Get Mystery Box with random crypto!

​​Qizlar necha yoshda turmushga chiqishi kerak va nega aynan 1 | Nofalsafiy fikrlar (21 )

​​Qizlar necha yoshda turmushga chiqishi kerak va nega aynan 18 yoshda?! Oʻzi kim bunaqa standartlarni belgilaydi va nega biz uning standartlari boʻyicha yashashimiz kerak. Kech turmush qursa nima boʻladi va nimaga hech kim uni olmaydi. Negalar koʻpayib ketdi, chunki biz Oʻzbekistondamiz, hamma narsani faqat oldindan koʻramiz, yon tomonlari va orqasiga qarab ham qoʻymaymiz.

Bu akaga birinchi shikoyatim, nimaga ayollarni qulupnayga oʻxshayapti, yaxshi oʻxshatish boʻlsa ham mayli edi, ammo qulupnay sal yaxshi ammo ozginadan keyin aynib qoladi emish, qaysidir ayol chiqib erkaklar behiga oʻxshaydi deb gapirsa, toʻrt tomondan hujum boshlanadi, ammo bu akaga hamma vazminlik bilan javob beryapti va koʻpchilik bu gaplarni qabul qilyapti! Buni ustozi qanday "buyuk" odam ekanki, butun bir ayollarni bunaqa xunuk oʻxshatish qilsa!

Nega gʻarbda turmush yoshi asosan 25-30 yoki undanam kechroq, nega ularda bu odatiy hol, hech kim qari qiz ekan, kasal ekan demaydi, chunki u yerda hech kim birov bilan, oʻzganing hayoti bilan yashamaydi, ular uchun muhimi oʻz hayoting, oʻz tashvishing, qoʻshnining 35 ga kirib yolgʻiz qizi bilan hech kimning ishi yoʻq, oʻz hayotini oʻzi hal qiladi!

Erta turmushning salbiy oqibatlarni sanab oʻtirmayman,
bu yerdan koʻrib olishingiz mumkin, hech qaysi mutaxassislar buni maʼqullamaydi. Maktab tugatmay turib kelin qib ketishadi, qolganini meni maktabimda oʻqiydi deyishadi, ammo hali kichkina, hayotni pastu balandlarini bilmaydigan qiz boʻlsa, menga mos emas ekan deb yana qiynashadi. Ertaga farzandi nogiron tugʻilgach esa, buning kasal deb qaytarib ketirib tashashadi. Yana qanday salbiy oqibatlari kerak ekan!

Agar bir biriga mos boʻlsa, 30 yoshida ham turmush qurish mumkin, buni normal holat deb qabul qilishni oʻrganish kerak. Bu haqida doim yomon gapirguncha, 30 yoshli erkakning 18 yoshli qizaloqqa uylanishi haqida chuqurroq fikr yuritish kerak, agar mavzu kerak boʻlsa!

Insoniyatning butun yarmi haqidagi fikrni ularning oʻzlari chiqarishi kerak, ikkinchi yarmi emas!

@nofalsafiy