Get Mystery Box with random crypto!

Eh otama.. Barchasiga guvohdirman otajon, Qancha g'amlar ko'r | Niyatbek ijodidan📝

Eh otama..

Barchasiga guvohdirman otajon,
Qancha g'amlar ko'rdi ,aziz boshingiz
Yo'qchilikdan bazan, chekada pinhon
Yuzingizni yuvdi achchiq yoshingiz!

Sochingizga qo'ndi ,oppoq qirovlar
Yuzingizga tushdi ajin naqshlari,
Yo'lingizda uchrab to'siqlar ,g'ovlar,
Ne ne sinov berdi hayot tashvishlari,

Farzandim deb yonib kuygan otama
Dardlar chekkanda ham, kulgan otama
Yurak bag'rin tig'ga tutgan otama
Qancha qancha g'amlar yutgan otama

Egningizda o'sha eski to'n hamon!
Menga shu ham bo'lar ,bolam qo'y deysiz
Bizga esa tutib qimmat zar chopon,
Kuyov bola ,qutlug' bo'lsin to'y deysiz

Ibodatni kanda qilmay hech zamon,
Baxtimizni so'rab, faqat duoda
Yo'l boshlaysiz doim ezgulik tomon
Yaxshiyamki bor siz ota dunyoda

Duogo'yim g'amxo'rim , qadrdonimsiz
Davlatimsiz mening, sharaf shonimsiz
Olloh boshingizni aylasin omon
Qiblagohim mening otajonimsiz!

Niyatbek

Kanalga obuna bo'lish
@Niyatbek_ijodidan