Get Mystery Box with random crypto!

NIMAGA?

Telegram kanalining logotibi nimaga — NIMAGA? N
Telegram kanalining logotibi nimaga — NIMAGA?
Kanal manzili: @nimaga
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.35K
Kanalning ta’rifi

Nimaga? degan qiziqarli savollarga javob beradigan foydali kanal!
Reklama — @nimaga_ads

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2022-05-31 19:02:24
Nimaga geliy gazi inson ovozini oʻzgartirib yuboradi?

Internetda geliy bilan toʻldirilgan shardan nafas olib, ovozi oʻzgarib ketgan insonlar videolarini koʻrgandirsiz. Balki buni montajdagi ovoz effektlari deb oʻylagandirsiz? Ammo unday emas! Geliy haqiqatan ham ovozni oʻzgartiradi.

Geliy zichligi havodan 7 marta kichik boʻlib, shuning uchun ovozlar havoda emas, balki unda tebransa, ovoz tebranish chastotasi ortadi va ovoz balandroq bo'ladi. Geliydan tashqari yana bir qiziqarli gaz bor - oltingugurt geksaftorid. U havodan ancha zichroq, shuning uchun uni nafas olsangiz, ovoz ancha past bo'ladi.

P.S. Agar siz bunday video-tajriba koʻrmagan boʻlsangiz ushbu koʻk yozuv ustiga bosing.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
10.2K views16:02
Ochish/sharhlash
2022-05-28 17:32:13
Nimaga tish pastasidagi ranglar oʻzaro aralashib ketmaydi?

Gap shundaki, tish pastadadagi turli rangdagi pastalarning kimyoviy tarkibi oz-moz boʻlsada turlicha. Shu sababli ham ularning zichligida farq mavjud boʻladi va siz biladigan oq, koʻk, yashil kabi ranglar aralashib ketmaydi.

P.S. "Tish pastasi" yoki "tish" soʻzlarini aytganda birinchi yodingizga tushadigan tanishingizga yuboring

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
10.5K views14:32
Ochish/sharhlash
2022-05-26 18:58:33
Nimaga sichqonlar pishloqni yoqtirmaydi?

Afsonadan farqli oʻlaroq, sichqonlar pishloqning ashaddiy muxlislari emas, ammo ular negadir multfilmlarda va hatto filmlarda ham pishloqni sevadigandek qilib namoyish etiladi.

Bilasiz, sichqonlar kemiruvchilar hisoblanib, ular asosan don va o'simliklarning turli mevalarini yaxshi koʻradilar. Agar ular yetarlicha ovqatga ega boʻlsa, unda pishloq ularni hech qachon jalb qilmaydi. Bundan tashqari, sichqonlar kuchli hidi tufayli baʼzi pishloq turlarini yaqiniga ham yoʻlamaydi.

P.S. Shunaqa yolgʻonlarga ishonib yuradigan tanishlarga yuboramiz

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
10.4K views15:58
Ochish/sharhlash
2022-05-25 18:29:46
Nimaga pul – "soqqa" deb ham ataladi?

Pulni "soqqa" deb atalishi "Soqqa" oʻyiniga borib taqaladi. Ushbu oʻyin maxsus sharsimon soqqa deb nomlanuvchi toshlar bilan (baʼzi hududlarda yongʻoqlar bilan) oʻynaladi. Oʻyinning maqsadi — raqibning soqqalarini yutib olish hisoblanadi.

Aynan shu maqsad, yaʼni soqqani koʻp toʻplash – pullarni koʻpaytirishga alternativ boʻlgani uchun shunday oʻxshatish paydo boʻlgan. Pulni yana mullajiring, loy, qurugʻi, koʻki singari nomlash shakllari bor.

P.S. Pulni sevadigan tanishlarga yuboramiz

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
11.5K views15:29
Ochish/sharhlash
2022-05-24 10:54:27
Nimaga uzoq vaqt davomidagi suvning taʼsiri kaftlarimizdagi terini boʻshashtiradi?

Uzoq vaqt davomida kaftlarda hosil boʻladigan ajinlar — suv taʼsiridagi terining shishishi deb hisoblanar edi. Ammo soʻngi tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, suv taʼsirida qon tomirlari siqiladi, buning natijasida simpatik asab tizimi harakatga keladi va teri "boʻshashib qoladi".

P.S. Shunaqa, bizning koʻzimizga oddiy koʻringan voqeliklar aslida murakkab jarayonlardir.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
13.3K viewsedited  07:54
Ochish/sharhlash
2022-05-22 18:36:28
Nimaga sharqiy osiyoliklarning koʻzlari qisiq boʻladi?

Osiyoning sharqidagi xalqlarning koʻzlarining torligi, qovoqlarning maxsus tuzilmasini, yaʼni yuqori qovoqning mavjudligi sababidandir.

Haqiqatga eng yaqin taxminlardan biri, bu quruq cho'llar yaʼni iqlimning taʼsiri hisoblanadi. Bu — shamol ko'taradigan chang, qum va qordan saqlash uchun shakllangan tananing evolyutsion immuniteti deb izohlanadi.

P.S. Koʻzi qisiq tanishlarga yuboring

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
11.1K views15:36
Ochish/sharhlash
2022-05-20 18:05:55 Nimaga "infoloʻttibozlar" atamasi trendga chiqdi?

Infoloʻttibozlar — qandaydir kurslarga qatnab yoki kitoblar oʻqib, shu bilimini amalda qoʻllamasdan, boshqalarga pulga oʻrgatadigan axborot tashuvchilari hisoblanishadi. Ulardagi asosiy maqsad moddiyatga borib taqaladi va berayotgan "bilim"larining koʻp qismi yolgʻon boʻlish ehtimoli ham yuqori.

Bilsangiz kerak, yaqinda Subyektiv loyihasi infoloʻttibozlar haqida koʻrsatuv tayyorlab, ommaga taqdim etdi. Ushbu koʻrsatuv internet foydalanuvchilarini shu qadar harakatga soldiki, har bir biznes treneri, psixologlar postlarining izoh qismi negativlarga toʻlib ketdi.

P.S. Media — haqiqiy kuch. Birgina koʻrsatuvning natijalarini koʻring

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
10.1K views15:05
Ochish/sharhlash
2022-05-19 19:15:40
Nimaga ishtaha yoʻqoladi?

Ishtahaning yo'qolishi mutlaq (anoreksiya), qisman (giporeksiya) va kamayishi (doimiy ochlik hissi bilan oz miqdorda ovqatlanish) bo'lishi mumkin. Buning sabablari turlicha bo'lishi mumkin.

— Ishtaha yoʻqolishining sabablari qilib masalan, stress va turli hayotiy voqealar taʼsiri, ma'lum dori-darmonlarni qabul qilish, harakatsiz turmush tarzi, aqliy va jismoniy charchoq va qattiq oqsilli dieta kabilarni keltirishimiz mumkin. Yana bu holatni yoshga bog'liq o'zgarishlar taʼsiri, yaʼni, ta'm va hidni sezadigan retseptorlar soni kamayashi bilan ham izohlash mumkin. Eslatib oʻtamiz, ishtahasizlik 1 oy davom etsa, albatta shifokorga uchrashish tavsiya etiladi.

P.S. Shu kunlarda ishtahasiz yurgan yaqinlarimizga yuboramiz, qani ularning sabablari nima ekan

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
10.1K views16:15
Ochish/sharhlash
2022-05-16 18:49:39
Nimaga mushuklar bodringdan qoʻrqadilar?

TikTok, Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlar, YouTube'ga oʻxshash platformalarda mushuklarning bodringni tasodifan koʻrib qolib, qattiq qoʻrqqani aks etgan videolar tarqalmoqda. Koʻpchilik bundan hayratda.

Olimlar mushuklarning bodringga bo'lgan munosabati — ularning azaliy instinktlari uyg'onishi deb hisoblashmoqda. Mushuklar bodringni ilonga oʻxshatadi va qo'rqib ketishadi. Xuddi shu uslub bilan siz har qanday cho'zinchoq narsalarni - banan, sabzi, baqlajon va boshqalarni qoʻyganingizda ham mushuklarning sakrashiga guvoh boʻlasiz.

P.S. Mushugi borlarga yuboramiz

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
10.7K views15:49
Ochish/sharhlash
2022-05-15 18:38:11
Nimaga baʼzilarda sochlar tez toʻkiladigan boʻlib qoladi?

Mutaxassislarning fikricha, sochlar toʻkilishi birinchi navbatda irsiyat bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Keyingi oʻrinlarda turadigan sabablar esa stress, tugʻriqdan soʻng vitamin yetishmasligi yoki homiladorlikning oqibatlari, gormonal dorilarni qoʻllanishi, vaznning keskin kamayishi yoki ortishi bilan izohlanadi.

Sochlarning holatiga nima isteʼmol qilishingiz ham muhim rol o'ynaydi. Bugungi kunda ko'p odamlar sochlarning sifatiga bevosita ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan zararli oziq-ovqatlarni iste'mol qiladilar. Ha aytgancha, sochingizni asrash uchun bosh teringizga ham jiddiy e'tibor bering. Agar boshingizda kepak, yiring va boshqa необычный narsalar paydo boʻlsa, darhol shifokorga murojaat qiling.

P.S. Yumshoq qilib aytganda sochi yoʻq insonlarga bu postni yuborib, asablariga oʻynamang

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
10.7K views15:38
Ochish/sharhlash