Get Mystery Box with random crypto!

Bugun o’zim ishlaydigan sohalar haqida gapirib bermoqchiman. | Nishonga tegadi🎯

Bugun o’zim ishlaydigan sohalar haqida gapirib bermoqchiman.

2020 yildan boshlab Internet sohalariga qiziqa boshladim va hozirda bir nechta sohalar bo’yicha bir nechta joylar bilan ishlab kelmoqdaman. Qiziq bo’lsa albatta reaksiya qoldiring.

SMM (Social Media Marketing) - Bu internet marketing sohalariga kirib kelishim uchun dastlabki qadam bo’lgan va hozirda ham Zarafshan Villas, WhiteLine school va WhiteLine IT kabi loyihalarda SMM menejer sifatida faoliyat olib boraman.

Targeting - O’zimga eng ko’p yoqadigan soha. Bu Ijtimoiy tarmoqlarda reklamalar yoqish. Reklamalar ichida eng arzon va eng ko’p raqamlarga asoslangan yo’nalish hisoblanadi. Asabi mustahkam odamlargina ishlay oladi bu sohada. Lingo school, WhiteLine IT, Zarafshan Villas kabi loyilalarda Targetolog bo’lib ishlab kelmoqdaman.

Marketing - Hozirda Davr Bankda Marketolog lavozimida ishlayman va bu soha men uchun qisman yangi, ammo real proectda amaliy o’rganayotganim uchun juda ko’p ko’nikmalarni shakllantirib borayabman.

Bulardan tashqari reklama roliklari olish bo’yicha ham komandamiz bor. Biznes egalari bilan suhbatlar o’tkazaman, sennarylar yozaman va reklama roliklarini olish bo’yicha barcha tashkiliy ishlar bilan shug’ullanaman. Bu o’ziga yarasha hobbiy. Ham daromadli, ham qiziqarli.

Hayotda doim yangi narsani o’rganish kerak. Nimani o’rganishingiz haqidagi talabni esa bozorni o’zi aytadi. Doim izlanish orqali yangi yangi loyihalar ustida komandamiz bilan ishlab boramiz. Bu men uchun juda maroqli.

Nima ish qilishim haqida qisqacha shu. Agarda ushbu sohalar bo’yicha doimiy bloglar qo’yib borishimni istasangiz izohlarda yozib qoldiring.


t.me/nishongategadi