Get Mystery Box with random crypto!

Nishonga tegadi🎯

Telegram kanalining logotibi nishongategadi — Nishonga tegadi🎯 N
Telegram kanalining logotibi nishongategadi — Nishonga tegadi🎯
Kanal manzili: @nishongategadi
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 15
Kanalning ta’rifi

Borini boricha!
Tegib ketsa hisobmas, teshib ketsin!

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

3

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-10-20 17:02:15
Sizlar uchun foydali kontent

Komfort zonadan chiqish qiyin ammo bu juda muhim masala!

Hayotimizda katta o'zgarishlarga sabab bo'luvchi etap bu!
861 views14:02
Ochish/sharhlash
2022-10-04 10:53:24 SMM menejer vazifalari haqida qisqacha...

1. Anliz
- Har bir SMM menejer biror bir kompaniyaga joylashishi bilan analiz qilish uning birinchi vazifasi hisoblanadi. Mahsulot analizi, Raqobatchilar analizi, Bozor analizi, Auditoriya analizi hisoblanadi.

2. Strategiya - Analiz natijalaridan kelib chiqqan holda aniq KPI (maqsad) yoki muammo aniqlanadi va ularni yechimi ustida ishlanib Strategiya tuzib chiqiladi.

3. Sotuv - Strategiya natijasi doim sotuvga yoki boshqa biror bir muammo yechimiga olib kelishi shart! Agarda bu natija bermasa demak strategiya noto'g'ri tuzilgan deb hisoblanadi!

4. Ijod - SMM menejer yuklatilgan eng muhim vazifa bu ijod! Doim u kreativlik bilan ishlashi shart! Analiz qilishdan tortib, auditoriya bilan kommunikatsiyani amalga oshirishgacha!

Shu yerga kelib barchada savollar kelib chiqqan bo'lishi aniq. Savolingizni izohlarda yozib qoldiring ;)

Telegram | Instagram
194 viewsedited  07:53
Ochish/sharhlash
2022-09-27 14:23:59 Hozir hamma "SMMchi"

Bu haqida mendan boshqa ham ko'p tanishlaringizdan eshitgansiz. Ammo hozir bir oddiy narsani tushuntirib beraman.

Aslida Socila Media Marketingni yuritish uchun SMM menejerni katta kompaniyalar yollashi kerak. Sababi ular uchun rostakam ijodkor va mutaxassis zarur. Shu o'rinda esa SMM menejer ham o'zi yuritayotgan kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi Marketingini yaxshi yuritishi shart!

Ammo hozir bozorda Marketing nima ekanligini ham to'liq bilmaydigan "SMMchi"lar tiqilib yotibdi... Bu esa ushbu soha mutaxassislariga bo'lgan hurmatni yetarlicha yomonlashishiga sabab bo'lgan. Nega hamma bu sohani "Mutaxassisi" bo'lib olgan?

Javob oddiy! Ular instagramga post qo'yib boruvchi insonni SMM menejer deb hisoblashadi. Bu esa eng katta xato! Agarda postga reaksiya qoldirsangiz SMM menejerlarni vazifalari aslida qanday ekanligini ertangi postda batafsil aytib beraman.

Yaxshi kunlarda ko'rishguncha! Postni do'stlaringizga ham ulashing!

t.me/nishongategadi
242 viewsedited  11:23
Ochish/sharhlash
2022-09-26 07:07:38
Qaysi sohaga nisbatan sizda qiziqish ko'proq?
Anonymous Poll
14%
S.M.M (social media marketing)
7%
Targeting
14%
Reklama roliklari
27%
Marketing
38%
Hammasiga qiziqaman :)
110 voters402 views04:07
Ochish/sharhlash
2022-09-25 08:16:40 Bugun o’zim ishlaydigan sohalar haqida gapirib bermoqchiman.

2020 yildan boshlab Internet sohalariga qiziqa boshladim va hozirda bir nechta sohalar bo’yicha bir nechta joylar bilan ishlab kelmoqdaman. Qiziq bo’lsa albatta reaksiya qoldiring.

SMM (Social Media Marketing) - Bu internet marketing sohalariga kirib kelishim uchun dastlabki qadam bo’lgan va hozirda ham Zarafshan Villas, WhiteLine school va WhiteLine IT kabi loyihalarda SMM menejer sifatida faoliyat olib boraman.

Targeting - O’zimga eng ko’p yoqadigan soha. Bu Ijtimoiy tarmoqlarda reklamalar yoqish. Reklamalar ichida eng arzon va eng ko’p raqamlarga asoslangan yo’nalish hisoblanadi. Asabi mustahkam odamlargina ishlay oladi bu sohada. Lingo school, WhiteLine IT, Zarafshan Villas kabi loyilalarda Targetolog bo’lib ishlab kelmoqdaman.

Marketing - Hozirda Davr Bankda Marketolog lavozimida ishlayman va bu soha men uchun qisman yangi, ammo real proectda amaliy o’rganayotganim uchun juda ko’p ko’nikmalarni shakllantirib borayabman.

Bulardan tashqari reklama roliklari olish bo’yicha ham komandamiz bor. Biznes egalari bilan suhbatlar o’tkazaman, sennarylar yozaman va reklama roliklarini olish bo’yicha barcha tashkiliy ishlar bilan shug’ullanaman. Bu o’ziga yarasha hobbiy. Ham daromadli, ham qiziqarli.

Hayotda doim yangi narsani o’rganish kerak. Nimani o’rganishingiz haqidagi talabni esa bozorni o’zi aytadi. Doim izlanish orqali yangi yangi loyihalar ustida komandamiz bilan ishlab boramiz. Bu men uchun juda maroqli.

Nima ish qilishim haqida qisqacha shu. Agarda ushbu sohalar bo’yicha doimiy bloglar qo’yib borishimni istasangiz izohlarda yozib qoldiring.


t.me/nishongategadi
206 viewsedited  05:16
Ochish/sharhlash
2022-09-22 07:47:15 ​​Dunyo yana shu xatoni takrorlash arafasida.

Inson o'zi ko'rmagan narsalardan to'g'ri xulosa chiqara olmaydi. Minglab, millionlab insonlar yana o'limga mahkum bo'lishmoqda. Nega?

Aniq, arzirli, taxminlarga asoslanmagan javobni kimdur menga bera oladimi? Aslida shunchaki kelajakda kelib chiqishi mumkin bo'lgan qandaydur nizoni oldini olish masadida, undan 100 balki 1000 barobar katta qirg'inbarot qilayotganlarini o'ylab ko'rishmayabdi shekilli???

Bu zerikkanda bahs boylanadigan mavzu yoki mazza qilib tomosha qilinadigan spektakl emas - bu URUSH!

t.me/nishongategadi
872 views04:47
Ochish/sharhlash
2022-09-21 14:40:28 Hozirgina yo'lda ketayotib bir yosh ona o'z bolasiga baqirayotganini ko'rdim...

Bola nigohiga qarab, ertaga bu bola onasiga bor mehrini ko'rsatishiga sal shubham uyg'ondi

Ps: Har kim ekkanini o'radi!

t.me/nishongategadi
1.0K views11:40
Ochish/sharhlash
2022-09-21 13:14:58 ​​Hayotimizdagi muhim kunlar

Barchani hayoti davomida o'z yo'lini topgan, o'zgargan yoki muhim qarorlar qabul qilgan kunlar bo'ladi va shunday kunlarni ko'pchilik kutib yashaydi.

Bu xato! O'z tajribamdan kelib chiqgan holda bir narsani aytaman. Men o'z hayotimdagi muhim kunlarni barchasini o'zim uyushtirganman.

O'tayotgan har bir kunimiz uchun o'zimizga hisobot berishimiz kerak. Bugun kechagidan yaxshiroq bo'la olamiz.

Ps: Postni motivatsiya uchun yozmadim, ma'lumot o'rnida yozdim. O'zingiz uchun olgan xulosangiz esa men uchun muhim.
Malol kelmasa izohlarda yozib keting
1.0K views10:14
Ochish/sharhlash
2022-09-20 07:16:20 ​​Hozirda ko'payib ketgan infolo'lilar

Bu insonlarni ham mashennik, ham ustomon deyish mumkin. Mashennikligi o'zi ham bilmaydigan sohani odamlarga shu soha mutaxassisiman deb, o'ylab topgan kurslarini reklama qilish bo'lsa, ustomonligi kurslarini rostdan ham sota olishayotganligi. Ko'pincha bu holatga uchunchi tomon sifatida guvoh bo'laman.

Oldin ko'rmagan va bilmagan odamingizga shunchaki ishonmang! U qanday brandlar bilan ishlagan? Qanchalik kuchli mutaxassis? Qanchadan buyon uni kuzatasiz? Barchasini tekshiring!

Qo'rqmasdan savol bering! Nega kurs o'tayabsiz? O'qituvchilik mahoratiga egamisiz? Oldin qandaydur o'quv markazlar bilan ishlaganmisiz?
Bunday savollar ularni doim gangiratib qo'yadi. O'zim guvohi bo'lganman.

Xullas qanaqa kurs olishingizdan qatiy nazar uni o'rganing, savol bering va barcha natijalar qoniqtirsa undan keyin kursga yozilishingiz mumkin. Shunda ham aldansangiz peshonam sho'r ekan deb qo'yaverasiz.

t.me/nishongategadi
1.2K views04:16
Ochish/sharhlash
2022-09-19 08:34:19
Motivatsiya haqida qisqacha...

Umuman olganda motivatsiya kerak, qachonki siz unga muhtoj bo'lsangiz!

Ammo sizda aniq maqsad va harakat bo'lsa motivatsiya qidirish uchun vaqtingiz ham xohishingiz ham bo'lmaydi.

t.me/nishongategadi
1.4K viewsedited  05:34
Ochish/sharhlash