Get Mystery Box with random crypto!

​​*Ryodan harakati!* Oʻrgimchak tasviri hamda 4 raqami tushur | Nofalsafiy fikrlar (21 )

​​*Ryodan harakati!*

Oʻrgimchak tasviri hamda 4 raqami tushurilgan kiyim hamda katakchali shim. Odatiydan tuyulishi mumkin, ammo bu siz uchun xavfli boʻlishi mumkin, chunki ushbu belgi Ryodan harakati azolarining belgisi hisoblanadi. Bugun sizlar bilan Yaponiyada tashkil topgan hamda bugungi kunda asosan MDH davlatlarida tartibsizliklarni yuzaga chiqarayotgan "Ryodan" harakati haqida fikrlashamiz!

Anime. Bu haqida koʻpchilik maʼlumotga ega. Bilmaganlar uchun aytib oʻtaman. Anime - animatsiyaning Yaponiyada qisqartirib aytilishi boʻlsa, butun dunyoda oʻzgacha yapon "multfilmlaridir". Manga(yapon komiksi) va video oʻyinlar asosida suratga olinadigan ushbu janr bugungi kunda haqiqatdanda butun dunyoda oʻzgacha kutib olinadi, muxlislari millionlab topiladi, bizda ham. Baʼzilarning fikricha dunyodagi juda mashhur filmlar asosi aynan animelar boʻladi (Avatar, Marvel filmlari), ammo bu rost yoki yolgʻon ekanligini hech kim aniq ayta olmaydi. "Ryodan" ham ushbu animatsiyalardan biri hisoblanadi.

Ryodan - xuddiki Lucifer obrazining yaponcha talqin qilingani, ehtimol agressivlik sababi ham shudir. Dastlab shunchakiga anime muxlislari yigʻilishi keyinchalik ommaviy tartibsizliklarga olib kelgan. Ular oʻrtasida odamlarga hujum, baʼzi narsalarni buzib tashlash kabi holatlar kuzatila boshlangan (xuddi animedagi kabi!). Rossiya, Belorussiya mamlakatlaridan ular juda katta toʻpalon uyishtirib ularga qarshi jinoiy javobgarlik va qonunlar chiqarilgan. Afsuski ular endi Oʻrta Osiyo, xususan yurtimizga ham kelishyapti!

Yaqinda Toshkent shahrida 50 yaqin Ryodan tashkilotiga aʼzo (virtual) yoshlar qoʻlga olindi, profilaktik nazorat oʻrnatilib, qoʻyib yuborildi. Ular shu ananaviy tarzda yurishadi, uzun qora soch, katak shim, 4 raqamli oʻrgimchak tushirgan kiyim. Bu ularning Oʻzbekistondagi ilk toʻplami va ilk yigʻilishi edi. Soʻnggisidek deb ham umid qilamiz... Ularning qoʻlidan pichoq, oʻq otar qurollar hamda boshqa sovuq qurollar topilgan, bu esa yaxshilik alomati emas!

Anime, manga yomon emas. Ulardagi gʻoyalarni aslida koʻp filmlardan ham topib boʻlmaydi. Ushbu janr butun dunyoda iliq qarshi olinadi. Ammo avvalroq aytganimdek real hayot bilan virtual olamni farqlay olish kerak, aks holda animeshniklar sogʻlom ekanligi isbotlash uchun qandaydir toʻdalar paydo boʻlishda davom etaveradi!


@nofalsafiy