Get Mystery Box with random crypto!

Dasturlashga qanday kirib kelganim haqida | 2-qism 1-qism Mo | Nurmukhamedoff

Dasturlashga qanday kirib kelganim haqida | 2-qism

1-qism

Mohirdevdan ketgandan so’ng 1 oycha universitet imtihonlari bilan ovvora bo’lib, visa intervyuga tayyorlandim.

2022 Aprel yana o'sha Amerika orzusi bu safar visa suhbatigacha yetib bora oldim lekin nasib qilmagan ekan visa bermadi reject . 1-2 kuncha albatta biroz shokda yurdim sababi bu safar ham ancha rejalar qilgan edim lekin endi qo'limdan biror narsa qilish kelar edi deyarli 1 yillik tajribasi bor frontend dasturchisi edim. Uyga keldim technical intervyularga tayyorlanish bilan birga kompaniyalarga resume jo'natishni boshladim, bilmadim kamida 50 tacha kompaniyalarga murojaat qilgan bo'lsam kerak shulardan 3 tasi javob qaytardi.

Bular iTech Art, EPAM va Crisp Studio. iTech Artdagi HR
suhbatdan so'ng technicalga chaqiramiz degan edi lekin chaqirmadi, EPAM va Crisp bilan esa jarayon ohirigacha bordi endi offer kutish qolgan edi. Birinchi yaxshi oylik bilan Crisp offer berdi EPAMni kutdim 1 kun yana lekin javob bermadi shu sabab Crisp bergan offerni qabul qildim. Lekin qarangki ish boshlangan kuni EPAM ham offer berdi lekin endi kech edi sababi Crispga kirganimni Linkedinda e'lon qilib bo'lganman va onboarding ham boshlangan edi. Mana shundan beri shu kompaniyada ishlab kelmoqdaman.

Ha manu shu yillar davomida o'zimni yo'nalishimni topgandek edim sababi ishimdan charchashim mumkin lekin zerikmayman va albatta o'quvchilarim orasida ishga kirganlar ham bo'ldi bu esa umuman boshqacha emotsiya beradi.

Hammasi qanday reja bilan boshlanganu va nima bilan davom etayotganini o'qib guvohi bo'ldingiz. Mening esa bulardan qilgan hulosalarim

Alloh biz kutganimizdan o'zimiz uchun ancha yaxshisini tayyorlab qo'ygan bo'lar ekan doim shu sabab biror rejangiz yoki ishingiz o'xshamasa tushkunlikka tushmang.

Dasturlashni o'rganishda ma'lum reja bo'lishi kerak ekan va albatta ustoz ham.

Ingliz tilisiz dasturlashni self-study orqali puxta o'rganish qiyin.

Networking foydalari juda ko'p, ko'proq shu sohadagi insonlar bilan tanishing.

Dasturlashda yo'nalish ko'p undan bunga sakramasdan bittasini tanlang va mukammal o'rganing.

Faqat pul motivatsiya bo'lib qolmasin aks holda daromadga chiqganingizdan so'ng darajangiz o'sishi to'htashi yoki sekinlashishi mumkin.

@nurmukhamedoff_dev