Get Mystery Box with random crypto!

Hozir hamma 'SMMchi' Bu haqida mendan boshqa ham ko'p tanishl | Nishonga tegadi🎯

Hozir hamma "SMMchi"

Bu haqida mendan boshqa ham ko'p tanishlaringizdan eshitgansiz. Ammo hozir bir oddiy narsani tushuntirib beraman.

Aslida Socila Media Marketingni yuritish uchun SMM menejerni katta kompaniyalar yollashi kerak. Sababi ular uchun rostakam ijodkor va mutaxassis zarur. Shu o'rinda esa SMM menejer ham o'zi yuritayotgan kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi Marketingini yaxshi yuritishi shart!

Ammo hozir bozorda Marketing nima ekanligini ham to'liq bilmaydigan "SMMchi"lar tiqilib yotibdi... Bu esa ushbu soha mutaxassislariga bo'lgan hurmatni yetarlicha yomonlashishiga sabab bo'lgan. Nega hamma bu sohani "Mutaxassisi" bo'lib olgan?

Javob oddiy! Ular instagramga post qo'yib boruvchi insonni SMM menejer deb hisoblashadi. Bu esa eng katta xato! Agarda postga reaksiya qoldirsangiz SMM menejerlarni vazifalari aslida qanday ekanligini ertangi postda batafsil aytib beraman.

Yaxshi kunlarda ko'rishguncha! Postni do'stlaringizga ham ulashing!

t.me/nishongategadi