Get Mystery Box with random crypto!

YOMG’IRLAR OSTIDA Oynadan termulib yomg’irga asta, Osmondan s | Niyatbek ijodidan📝

YOMG’IRLAR OSTIDA

Oynadan termulib yomg’irga asta,
Osmondan so’radim: “Nega yig’laysan,
Nimadan ranjiding darrov,birpasda,
Ko’z yoshing-la yerning bag’rin tig’laysan?

Mening ko’z yoshim-ku sog’inchdan nishon,
Yo sen achindingmi mening holimga?
Qancha yig’lasak ham qaytmas u,ishon,
Endi insof kirmas o’sha zolimga.

Dildagi jarohat bitmayapti hech,
Ayriliqning dardi bunchalar og’ir!
Bu azobli kunlar o’tmayapti hech,
Armonlarimni sen yuvib ket,yomg’ir!

Hech bo’lmasa meni sog’inchdan to’xtat,
Hech ham sog’inmayin, eslatma uni.
Niyatbekka o'zing bo’laqol madad,
Axir,hech bo’lmasa eplagin shuni.

Yo’q,mayli,qo’yaver bari behuda,
Men uni baribir kutaveraman.
Sevaman-da,netay,jonimdan juda,
Dardlarimni ichga yutaveraman...”

https://t.me/joinchat/AAAAAELivDdJbbZRljsw2w