Get Mystery Box with random crypto!

Siz hech qachon hech kimning fikriga qoʻshilishga majbur emass | Nofalsafiy fikrlar (21 )

Siz hech qachon hech kimning fikriga qoʻshilishga majbur emassiz, shunga mos ravishda hech kim hech qachon sizni fikringizga qoʻshilish shart emas!

Kommentariyada fikr bildirish yaxshi, qandaydir masala yuzasidan fikr almashish yaxshi, ammo buni boshqalar toʻgʻri deb qabul qilmasligi normal holat, siz uni isbotlashish shart emas, oʻzingiz uchun toʻgʻri deb hisoblaganga ishining, boshqalarning fikri bilan xulosa qilish kerak emas. Xuddi shunday men yozgan narsalarga qoʻshilish va qoʻshilmaslik ham sizning ishingiz agar xoxlamasangiz inkor etishingiz mumkin, ammo bu bilan meni fikrimga taʼsir oʻtkaza olmaysiz!

Tanqidiy fikrlash kerak, har qanday (har qanday!) narsaga tanqidiy koʻz bilan qarash kerak, aslida nima ekanligini bilmay turib(ehtimol bilib ham) unga ishonish kerak emas, tanqid kelajak mevasi degan gap ham shundan. Koʻpchilik "maʼlum" narsalarni muhokama qilishga, hattoki oʻylashga ham qoʻrqamiz, ammo nega bunaqa ekan degan savolga javob berolmay qolamiz. Bu gaplarni toʻgʻri qabul qiling, oʻzingiz uchun, ozgina oʻylab koʻrish hech qanaqa zarar qilmaydi!

@nofalsafiy