boshlab ushbu kompaniyada 2022 yil Martgacha ishladim bu vaqt oralig'ida juda qimmatli tajriba oldim, ayniqsa Ulug'bek aka jamoaga team leader bo'lgandan so'ng large scale loyihalarda dasturlash jarayoni qanday bo'lishini his qildim....

Davomi qiziq bo'lsa keyini postda ulashaman, fikrlaringizga qarab

@nurmukhamedoff_dev
704 viewsedited  18:40
Ochish/sharhlash
2022-08-22 18:59:50
Divni CSS da centerga olishning 5 hil usuli

CSS da qiynaladiganlarga jo’natib qo’yamiz

Manba

@nurmukhamedoff_dev
1.5K views15:59
Ochish/sharhlash
2022-08-22 12:37:17 Agar siz dasturlashni o'rganmoqchi bo'lsangiz va qaysi tilni tanlashda ikkilanayotgan bo’lsangiz, shunchaki Java tilini tanlang va o’rganing. Bu shunchalik qiyin tilki, keyin qaysi tilni tanlasangiz ham, uni sevib qolasiz! Lol
(C) Danny Thompson

@nurmukhamedoff_dev
1.1K views09:37
Ochish/sharhlash