Get Mystery Box with random crypto!

Niyatbek ijodidan📝

Telegram kanalining logotibi niyatbek_ijodidan — Niyatbek ijodidan📝 N
Telegram kanalining logotibi niyatbek_ijodidan — Niyatbek ijodidan📝
Kanal manzili: @niyatbek_ijodidan
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 193
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanalda shoir va aktyor Niyatbek Norov ijodidan sher,monolog,qo'shiqlar,
kliplar va ijodiy namunalarni kuzatib borishingiz mumkin,savol va takliflar uchun
998916497001ga murojat qiling!
Kamtarona ijodimizga e'tiboringiz uchun tashakkur!

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2022-06-25 18:52:42
Баъзи дўстлар чиқиб осмонга
Энди бизни танимай қўйди

Дўстларим, пул, амал ўткинчи, мухими оқибат инсонийлик йўқолмасин

@UnchaMuncha
153 views15:52
Ochish/sharhlash
2022-06-24 13:10:20
YOMG’IRLAR OSTIDA

Oynadan termulib yomg’irga asta,
Osmondan so’radim: “Nega yig’laysan,
Nimadan ranjiding darrov,birpasda,
Ko’z yoshing-la yerning bag’rin tig’laysan?

Mening ko’z yoshim-ku sog’inchdan nishon,
Yo sen achindingmi mening holimga?
Qancha yig’lasak ham qaytmas u,ishon,
Endi insof kirmas o’sha zolimga.

Dildagi jarohat bitmayapti hech,
Ayriliqning dardi bunchalar og’ir!
Bu azobli kunlar o’tmayapti hech,
Armonlarimni sen yuvib ket,yomg’ir!

Hech bo’lmasa meni sog’inchdan to’xtat,
Hech ham sog’inmayin, eslatma uni.
Niyatbekka o'zing bo’laqol madad,
Axir,hech bo’lmasa eplagin shuni.

Yo’q,mayli,qo’yaver bari behuda,
Men uni baribir kutaveraman.
Sevaman-da,netay,jonimdan juda,
Dardlarimni ichga yutaveraman...”

https://t.me/joinchat/AAAAAELivDdJbbZRljsw2w
273 views10:10
Ochish/sharhlash
2022-06-21 23:01:11
Yuragim urar be g'am
Har ishda bo'lib bardam
Yolg'izlik sezmam birdam
Aka ukam bor uchun
Jigarlarim bor uchun

Do'stlar tashlab ketsa ham
Nomardlari sotsa ham
Shukur deyman shunda ham
Aka ukam bor ucchun
Jigarlarim bor uchun


Niyatbek

https://t.me/joinchat/AAAAAELivDdJbbZRljsw2w
200 views20:01
Ochish/sharhlash
2022-06-21 22:10:09
«Бобо» #шеър

Истеъдодли кино, театр ва дубляж актёри Эркин Бозоров ҳозирги кундаги ёшлар тарбиясига оид долзарб мавзуни кўтариб чиқибди.
Оила муқаддас даргоҳ!

https://t.me/Niyatbek_ijodidan/1883
264 viewsedited  19:10
Ochish/sharhlash
2022-06-20 13:36:11
Ota...
181 viewsedited  10:36
Ochish/sharhlash
2022-06-19 07:51:01
Бугун 19-июнь Медицина ҳодимлари куни!

Кўплаб мамлакатларда бугун жафокаш ва жонкуяр шифокор ҳодимлар куни

Медицина соҳасида кунни кун, тунни тун демасдан ишлаб келаётган юртдошларимизни Байрамлари билан қутлаймиз. СИЗЛАР ҚАҲРАМОНСИЗЛАР!
410 viewsedited  04:51
Ochish/sharhlash
2022-06-19 07:50:42
ЎЗБЕГИМНИНГ ФИДОИЙ ШИФОКОРЛАРИ

Ибн Сино илмининг хабардорлари,
Танлаган касбининг фидокорлари,
Ҳар хаста беморнинг нажоткорлари,
Ўзбегимнинг фидоий шифокорлари.

Баъзида тунларни тонгга улаган,
Дардманднинг дардига даво излаган,
Уларга Оллоҳдан бардош истаган,
Ўзбегимнинг фидоий шифокорлари.

Қалби тоза оппоқ либоси каби,
Беморга жонини бермоқ матлаби,
Ширинсўз, меҳрибон, ибрат мактаби Ўзбегимнинг фидоий шифокорлари.

Ниятбек

https://t.me/Niyatbek_ijodidan
180 views04:50
Ochish/sharhlash
2022-06-18 22:20:35
Yashang do'stim

Kanalga obuna bo'lish

@niyatbek_ijodidan
166 viewsedited  19:20
Ochish/sharhlash
2022-06-17 21:55:43
Eh otama..

Barchasiga guvohdirman otajon,
Qancha g'amlar ko'rdi ,aziz boshingiz
Yo'qchilikdan bazan, chekada pinhon
Yuzingizni yuvdi achchiq yoshingiz!

Sochingizga qo'ndi ,oppoq qirovlar
Yuzingizga tushdi ajin naqshlari,
Yo'lingizda uchrab to'siqlar ,g'ovlar,
Ne ne sinov berdi hayot tashvishlari,

Farzandim deb yonib kuygan otama
Dardlar chekkanda ham, kulgan otama
Yurak bag'rin tig'ga tutgan otama
Qancha qancha g'amlar yutgan otama

Egningizda o'sha eski to'n hamon!
Menga shu ham bo'lar ,bolam qo'y deysiz
Bizga esa tutib qimmat zar chopon,
Kuyov bola ,qutlug' bo'lsin to'y deysiz

Ibodatni kanda qilmay hech zamon,
Baxtimizni so'rab, faqat duoda
Yo'l boshlaysiz doim ezgulik tomon
Yaxshiyamki bor siz ota dunyoda

Duogo'yim g'amxo'rim , qadrdonimsiz
Davlatimsiz mening, sharaf shonimsiz
Olloh boshingizni aylasin omon
Qiblagohim mening otajonimsiz!

Niyatbek

Kanalga obuna bo'lish
@Niyatbek_ijodidan
177 views18:55
Ochish/sharhlash
2022-06-17 06:42:10
Juma muborak bo'lsin

Dilga yaqin insonim
Qalbida pok iymonim
Brodar musilmonim
Juma muborak bo'lsin!

Masjid tomonga shoshing
Dunyo navsidan qoching
Duoga qo'lni oching
Juma muborak bo'lsin!

Duolar ijobat kun
Eng ulug' hidoyat kun
Bir ajib bayram bugun
Juma muboram bo'lsin!


Sano ayting Ollohga
Nabi Rasulullohga
Bir zumi teng,,tilloga"
Juma muborak bo'lsin!

Niyatbek
367 views03:42
Ochish/sharhlash