Get Mystery Box with random crypto!

Narxi Qancha? ⚡️

Telegram kanalining logotibi narxiqancha — Narxi Qancha? ⚡️ N
Telegram kanalining logotibi narxiqancha — Narxi Qancha? ⚡️
Kanal manzili: @narxiqancha
Toifalar: Iqtisodiyot , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 31.57K
Kanalning ta’rifi

Eng sara narxlar, iqtisodiy, moliyaviy va statistik ma'lumotlar barchasi kreativ tarzda yoritib boriladi.
Reklama & Hamkorlik 👉 @Mr_Gulomkodirov

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 16

2023-11-28 11:45:43
2023-yil, noyabr oyi holatiga koʻra, Toshkentdagi KV uylar narxi qancha?

— Narxlar haqida 1 m² hamda oʻrtacha 60 m² hisobida ma’lumot berilgan:

1. Rohat – 7 100 000 soʻm
60 m² uchun – 426 000 000 soʻm

2. Eco Dream – 7 100 000 soʻm
60 m² uchun – 426 000 000 soʻm

3. Yangiobod Residence – 7 225 000 soʻm
60 m² uchun – 433 500 000 soʻm

4. Davr Residence – 7 800 000 soʻm
60 m² uchun – 468 000 000 soʻm

5. Binkat – 8 600 000 soʻm
60 m² uchun – 516 000 000 soʻm

6. Modern Sergeli – 8 699 800 soʻm
60 m² uchun – 521 988 000 soʻm

7. Smart Town – 8 976 000 soʻm
60 m² uchun – 538 560 000 soʻm

8. Qadriyat – 12 000 000 soʻm
60 m² uchun – 720 000 000 soʻm

9. Bobur Residence – 15 000 000 soʻm
60 m² uchun – 900 000 000 soʻm

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
14.2K views08:45
Ochish/sharhlash
2023-11-27 14:45:42
Oʻzbek sanatkorlarining Toshkentdagi “birrovlik” xizmat narxlari qancha?

— Yulduz Usmonova poytaxt boʻylab birrovlik 6 dona qoʻshiq aytish xizmati narxi hozirda $2 000 atrofida.

— Ozoda Nursaidova asosan viloyatlar va qoʻshni respublikalar boʻylab xizmatga chiqadi. Toshkent shahrida oʻrtacha xizmati uchun $1 000 dan boshlab haq oladi.

—Ulugʻbek Rahmatullayev gonorari manzilga qarab, toʻydagi buyurtmalarga qarab oʻzgaradi, ammo u odatda $800 xizmat haqi oladi.

— Munisa Rizayeva poytaxt shahar boʻylab birrovlik xizmatda 4 dona qoʻshiq aytadi va kuniga 2-3 marta buyurtma oladi. U odatda $800 ga rozi boʻladi.

— Nilufar Usmonova, Ziyoda, Mavluda Asalxoʻjayeva har bir qoʻshigʻi uchun $100 atrofida haq oladi. Birrovlik xizmati (eng kami) $500 atrofida boʻladi.

P. S: Narxlar oʻzgargan boʻlishi mumkin!

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
15.1K views11:45
Ochish/sharhlash
2023-11-26 11:55:02
Turli davlatlardan Oʻzbekistonga pochta yuborish narxlari qancha?

— Biz quyidagi Oʻzbekiston bilan eng koʻp pochta aloqalariga ega davlatlar haqida ma’lumot beramiz. Ma’lumotlarfa 1kg yuk uchun narxlar belgilangan.

— Xitoy – Oʻzbekiston:
• Avto yetkazish – $6,5 dan $12 gacha
• Havo yoʻli orqali – $9 dan $15 gacha
• Katta hajmlarda – $6,5 dan $9 gacha

— Turkiya – Oʻzbekiston:
• Avto yetkazish – $3,5 dan $7 gacha
• Havo yoʻli orqali – $4,5 dan $8,5 gacha
• Katta hajmlarda – $3 dan $8,5 gacha

— Janubiy Koreya – Oʻzbekiston:
• Avto yetkazish – $8 dan $23 gacha
• Havo yoʻllari orqali – $9 dan $25 gacha
• Katta hajmlarda – $6,5 dan $23 gacha

— AQSH – Oʻzbekiston:
• Avto yetkazish – $12 dan $38 gacha
• Havo yoʻllari orqali – $16 dan $85 gacha
• Katta hajmlarda – $10 dan $78 gacha

— Qirgʻiziston – Oʻzbekiston:
• Avto yetkazish – $0,50 dan $2 gacha
• Havo yoʻllari orqali – $0,80 dan $3,5 gacha
• Katta hajmlarda – $0,35 dan $3 gacha

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
14.1K views08:55
Ochish/sharhlash
2023-11-25 19:31:02
“Killdozer” — Amerikacha nohaqlik va milliy qahramon tarixi.

— 2004-yil AQSH ning Kolorado shtatidagi Marvin Ximeyr, 52 yoshli sobiq harbiy unga boʻlgan nohaqlikka oʻzgacha qarshi kurashadi, ammo u joniga qasd qiladi.

— Uning mashina ta’mirlash ustaxonasini mahaliy sement zavodi egasi $250 000 ga sotib olish taklifini beradi va ular ogʻzaki kelishadi. Ammo oradan vaqt oʻtib zavod rahbari narxini $45 000 ga tushiradi. 1990-yilda Marvin Ximeyr ustaxonani $42 000 ga sotib olgandi.

— Marvin va zavod egasi oʻrtasida ushbu hodisa sabab qattiq kelishmovchiliklar boʻladi. Shundan soʻng, u oʻz yerini auksionga qoʻyadi va u yerini $425 000 ga sotadi.

— U yoʻlni toʻgʻrilash maqsadida Komatso D355 buldozerini sotib oladi. 2004-yil uchun taxminan $79 360, hozirgi narxda $129 306 ga toʻgʻri keladi. Ammo uning fikri oʻzgarib, beton zavodini vayron qilish rejasini tuzadi.

— Marvin unga nohaqlik qilgan 13 ta tashkilot binolarni vayron qiladi va $7 mln zarar yetkazadi.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
13.8K viewsedited  16:31
Ochish/sharhlash
2023-11-25 18:36:00
Mashina tezligini “60 km soatgacha” oshirganlik uchun qaysi davlat qancha jarima soladi?

— Kanada davlatida yuqoridagi qoidani buzilganda sodir boʻlgan vaziyat inobatga olinib, $10 000 gacha jarima solinadi.

— Buyuk Britaniyada ushbu qonunni buzgan haydovchilarga $1 200 dan boshlab jarima solinishi mumkin boʻladi.

— Italiya davlatida tezlik 60 km soatgacha oshirganda $800 – $3 340 atrofida jarima yozilishiga asos boʻladi.

— Finlandiya mamlakatida yuqoridagi qoida buzilishi sodir boʻlganda, jarima haydovchining daromadiga qaraladi. Odatda jarima miqdori $165 dan boshlanadi.

— Yaponiya davlatida tezlik 60 km soatgacha oshirishning jarimasi oʻrtacha $800 boʻladi. Ammo jarima vaziyatga qarab oʻzgarishi mumkin.

Oʻzbekistonda esa bunday holatning birinchi martasi uchun 2 970 000 soʻm yoki $242 boʻlsa, ikkinchisida 8 250 000 soʻm yoki $672 jarimaga asos boʻladi.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
12.6K viewsedited  15:36
Ochish/sharhlash
2023-11-24 19:01:02
Toshkent shahrida ATTO toʻlov kartalari orqali avtobus va metroda harakatlanish narxlari qancha boʻlmoqda?

— Bir vaqtda avtobus va metrodan foydalanush narxlari:
• 1 kunlik – 8 500 soʻm
• 5 kunlik – 36 000 soʻm
• 7 kunlik – 46 000 soʻm
• 10 kunlik – 73 000 soʻm
• 15 kunlik – 110 000 soʻm
• 20 kunlik – 147 000 soʻm
• 1 oylik – 221 000 soʻm
• 3 oylik – 604 000 soʻm
• 6 oylik – 1 123 000 soʻm
• 1 yillik – 2 073 000 soʻm

— Avtobusdan foydalanish boʻyicha narxlar:
• 1 kunlik – 7 000 soʻm
• 5 kunlik – 27 000 soʻm
• 7 kunlik – 34 000 soʻm
• 10 kunlik – 54 000 soʻm
• 15 kunlik – 81 000 soʻm
• 20 kunlik – 108 000 soʻm
• 1 oylik – 160 000 soʻm
• 3 oylik – 436 000 soʻm
• 6 oylik – 811 000 soʻm
• 1 yillik – 1 497 000 soʻm

— Ma’lumot uchun, imtiyozli foydalanuvchi yoʻlovchilar uchun 50 foizli chegirma bor.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
12.6K views16:01
Ochish/sharhlash
2023-11-24 12:35:41
Oʻzbekiston boʻylab oylik maoshlar qancha?

— 2023-yil, yanvar oyi hisobidan kelib chiqgan holda hozirgi davrga nisbatan 8,5 foizlik inflatsiya boʻyicha hisoblangan oylik maoshlar:
• Toshkent shahri – 6 852 000 soʻm
• Navoiy – 5 561 000 soʻm
• Toshkent viloyati – 4 282 000 soʻm
• Andijon – 3 370 000 soʻm
• Buxoro – 3 591 000 soʻm
• Sirdaryo – 3 604 000 soʻm
• Qoraqalpogʻiston R. – 3 522 000 soʻm
• Xorazm – 3 453 000 soʻm
• Qashqadaryo – 3 204 000 soʻm
• Jizzax – 3 198 000 soʻm
• Surxondaryo – 3 197 000 soʻm
• Samarqand – 3 194 000 soʻm
• Fargʻona – 3 147 000 soʻm

— Shuningdek, oyliklar 2018-2023 – yillarda qancha boʻlganligi haqida maʼlumot:
• 2018-yili – 1 823 000 soʻm
• 2019-yili – 2 325 000 soʻm
• 2020-yili – 2 674 000 soʻm
• 2021-yili – 3 215 000 soʻm
• 2022-yili – 3 893 000 soʻm
• 2023-yili – 4 224 000 soʻm

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
12.6K views09:35
Ochish/sharhlash
2023-11-23 13:25:43
Tom Stuker — 33 yildan buyon parvozlardagi eng faol yoʻlovchi.

— Siz rasmda koʻrib turgan inson 33 yildan berib “United Airlines” ning mijozi hisoblanadi va u shu vaqtga qadar 37 mln km masofaga teng parvoz qilgan.

— Tom 1990-yilda United Airlines kompaniyasining «Umrbod parvoz» chiptasini $290 000 ga sotib olgan edi. Ushbu summani 2023-yilgacha boʻlgan inflatsiya bilan hisoblasak, bu summa miqdori $683 000 ga teng boʻladi.

— Tom Stuker hisob-kitoblariga koʻra, agar u parvozlari uchun chipta sotib olganda edi, har bir yili uchun oʻrtacha $2 440 000 sarflagan boʻlar edi.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
13.2K views10:25
Ochish/sharhlash
2023-11-22 12:31:02
Toshkentda uy-joy uchun ijara narxlari qanchalik pasaydi?

— Poytaxtda ijara narxlari o‘rtacha ta’mirlagan xonadonlar uchun 6-14 foizgacha, to‘liq ta’mirlangan uylar uchun esa 6-16 foizgacha arzonlashgan.

– Oʻrtacha ta’mirlangan uy-joy ijara narxlari quyidagicha pasaygan:
• Bir xonali uy: $370 dan $348 ga
• Ikki xonali uy: $474 dan $437 ga
• Uch xonali uy: $611 dan $526 ga
• Toʻrt xonali uy: $729 dan $633 ga

– Toʻliq ta’mirlangan uy-joy ijara narxlari quyidagicha pasaygan:
• Bir xonali uy: $557 dan $508 ga
• Ikki xonali uy: $695 dan $651 ga
• Uch xonali uy: $867 dan $790 ga
• Toʻrt xonali uy: $1 102 dan $930 ga

P. S: Narxlar mahalliy savdolar, online bozor, dollar kursi holatiga qarab deyarli har kuni oʻzgarib turadi.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
13.3K views09:31
Ochish/sharhlash
2023-11-22 06:35:13
Avto raqamlar mavzusi — Eng qimmat raqam narxi qancha?

— Eng qimmat narxga sotilgan avto raqam bu – 10 * 777 RRR boʻlib, u auksionda 297 000 000 soʻm boshlangʻich narx bilan boshlangan va auksion soʻngida 893 000 000 soʻm yoki oʻz vaqtida $75 000 ga sotib olingan. Bu pulga Tesla Model Y yoki Toshkent markazidan 3 xonali kvartira olsa boʻlar edi.

— Oltin avto raqamlar savdosi ilk marotaba 2017-yil, 14-sentabr kuni oʻtkazilgan va 25 E 070 EA avtoraqami 7 563 637,5 soʻmga yoxud oʻsha paytda $934 ga sotib olingan.

— Yuqoridagi kabi raqamlar savdosi 2019-yilda 156,1 mlrd soʻmni, 2020-yili esa 262,6 mlrd soʻmni, 2021-yilda 298,8 mlrd soʻm, 2022-yilda 304,1 mlrd soʻmga teng boʻlganligi hisoblangan.

— Tahlillardan ko‘rinib turibdiki, qimmat bo‘lishiga qaramasdan chiroyli avtoraqam ishqibozlari yil sayin ortib bormoqda. Bu «o‘sish surati» ortidan yaqin vaqtlarda bitta avtoraqam uchun mlrd so‘mlik pog‘ona «zabt etilsa» ajab emas.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
13.1K views03:35
Ochish/sharhlash