Get Mystery Box with random crypto!

​​Hozirda ko'payib ketgan infolo'lilar Bu insonlarni ham mas | Nishonga tegadi🎯

​​Hozirda ko'payib ketgan infolo'lilar

Bu insonlarni ham mashennik, ham ustomon deyish mumkin. Mashennikligi o'zi ham bilmaydigan sohani odamlarga shu soha mutaxassisiman deb, o'ylab topgan kurslarini reklama qilish bo'lsa, ustomonligi kurslarini rostdan ham sota olishayotganligi. Ko'pincha bu holatga uchunchi tomon sifatida guvoh bo'laman.

Oldin ko'rmagan va bilmagan odamingizga shunchaki ishonmang! U qanday brandlar bilan ishlagan? Qanchalik kuchli mutaxassis? Qanchadan buyon uni kuzatasiz? Barchasini tekshiring!

Qo'rqmasdan savol bering! Nega kurs o'tayabsiz? O'qituvchilik mahoratiga egamisiz? Oldin qandaydur o'quv markazlar bilan ishlaganmisiz?
Bunday savollar ularni doim gangiratib qo'yadi. O'zim guvohi bo'lganman.

Xullas qanaqa kurs olishingizdan qatiy nazar uni o'rganing, savol bering va barcha natijalar qoniqtirsa undan keyin kursga yozilishingiz mumkin. Shunda ham aldansangiz peshonam sho'r ekan deb qo'yaverasiz.

t.me/nishongategadi