Get Mystery Box with random crypto!

Nofalsafiy fikrlar (21 )

Telegram kanalining logotibi nofalsafiy — Nofalsafiy fikrlar (21 ) N
Telegram kanalining logotibi nofalsafiy — Nofalsafiy fikrlar (21 )
Kanal manzili: @nofalsafiy
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.44K
Kanalning ta’rifi

Faqat fikrlashamiz!
Manba bilan oling!

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2023-03-08 05:02:05 8-mart qanday paydo boʻlgan!

Bu kunni har yili ommaviy ravishda nishonlaymiz, ayollarni eʼzozlab sovgʻa beramiz, ularga shu kunda oʻzgacha munosabatda boʻlamiz. Ammo hech oʻylab koʻrganmisiz bunday ishni nega qilamiz va qanday bunaqa kun paydo boʻlgan, paranji tashalgan kunni nishonlaymiz desangiz, shoshmang, oxirgacha oʻqing!

1857 - yil, 8 - mart, Nyu York, Manxettan. Boʻsh kostyurkalar mitingidan boshlandi hammasi. Tarixda ilk bor ayollar oʻz huquqlarini himoya qilib namoyish oʻtkazishdi, ular boʻsh idishlarni taraqlatgancha, ish soatini qisqartirishni hamda maoshlarni koʻpaytirish masalalarini koʻtarishdi. Bu ayollarning ilk bor chiqishi sifatida tarixga muhrlanadi va AQSHda gender tenglik paydo boʻla boshladi. 1891 - yil, 19 - avgustda Germaniya, Daniya, Avstriya kabi mamlakatlarda ham gender tenglik yoʻlga qoʻyila boshlab, shu kunni ilk bor ayollar bayrami sifatida nishonlay boshlashadi. 1910 - yilga kelib, xalqaro konferensiyada ilk bor ayollar namoyishi oʻtkazilgan kun, 8 - mart bayram sifatida nishonlanish kelishib olindi va 1911 - yil, 8 - martda ilk bor nishonlandi. 1977 - yildan boshlab BMT bu kunni ayollar ijtimoiy huquqlari uchun kurash kuni deb eʼlon qildi va umumjahon tomonidan umumiy tan olindi!( Ushbu kunning kelib chiqishi haqida 1909, 1914, 1921- yil voqealari ham bor, ammo men eng koʻp tarqalgan shaklini sizlarga aytdim).

Xoʻsh endi ikkinchi masalaga oʻtsak, nega baʼzilar haliyam bu kunni yomon koʻrishadi, bu kun bizning xotiramizda qanday muhrlangan? "Hujum" harakati - kommunistlarning Oʻrta Osiyo ayollarning paranjilarini tashlashga boʻlgan urinishlarining umumiy nomi. Oʻtgan asrning 30 yillarigacha ayollar asosan uyda oʻtirgan hamda ogʻir mehnat asosan erkaklar qoʻlida boʻlgan. Ayollar esa deyarli koʻchaga ham chiqmagan, agar ishga chiqsa ham paranji bilan ishlash juda noqulaylik tugʻdirgan. Bu esa tabiiyki hukmron tabaqaga yoqmagan va ular ishchi kuchini koʻpaytirishni maqsad qilib qoʻyishgan. Bunga esa paranjidan voz kechish va ayollarni jamiyatga keng jalb etish orqali erishishga harakat qilishgan. Ammo dastlab bu harakatlar bekor etgan, ruslar esa bunga toʻgʻridan toʻgʻri erishib boʻlmasligini tushunib, oʻzgacha yoʻlni tanlashgan. Bu davrda 8-mart koʻp davlatlarda bayram edi va buni tashviqot qilib ruslar ayollarning ongiga mustaqil boʻlish hamda huquqlardan foydalanish kabi gʻoyalarni singdirishgan(SSSRda aslida 1965 - yildagina ushbu kun bayram sifatida belgilangan!).

1927 - yil, 8 - mart. Samarqand, Registonda minglab ayollar paranjilarini olovga tashlashgan hamda erkinlik uchun chiqa boshlashgan. Eng qiziqarli tomoni bi ayollarning aksariyati paranjidan allaqachon voz kechgan ayollar edi va ulardan "reklama" sifatida foydalanishgan tez orada esa bu ayollarning soni yuz mingdan oshgan. Shu tariqa ayollarning ilk harakati (bizda) paydo boʻlgan. Ammo oqibatlari shunchaki daxshatli... 2500 dan ortiq ayollar oʻz oilasi tomonidan oʻldirilgan. Minglab ayollar taloq, oq qilingan, oʻz oilasidan quvib chiqarilib, bir necha ming ayollar qoʻshni davlatlarga ketishga majbur boʻlgan. Kommunistlar esa oʻz koʻzlagan maqsadiga yetgan. Juda koʻp miqdorda arzon ishchi kuchi paydo boʻla boshlagan. Keyinchalik ham bunday targʻibotlar munzatam ravishda oʻtkazilib, shoir, yozuvchilar ham bunday ishlarga jalb qilingan va faqatgina ikkinchi jahon urushiga kelibgina deyarli barcha ayollar paranjini tark etishgan. Bunday jarayonning ikki tomoni ham bor, bir tomondan ayollar ham jamiyatga faol qoʻshila boshladi, ular ham fan bilan shugʻullanish yoki siyosat ishlarida qatnasha boshladi, oʻz huquqlaridan faol foydalandi, ikkinchi tomondan esa juda koʻp qurbonlar hamda ayollardan ekspluatatsiya vositasi sifatida foydalanish avj oldi! Qaysi tomonga yon bosish oʻzingizga bogʻliq.

8 - mart — Xalqaro xotin qizlar kuni. Hech qanday din, hech qanday millatga, hech qanday irqqa mansub emas, butun dunyo tomonidan shu kun nishonlanadi, qaror qabul qilish esa oʻzingizga bogʻliq!

@nofalsafiy
241 viewsedited  02:02
Ochish/sharhlash
2023-03-07 22:26:14 Dunyoning yarmi tomonidan ikkinchi yarmini tabriklab qolaman

Sen baribir muqaddassan muqaddas ayol!
165 views19:26
Ochish/sharhlash
2023-03-07 17:34:57
Zamon oʻzgaryapti, hamma narsa
oʻzgaradi endi

Baxodirjon_Mullajonov

@nofalsafiy
248 views14:34
Ochish/sharhlash
2023-03-07 14:50:42 ​​Qizlar necha yoshda turmushga chiqishi kerak va nega aynan 18 yoshda?! Oʻzi kim bunaqa standartlarni belgilaydi va nega biz uning standartlari boʻyicha yashashimiz kerak. Kech turmush qursa nima boʻladi va nimaga hech kim uni olmaydi. Negalar koʻpayib ketdi, chunki biz Oʻzbekistondamiz, hamma narsani faqat oldindan koʻramiz, yon tomonlari va orqasiga qarab ham qoʻymaymiz.

Bu akaga birinchi shikoyatim, nimaga ayollarni qulupnayga oʻxshayapti, yaxshi oʻxshatish boʻlsa ham mayli edi, ammo qulupnay sal yaxshi ammo ozginadan keyin aynib qoladi emish, qaysidir ayol chiqib erkaklar behiga oʻxshaydi deb gapirsa, toʻrt tomondan hujum boshlanadi, ammo bu akaga hamma vazminlik bilan javob beryapti va koʻpchilik bu gaplarni qabul qilyapti! Buni ustozi qanday "buyuk" odam ekanki, butun bir ayollarni bunaqa xunuk oʻxshatish qilsa!

Nega gʻarbda turmush yoshi asosan 25-30 yoki undanam kechroq, nega ularda bu odatiy hol, hech kim qari qiz ekan, kasal ekan demaydi, chunki u yerda hech kim birov bilan, oʻzganing hayoti bilan yashamaydi, ular uchun muhimi oʻz hayoting, oʻz tashvishing, qoʻshnining 35 ga kirib yolgʻiz qizi bilan hech kimning ishi yoʻq, oʻz hayotini oʻzi hal qiladi!

Erta turmushning salbiy oqibatlarni sanab oʻtirmayman,
bu yerdan koʻrib olishingiz mumkin, hech qaysi mutaxassislar buni maʼqullamaydi. Maktab tugatmay turib kelin qib ketishadi, qolganini meni maktabimda oʻqiydi deyishadi, ammo hali kichkina, hayotni pastu balandlarini bilmaydigan qiz boʻlsa, menga mos emas ekan deb yana qiynashadi. Ertaga farzandi nogiron tugʻilgach esa, buning kasal deb qaytarib ketirib tashashadi. Yana qanday salbiy oqibatlari kerak ekan!

Agar bir biriga mos boʻlsa, 30 yoshida ham turmush qurish mumkin, buni normal holat deb qabul qilishni oʻrganish kerak. Bu haqida doim yomon gapirguncha, 30 yoshli erkakning 18 yoshli qizaloqqa uylanishi haqida chuqurroq fikr yuritish kerak, agar mavzu kerak boʻlsa!

Insoniyatning butun yarmi haqidagi fikrni ularning oʻzlari chiqarishi kerak, ikkinchi yarmi emas!

@nofalsafiy
270 views11:50
Ochish/sharhlash
2023-03-07 10:58:07 Siz hech qachon hech kimning fikriga qoʻshilishga majbur emassiz, shunga mos ravishda hech kim hech qachon sizni fikringizga qoʻshilish shart emas!

Kommentariyada fikr bildirish yaxshi, qandaydir masala yuzasidan fikr almashish yaxshi, ammo buni boshqalar toʻgʻri deb qabul qilmasligi normal holat, siz uni isbotlashish shart emas, oʻzingiz uchun toʻgʻri deb hisoblaganga ishining, boshqalarning fikri bilan xulosa qilish kerak emas. Xuddi shunday men yozgan narsalarga qoʻshilish va qoʻshilmaslik ham sizning ishingiz agar xoxlamasangiz inkor etishingiz mumkin, ammo bu bilan meni fikrimga taʼsir oʻtkaza olmaysiz!

Tanqidiy fikrlash kerak, har qanday (har qanday!) narsaga tanqidiy koʻz bilan qarash kerak, aslida nima ekanligini bilmay turib(ehtimol bilib ham) unga ishonish kerak emas, tanqid kelajak mevasi degan gap ham shundan. Koʻpchilik "maʼlum" narsalarni muhokama qilishga, hattoki oʻylashga ham qoʻrqamiz, ammo nega bunaqa ekan degan savolga javob berolmay qolamiz. Bu gaplarni toʻgʻri qabul qiling, oʻzingiz uchun, ozgina oʻylab koʻrish hech qanaqa zarar qilmaydi!

@nofalsafiy
266 views07:58
Ochish/sharhlash
2023-03-07 05:01:57 ​​*Ryodan harakati!*

Oʻrgimchak tasviri hamda 4 raqami tushurilgan kiyim hamda katakchali shim. Odatiydan tuyulishi mumkin, ammo bu siz uchun xavfli boʻlishi mumkin, chunki ushbu belgi Ryodan harakati azolarining belgisi hisoblanadi. Bugun sizlar bilan Yaponiyada tashkil topgan hamda bugungi kunda asosan MDH davlatlarida tartibsizliklarni yuzaga chiqarayotgan "Ryodan" harakati haqida fikrlashamiz!

Anime. Bu haqida koʻpchilik maʼlumotga ega. Bilmaganlar uchun aytib oʻtaman. Anime - animatsiyaning Yaponiyada qisqartirib aytilishi boʻlsa, butun dunyoda oʻzgacha yapon "multfilmlaridir". Manga(yapon komiksi) va video oʻyinlar asosida suratga olinadigan ushbu janr bugungi kunda haqiqatdanda butun dunyoda oʻzgacha kutib olinadi, muxlislari millionlab topiladi, bizda ham. Baʼzilarning fikricha dunyodagi juda mashhur filmlar asosi aynan animelar boʻladi (Avatar, Marvel filmlari), ammo bu rost yoki yolgʻon ekanligini hech kim aniq ayta olmaydi. "Ryodan" ham ushbu animatsiyalardan biri hisoblanadi.

Ryodan - xuddiki Lucifer obrazining yaponcha talqin qilingani, ehtimol agressivlik sababi ham shudir. Dastlab shunchakiga anime muxlislari yigʻilishi keyinchalik ommaviy tartibsizliklarga olib kelgan. Ular oʻrtasida odamlarga hujum, baʼzi narsalarni buzib tashlash kabi holatlar kuzatila boshlangan (xuddi animedagi kabi!). Rossiya, Belorussiya mamlakatlaridan ular juda katta toʻpalon uyishtirib ularga qarshi jinoiy javobgarlik va qonunlar chiqarilgan. Afsuski ular endi Oʻrta Osiyo, xususan yurtimizga ham kelishyapti!

Yaqinda Toshkent shahrida 50 yaqin Ryodan tashkilotiga aʼzo (virtual) yoshlar qoʻlga olindi, profilaktik nazorat oʻrnatilib, qoʻyib yuborildi. Ular shu ananaviy tarzda yurishadi, uzun qora soch, katak shim, 4 raqamli oʻrgimchak tushirgan kiyim. Bu ularning Oʻzbekistondagi ilk toʻplami va ilk yigʻilishi edi. Soʻnggisidek deb ham umid qilamiz... Ularning qoʻlidan pichoq, oʻq otar qurollar hamda boshqa sovuq qurollar topilgan, bu esa yaxshilik alomati emas!

Anime, manga yomon emas. Ulardagi gʻoyalarni aslida koʻp filmlardan ham topib boʻlmaydi. Ushbu janr butun dunyoda iliq qarshi olinadi. Ammo avvalroq aytganimdek real hayot bilan virtual olamni farqlay olish kerak, aks holda animeshniklar sogʻlom ekanligi isbotlash uchun qandaydir toʻdalar paydo boʻlishda davom etaveradi!


@nofalsafiy
277 views02:01
Ochish/sharhlash
2023-03-06 19:50:15
#qiziqarli

Oʻta qiziqarli holat:
Googlega kiring va "Do a barrel roll" deb yozing, chiroyli holat yuz beradi;)

Keyin fikringizni aytarsiz
Manba bilan oling

@nofalsafiy
276 views16:50
Ochish/sharhlash
2023-03-06 18:00:00
Avvalambor bir gapni aytishim kerak. Oʻzimga ham xuddi oʻz yoʻnalishimdan chiqib ketganday tuyulyapti. Bunga oʻzimni bir nechta sabablar bor, vaqt masalasi sabab bunga asosan, ammo hali rejada juda koʻp mavzular bor, qoʻllab quvvatlab turasiz degan umiddaman!

Bu mavzuga kelsak, endi baʼzan muxlislikni ham oshirib yuboramiz. Toʻgʻri bu nima deganini bilmayman, ammo bunaqa javob berish ham yaramaydi. Siz oʻsha koreysni bir marta ham koʻrmagan, gaplashmagansiz, internetda esa hech kim oʻzini yomon qilib koʻrsatmaydi. Orzu qilish yaxshi, ammo buni deb haqiqatni unutish yaxshi emas...

Baribir oʻzbekka tegasanku-e?!

Sizning fikringiz qanday bu haqida, holis baho bera olasizmi?

@nofalsafiy
280 views15:00
Ochish/sharhlash
2023-03-06 13:57:49Klub 27

Hurmatli yoshlar Assalomu alaykum. Twitterda Farhod Mannopov "Klub 27" a'zosi bo'lganligi haqida post qo'yildi. Klub haqida bilganlar, a'zolikni uning yoshi va mashxurligini sabab qilishingizni so'rayman. Bilmaganlar uchun esa klub haqida ma'lumot qidirib, topib, jamlab keldim.

"Klub 27" norasmiy roʻyxat boʻlib, asosan 27 yoshida vafot etgan mashhur musiqachilar, rassomlar, aktyorlar va boshqa mashhur shaxslardan iborat. Garchi o'sha yoshdagi musiqachilarning o'limiga oid "statistik ko'tarilish" haqidagi da'vo ilmiy tadqiqotlar tomonidan rad etilgan bo'lsa-da, bu madaniy fenomen bo'lib qolmoqda, ko'pchilik taniqli shaxslarning o'limini hujjatlashtirmoqda, ko'pchilik ularning yuqori xavfli turmush tarzini qayd etishgan. Klub butunlay shartli bo'lgani uchun rasmiy a'zolik yo'q. 1969-1971-yillar oralig'ida bir necha 27 yoshli mashhur musiqachilarning o'limidan boshlab, 27 yoshida vafot etish ommaviy madaniyat, mashhur jurnalistika va ko'ngilochar sanoatining ko'p yillik mavzusi bo'lib kelgan va shunday bo'lib qoladi.

"Klub 27" nomi bilan mashhur bo'lgan ushbu madaniy fenomen 27 yoshida, ko'pincha giyohvandlik va spirtli ichimliklarni suiiste'mol qilish, zo'ravonlik natijasida yoki qotillik, o'z joniga qasd qilish va baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan mashhur musiqachilar, rassomlar, aktyorlar va boshqa taniqli shaxslarga alohida ahamiyat beradi. Madaniy fenomen, shuningdek, mashhurlarning o'limi 27 yoshida tez-tez uchraydi degan omma afsonasini keltirib chiqardi, bu da'vo statistik tadqiqotlar tomonidan rad etilgan.

Terminning paydo bo'lishi

1970-yillarning boshlarida rok muxlislari sirli hodisani payqashdi: ikki yil ichida taniqli musiqachilar Jim Morrison, Janis Joplin, Brin Jones va Jimi Xendrix vafot etdi. Ular 27 yoshida giyohvand moddalarni haddan tashqari oshirib yuborish yoki baxtsiz hodisalar ostida vafot etdilar. "Klub" ning birinchi a'zosi 20-asrning eng mashhur blyuz musiqachilaridan biri: 1938-yilda vafot etgan Robert Jonson. Uning o'limiga turli versiyalarga ko'ra sifilis, zaharlanish va pnevmoniya sabab bo'lgan.

Gap nimada?

2011-yil dekabr oyida British Medical Journal jurnalida chop etilgan universitet akademiklari tomonidan olib borilgan tadqiqot shuni ko'rsatdiki, 27 yoshda musiqachilar uchun o'lim xavfi statistikasi o'smagan, 25 va 32 yoshda ham xuddi shunday kichik o'sish bor. Ularning so‘zlariga ko‘ra, “Klub 27" musiqachilarining aksariyati spirtli ichimliklar va noqonuniy moddalar iste’mol qilgan. Qayd etilishicha, ko‘plab musiqachilar yigirma yoshda mashhur bo‘lib, to‘rt-besh yildan so‘ng “xavfli xulq” cho‘qqisiga chiqadi. Ko'pincha ular tushkunlikka tushishadi, chunki ular keyin qayerga borishni bilmaydilar, doimiy gastrollardan charchashadi va giyohvand moddalar va spirtli ichimliklar yordamida haqiqatdan qocha boshlaydilar. 27-klubning yana bir izohi shundaki, musiqachilar mashhur bo'lish uchun shov-shuvli hayot tarzini olib boradilar. Shunday qilib, 27 yoshga kelib, ularning beparvo xatti-harakatlari eng yuqori cho'qqiga chiqadi va o'z joniga qasd qilishga olib keladi. Bu ularga daho yoki afsona maqomini berilishiga sabab bo'ladi.

Haqiqat shundaki, "Klub 27" ning mavjudligi tasodifiy tasodiflarning noxolis tanlanishi natijasidir. Aslida rasmiy ravishda "Klub 27" yo'q. Lekin omma orasida 27 yoshida vafot etgan mashxurlarni klubga a'zo qilish odati bor.

Tushunganingizdek Klub 27 norasmiy a'zolari ro'yxatidagilar o'zlarining mashxurlik cho'qqisiga yetganida turli sabablar bilan bu olamdan erta ko'z yumgan. Agar ular tirik bo'lganida bizga ko'plab zavq bera olgan bo'lar edi. Farhod ham 27 yoshida va san'atining eng yuqori cho'qqisiga chiqqan paytida vafot etdi. Uning qilgan ishlari va amallari haqida hech qanday izoh bermayman chunki ommaga uning qanday insonligi ma'lum! Lekin onaga va yaqinlarga hurmatni undan o'rganish kerakligini ta'kidlayman.

terminchi

@nofalsafiy
266 views10:57
Ochish/sharhlash
2023-03-06 11:18:51
Bahor keldi seni soʻroqlab

Kayfiyat bahoriymi?!

@nofalsafiy
254 views08:18
Ochish/sharhlash