Get Mystery Box with random crypto!

Nurmukhamedoff

Telegram kanalining logotibi nurmukhamedoff_dev — Nurmukhamedoff N
Telegram kanalining logotibi nurmukhamedoff_dev — Nurmukhamedoff
Kanal manzili: @nurmukhamedoff_dev
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.65K
Kanalning ta’rifi

Kanal muallifi: Muhammadrasul Nurmukhamedov
Kanalda siz dasturlashning web yo’nalishidan video darslar, blog-postlar ko’rishingiz mumkin.
You-Tube kanal: https://www.youtube.com/c/WebDevelopmentSchool
Murojaat uchun: @wds_admin

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-08-04 16:58:10Jamoaviy ishlashda muhim tiplar || 2

Jamoaviy ishlash haqida bundan avval ham yozib o'tgan edim bugun shuni davom ettiramiz.

4. Vazifalarni ketma-ketligini aniqlab oling

Siz jamoaga qarab, o'zingizga topshirilgan vazifalarni qilishingiz yoki siz bajarilishi kerak bo'lgan vazifalarni talab qilishingiz mumkin. Vazifalaringizni birinchi o'ringa qo'yish yoki ularni muhimligi bo'yicha bajarib borish sizga kerakli vaqtda to'g'ri narsaga e'tiboringizni qaratishingizni ta'minlaydi.

5. Birgalikda ishlash orqali, bitta topshiriq uchun ortiqcha vaqt sarflashdan tiyiling

Jamoaviy ishlashda men bilgan 2 hil usul bor biri "swarm and destroy" va yana biri divide and conquer. Hozirgi ish joyimda swarm and destroy jamoaviy ishlash usulidan foydalaniladi, unda hamma birgalikda ishlaydi. Agar kimdir ortda qolayotgandek tuyulsa, u yordam uchun jamoadoshlariga murojaat qilishi mumkin bo'ladi. Bunda sizdan kimdandir yordam olishingiz yoki kimgadir yordam berishingiz mumkin. Bu esa berilgan topshiriqlar uchun ortiqcha vaqt sarflashni oldini oladi.

6. Har kuni jamoa bilan stand-up tashkil qiling

Agar siz xalqaro kompaniyada ishlasangiz albatta bunda stand-up larga ko'nikib ketasiz. Agarda hozirda ishlayotgan joyingizda bu kabi kunlik qisqa meetinglar bo'lmasa tashkil qilib borishga harakat qiling. Kunlik stand-up lar odatda uzoq bo'lmaydi 10-15 minut bo'ladi unda asosan jamoaning 1 kun avval qilgan ishlari va bugun nimalar ustida ish olib borishi muhokama qilinadi.

7. Kod review qiling

Nafaqat o'zingizni kodlaringizni balki jamoadoshlaringizni kodlarini ham tekshiring va sizda optimal yechim bo'lsa taklif qiling bu sizni darajangizni oshishida ham xizmat qiladi.

Hozircha shular, yana nimalar haqida post bo'lishi hohlaysiz? commentda fikringizni qoldirishni unutmang

@nurmukhamedoff_dev
1.3K views13:58
Ochish/sharhlash
2022-07-06 17:30:48Kompaniyada endi ish boshlaganingizda quyidagilarga e'tibor bering

1. Onboarding dan unumli foydalaning

Avval onboarding nima degan so'zga to'xtalsam. Siz kompaniyaga moslashib olish jarayoningiz onboarding deyiladi. Unda siz jamoadagilar bilan tanishasiz, loyihalar bilan tanishib chiqasiz yoki siz qo'shilgan loyihada ishlatiladigan texnologiyalarni birma-bir qarab chiqasiz. Onboarding muddati o'rtacha 1 oy davom etadi va bu hamma kompaniyalarda har hil, qaysindadir ko'p, qaysindadir oz bo'lishi mumkin. Masalan men hozirgi kompaniyada 23-May dan ish boshlagan bo'lsam, onboarding hali tugamadi lekin bitta loyihada qatnashib kelayapman va u yaqinda productionga chiqadi

Endi bu jarayondan unumli foydalanish qanday bo'ladi degan savolga keladigan bo'lsam.

Birinchi navbatda jamoadagilar bilan yaqindan tanishib chiqing sababi projectda muammolar bo'lganda aynan ular sizga ko'proq yordam beradi.
Kompaniya ishlatadigan biror texnologiyani bilmasangiz uni onboarding jarayoni tugaguncha elementar darajada bilib olishga harakat qiling va keyinchalik sizda bu bo'yicha savollar ko'p qiynamaydi.

2. Tushinmadingizmi so'rang

Yangi kompaniya, yangi jamoa va albatta turli hil loyihalar. Sizda bunga ko'nikish o'zingiz o'ylaganchalik oson kechmasligi mumkin, tabiiyki sizda savollar tug'ila boshlaydi. Aynan shu savollarga javob olish uchun avval google dan so'rang javob topsangiz sizdan ancha avval kompaniyaga qo'shilgan jamoadoshizdan to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini so'rab oling. Bu sizga onboarding tugab sizga ma'suliyat kelganda as qotadi sababi siz komandani kodlash uslubiga tushib ulgirgan bo'lasiz.

3. Project managerlar bilan munosabatni yaxshi yo'lga qo'yib oling

Masalan siz kunning boshidan bugun nimalar qilishingizni va kun ohirida nimalar qilganingizni ularga yozib boring. Albatta nimalar siz uchun qiyin bo'layotganini aytishdan tortinmang.

Postni yaqinda ishga kirganlarga yoki kirmoqchi bo'lib yurganlarga ulashishni unutmang

@nurmukhamedoff_dev
353 viewsedited  14:30
Ochish/sharhlash
2022-07-06 13:17:46 Kamron https://t.me/fozilovkamron/361
Vue jsdan online darslarini boshlayotgan ekan. Tavsiya qilaman o’rganinglar, hozirda bizda vue ga ham talab ko’paymoqda. Darslar zoomda bo’lar ekan.

@nurmukhamedoff_dev
503 views10:17
Ochish/sharhlash
2022-07-05 14:00:56 Mayoq kanalida qo'yilgan ushbu audio ni eshiting. Iltimos "ayrim" o'quv markazlarni bizning kurslarni bitirib $500 dan kamiga ishlamaysiz, ish ko'p deydigan loxotron va'dalariga uchmang. Yaxshi oylikka chiqish uchun boshqa sohalar kabi dasturlashda ham vaqt kerak. Albatta qandaydir shartnomaga imzo chekishdan avval yaxshilab tanishib chiqishni unutmang.

@nurmukhamedoff_dev
563 viewsedited  11:00
Ochish/sharhlash
2022-06-30 07:59:48 Dasturlashni o'rganishda eng ko'p uchraydigan xatolar

Har bir bo'lajak dasturchi ushbu sohani turli hil dasturlash tillari bilan boshlaydi va agar siz boshlagan bo'lsangiz, tabriklayman! Siz malakali dasturchi bo'lish uchun allaqachon birinchi qadamni qo'ydingiz.

Lekin ushbu sohani o'rganish jarayonida ko'pchiligimiz xatoga yo'l qo'yamiz va bu xatoni tushunib yetganimizda ancha vaqt yo'qotgan bo'lishimiz mumkin. Ushbu postda esa aynan shunday xatolar sanab o'tiladi. Demak boshladik....

1. Bir vaqtni o'zida turli hil dasturlash tillarini o'rganish.

Ha ushbu turdagi xato juda ham ko'pchilikda kuzatiladi masalan siz bir vaqtning o'zida JavaScript, Go yoki Java bilan Python o'rganayotganlarni uchratishingiz mumkin bu esa albatta xato. Sababi, hamma dasturlash tillari ham bir hil emas ya'ni ular ma'lum bir turlarga bo'linadi. Masalan Python interpreted high-level object-oriented dasturlash tili bo'lsa, Go compiled programming language hisoblanadi va barchasini sintaksislari har hil. Siz 2-3 dasturlash tillarini o'rtacha bilganingiz qayerdayu, bittasini mukammal bilganingiz qayerda.

2. Coding without planning - ya'ni rejasiz kod yozish.

Masalan biror muammo bor sizda va siz ushbu muammo uchun kod yozishingiz kerak va siz buni boshlaysiz lekin ko'p o'tmay fikrlaringiz chalkashib bir joyda qotib qolasiz. Natijada siz vaqt yo'qotasiz shu bilan birga ko'plab xatolarga yo'l qo'yasiz. Agar siz avvaldan nima qilishingizni reja qilganingizda bularni oldini olish mumkin edi.

3. Toza kod yozmaslik

To'g'ri dasturlashga endi kirib kelganlarda bu borada muammo bo'lishi mumkin lekin siz o'rganish jarayonida tozza kod yozishga o'rganib borsangiz, realniy loyihalarda ishlashda qiynalmaysiz. Toza kod yozish qanday bo'ladi?

Frontend dasturchi sifatida tushintiradigan bo'lsam bular
classlar va o'zgaruvchilarga ma'noli nomlar berish, html da semantic taglar ishlatish ya'ni hammayoqdi div ga to'ldirmaslik va hokazo.

4. Qaysi dasturlash tilidan boshlasam ekan? Python yaxshimi yoki JavaScript? Frontend dasturchi bo'lsam ish topa olamanmi? O'zbekistonda Go dasturchilariga talab kattami?

Ushbu savollar ham kundalik hayotimizda yo'q emas. Umumiy bularga o'z fikrimni aytaman, avvalo rizq Allohdan siz o'zingizga ma'qul kelgan biror sohani tanlang, mehnat qiling, o'rganing va albatta natijaga erishasiz.

Hard work always pays off - Qattiq mehnat har doim o'z samarasini beradi.

Hozircha shular ertalabdan negadir shu haqida yozgim keldi, kimgadir manfaatli bo'lgan bo'lsa albatta bundan hursand bo'laman. Postni ulashishni unutmassiz

@nurmukhamedoff_dev
974 viewsedited  04:59
Ochish/sharhlash
2022-06-29 17:36:56 MENU:

O'zbek tilidagi barcha maqolalarim va boshqa manbalarni ushbu jadvaldan topib olasiz.
Yangi maqola chiqsa ushbu menyuga albatta qo'shib boriladi.
InshaaAlloh

JavaScript
1. Optional chaining(?.)
2. Data types(ma'lumotlar tiplari)
3. First class functions
Array metodlari
4. Array metodlari #1
5. Array metodlari #2
6. Array metodlari #3

7. Destructuring assignment
8. JSda Garbage Collection
9. Closure
10. Hoisting
11. Mantiqiy operatorlar
Asynchronous JavaScript
12. Kirish. Sinxron va Asinxron JavaScript
13. "Callback" nima ?
14. Promise nima va qanday ishlatiladi ?
15. Promise metodlar va ishlatilishi
16. Async await

17. Object descriptors va flags (Kanal a'zosidan)
18. this kalit so'zi va call, apply, bind
19. Object tipi va reference

Angular
1. Kirish.
2. Angular roadmap

Node.js
1. Node.js da event loop (kanal a'zosidan)

Boshqa postlar:
1. Muvaffaqiyatlar qoidasi
2. Dasturlashni mustaqil o'rganayotganlarga maslahat.
3. Nega bizdan yana avalgidek olim va allomalar chiqmayapti ?
4. Ilk namoz, ilk sajda

<—————— MENU ——————>
937 views14:36
Ochish/sharhlash
2022-06-24 22:26:00
5 mayda noldan boshlangan guruh a’zolaridan kurs haqida fikrlarini so’radim va javoblarini rasmda ko’rishingiz mumkin. Siz qilayotgan mehnatni kimgadir foydasi tegsa va iliq fikrlar eshitsangiz albatta quvonasiz va buni boshqalar bilan bo’lishgingiz keladi .

Kim menga shogirdga tushmoqchi bo’lsa @wds_admin ga murojaat qilishi mumkin . Dushanbda kundan yana noldan online frontend kurslari boshlanadi Ins Sha Allah.

@nurmukhamedoff_dev
1.8K views19:26
Ochish/sharhlash
2022-06-23 18:05:56
Frontend dasturlashni noldan, xalqaro kompaniyada frontend dasturchi Nurmukhamedoff orqali online o'rganing

Chet eldaman, viloyatdaman deysizmi? Biz orqali dasturlashni online intensive ustoz bilan o'rgansangiz bo'ladi

Muddati - 7 oy
Narxi (oyiga) - 350 ming so'm (hozirda 10% chegirma)

Kurs yakunida sizda 15 dan ortiq loyihalar bo'ladi chunki kurs davomida:

- internet magazinlar
- shaxsiy portfolio saytlar
- yangiliklar berib boradigan websitelar
- mashhur ijtimoiy tarmoqlarning clone versiyasi

Kabi loyihalarni HTML, CSS, Bootstrap, JavaScript, jQuery, SASS, React, TypeScript texnologiyalar yordamida ishlab chiqish 2 yillik tajribaga ega ustoz tomonidan o’rgatiladi.

Bonus

- Resume tayyorlash
- Ishga suhbatga tayyorlash

Kursga yozilish uchun @wds_admin ga murojaat qiling

Bizda birinchi dars bepul

Yanada ko'proq dasturlash haqida: @nurmukhamedoff_dev
2.0K views15:05
Ochish/sharhlash
2022-06-15 21:23:51 Frontend uchun grant ochganimda kanalga ancha odam qo’shilgan edi. Endi shu qo’shilganlar grant tegmagandan keyin sekin chiqib ketishyapti shekilli .

Ps: Kompaniyada ishlar ko’payib ketgani sabab kanalga foydali ma’lumot, postlar joylar olmayabman yaqin orada boshlayman yana shunday ma’lumotlarni In Sha Allah.

@nurmukhamedoff_dev
1.8K views18:23
Ochish/sharhlash
2022-06-12 15:47:22
Frontend online kursi uchun Grant olganlarni aniqlab oldik Alhamdulillah!

1. Muzaffar Omonov
2. Murod Nazarov
3. Aziza Kaxarova
4. Zufnunabegim Akhrorova
5. Oyatillox Tadjibayev
6. Nurbek Normatov

Grantga 5 kishini qabul qilaman degan edim lekin ko’rib turganingizdek ro’yxatda 6 kishi. Sababi 141 kishini orasidan tanlab olish oson bo’lmadi 2 kun vaqt ketdi rosa. Shunchaki tanlab olinmadi ushbu nomzodlar, barcha tomonlari o’rganildi.

Bo’lajak dasturchilarni tabriklayman va men ularni tanlab adashmaganimni isbotlab berishadi deb o’ylayman.

@nurmukhamedoff_dev
2.0K viewsedited  12:47
Ochish/sharhlash