Get Mystery Box with random crypto!

NIMAGA?

Telegram kanalining logotibi nimaga — NIMAGA? N
Telegram kanalining logotibi nimaga — NIMAGA?
Kanal manzili: @nimaga
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.35K
Kanalning ta’rifi

Nimaga? degan qiziqarli savollarga javob beradigan foydali kanal!
Reklama — @nimaga_ads

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 13

2022-04-25 12:18:28
Nimaga qushlarni tok urmaydi?

Bu bolalar beradigan va javob topish istalgan yoshdagi kishini qiynab qoʻyadigan savollardan biri hisoblanadi. Xoʻsh, bu holatni qisqa qilib qanday tushuntirish mumkin?

Gap kabellarda turgan qushlarning faqat kabel boʻylab turishi va oʻtkazuvchi vazifasini bajaruvchi boʻlib qolishidir. Qushlarning oyoqlari orqali oʻtadigan tok katta qarshilikka uchramaydi va bu qushga zarar yetkazmaydi. Agarda qush shu holatda metallga yoki yerga tegsa bir zumda kulga aylanishi hech gap emas.

P.S. Barcha yaqinlaringizga yuboring, zero istalgan yosh bolachalar istagan kishisiga bundan kuchli savollar berib qolishi mumkin

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
13.0K views09:18
Ochish/sharhlash
2022-04-23 12:39:39
Qanday mavzularga qiziqasiz?
Anonymous Poll
33%
Koʻngilochar mavzular (kinolar, kliplar, musiqa, komediya...)
31%
Ilmiy mavzular (faktlar, tadqiqodlar...)
18%
Tarixiy mavzular (qiziqarli, hayratlanarli voqealar...)
14%
IT mavzulari (zamonaviy texnologiyalarga oid barcha maʼlumotlar...)
5%
Badiiy mavzular (ertaklar, qissalar, sheʼrlar, kitoblar...)
6.4K voters12.8K views09:39
Ochish/sharhlash
2022-04-23 12:39:39
Nima bilan shugʻullanasiz?
Anonymous Poll
55%
Talaba/Oʻquvchiman
12%
Uy bekasi/Vaqtincha ishsizman
19%
Davlat idorasida ishlayman
14%
Mustaqil tadbirkorman
5.9K voters12.7K views09:39
Ochish/sharhlash
2022-04-23 12:39:39
Nimaga biz oʻz obunachilarimiz bilan tanishmasligimiz kerak? Sabab yoʻq, demak tanishib olishga nima deysiz?

Yoshingiz nechada?
Anonymous Poll
28%
18 dan kichik
38%
18-24 oraligʻida
19%
25-30 oraligʻida
15%
30 dan katta
6.1K voters12.5K views09:39
Ochish/sharhlash
2022-04-22 16:10:46
Nimaga roʻzaning soʻngi 10 kunligi roʻzadorlarning doʻzaxdan ozod qilinadigan kunlar deb ataladi?

Ramazonning oxirgi o‘n kunining bir nechta fazilatlari bor bo‘lib, ulardan biri quyidagichadir: Bu kunlarning fazilati sababli Alloh taolo bandalarini do‘zaxga kirishdan ozod qiladi.

Bu haqida Salmon al-Forisiy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “...U (Ramazon) uning avvali rahmat, o‘rtasi mag‘firat, oxiri do‘zaxdan ozod qilish bo‘lgan oydir....”, deganlar. Bayhaqiy rivoyat qilgan.

Ro‘zadorlar birinchi o‘n kunlikda Allohning rahmatiga sazovor bo‘lib, ikkinchi o‘n kunlikda gunohlari mag‘firat qilinib, uchinchi o‘n kunlikda esa, do‘zaxdan ozod qilinadi. Shuning uchun, har kim bu ulug‘ kunlarni g‘animat bilib, foydalanib qolish lozim.

Madaminov Shokirjon (“Ko‘kaldosh” Toshkent o‘rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi)

P.S. Yaqinlaringizga ushbu postni ulashing, eslating va savob oling!

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
16.0K views13:10
Ochish/sharhlash
2022-04-21 07:10:02
Nimaga nutqimizda parazit pauzalar mavjud?

Bilasizmi, nutqimizdagi "ааа", "ыыы", "ымм" kabi parazit pauzalar paydo boʻlishining asosiy sababi soʻz boyligimizning kamligi va muloqot tajribasining yetarli emasligi hisoblanadi.

Ushbu muammodan tezroq qutilish uchun har kuni kamida 30 bet badiiy kitob oʻqishingiz va oʻz nutqingizni tasvirga olib, tahlil qilishingiz kerak. Agarda shu mashqlarni 1 oy davomida bajarsangiz, oʻzingizda boʻlgan oʻzgarishdan hayratga tushasiz.

Najot Nur

P.S. Suhbatlarda koʻp adashadigan va nutqini rivojlantirmoqchi boʻlgan tanishlaringizga ushbu postni yuboring!

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
21.8K views04:10
Ochish/sharhlash
2022-04-19 08:10:11
Nimaga nomofobiya kasalligiga chalinganlar borgan sari koʻpayib bormoqda?

— Nomofobiya
— telefonsiz qolish qoʻrquvi boʻlib, yildan yilga bu psixologik kasallikka chalinganlar koʻpayib bormoqda. Bu kasallik 2010-yilda rasman tan olingan boʻlib, atama "No mobile phone phobia" iborasining qisqartmasi hisoblanadi.

Statistik maʼlumotlarga qaraganda odamlarning qariyb 10%i telefonga qaram boʻlib, sayyoramizdagi smartfoni bor insonlarning 70%i "sotka"laridan deyarli ajralishmaydilar. Buning sababi oddiy, zamon talabi, koʻpchilik smartfonsiz ishlay olishmaydi.

P.S. Smartfonini sevadigan va yigʻilishlarda ham undan ajralgisi kelmaydigan oʻrtoqlaringizga yuboring! Ular yolgʻiz emaslar!

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
35.2K views05:10
Ochish/sharhlash
2022-04-18 10:36:13
Nimaga brendlarda belgisi ishlatiladi?

Bilasimi, belgisi roʻyxatdan oʻtgan tovar belgisining tipografik belgisi boʻlib, u birinchi marta 1946-yilda AQShning savdo belgisi toʻgʻrisidagi qonunida paydo boʻlgan. U inglizcha “registered” soʻzidan olingan boʻlib, “roʻyxatdan oʻtgan” degan maʼnoni anglatadi. Yaʼni ushbu belgini ishlatayotgan brendlar davlatning maʼlum muassasalaridan roʻyxatdan oʻtgan.

Ushbu belgini "R" harfi shaklida yoki "savdo belgisi" soʻzlari shaklida ham uchratish mumkin.

P.S. Katta kompaniya qurishni maqsad qilgan yaqinlaringizga yuboring! Ularning brendlari ham TOP darajaga chiqishi tilakdoshimiz!

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
27.8K views07:36
Ochish/sharhlash
2022-04-16 14:07:52
Nimaga farzandni "hozir kuchukka berib yuboraman" deb qoʻrqitib boʻlmaydi?

Koʻpchilik ota-onalar sabrsizlik yoki bilimsizlik natijasida farzandlarini qoʻrqitadilar. Iltimos, bolangizni nima qilishidan qatʼiy nazar qoʻrqitmang, sabrli boʻling!

Ayniqsa "Hozir kuchuklarga berib yuboraman" deb hech qachon qoʻrqitmang. Bu bolangizning ruhiyatini buzilishiga olib keladi va kuchuklarga nisbatan qoʻrquv hosil boʻladi. Bu holatda ong osti "kuchuk", "it" soʻzlarini xavf uygʻotuvchi sifatida qabul qiladi, vaqt oʻtgandan soʻng esa aynan shu soʻzlarni eshitganida bolangizda avtomatik ravishda qoʻrquv hissi uygʻonadi.

Eng yomoni – farzandingiz katta boʻlganida ovozi yoʻgʻon kishilar bilan hadiksirab, qoʻrquv aralash gaplashadigan boʻlib qoladi. Demak, farzandingizni qoʻrqoq boʻlib yetishmasligini xohlasangiz, bunday (va boshqa istalgan turdagi) qoʻrqitishdan tiyilganingiz maʼqul!

Anvar Abduqayum

P.S.
Farzandi bor tanishlaringizga albatta ushbu postni ulashing

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
36.4K views11:07
Ochish/sharhlash
2022-04-13 11:07:00
Nimaga tish orasida qolgan narsalarni yutsa roʻza ochilish xavfi bor?

Ramazon oyida roʻzaga aloqador savollar anchagina koʻpayadi. Shular ichidagi bir savol — tish orasidagi narsalarni yutsa, roʻza ochiladimi?

Javob quyidagicha: agarda yutilayotgan narsa noʻxatdan kattaroq boʻlsa, uni yutishlik bilan roʻza ochiladi. Agarda noʻxatdan kichik boʻlsa, roʻza ochilmaydi, sababi – bu kattalikdagi narsa oshqozongacha bormaydi.

Hasan domla Qodirov

P.S. Roʻzador yaqinlaringizga yuborib qoʻying

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
45.2K views08:07
Ochish/sharhlash