Get Mystery Box with random crypto!

Namangan davlat universiteti 🇺🇿

Telegram kanalining logotibi namdu309 — Namangan davlat universiteti 🇺🇿 N
Telegram kanalining logotibi namdu309 — Namangan davlat universiteti 🇺🇿
Kanal manzili: @namdu309
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 13.76K
Kanalning ta’rifi

Veb-sayt: www.namdu.uz
Facebook: www.fb.com/namdu309uz
Instagram: www.instagram.com/namdu309uz
Youtube: www.youtube.com/namdu309uz
Email: info@namdu.uz
Murojaatlar uchun: t.me/Namdu309bot
© Namangan davlat universiteti matbuot xizmati

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 95

2022-09-04 16:10:06
Namangan davlat universiteti Media soha rivoji uchun "Ochiq budjet" platformasida ovoz bering.

Ovoz berish quyidagi ssilka orqali amalga oshiriladi
https://openbudget.uz/boards/6/177084

Universitetimizning barcha professor-o'qituvchilari va talaba yoshlarini ovoz berish jarayonida faollikka chorlab qolamiz!

Sizning birgina ovozingiz universitet media soha rivoji uchun katta ahamiyatga ega. Faol bo‘ling, o‘zgarishlar uchun ovoz bering!

“Ochiq budjet” portali orqali tez va qulay ovoz berish bo‘yicha video qo‘llanmani e’tiboringizga havola etmoqdamiz.

http://t.me/NAMDU309
7.0K views13:10
Ochish/sharhlash
2022-09-04 16:02:35
Namangan davlat pedagogika instituti ta'lim yo'nalishlari uchun qabul natijalari

Barcha ta'lim shakllari bo'yicha ta'lim yo'nalishlari kesimida natijalarni quyidagi havola orqali bilib olishingiz mumkin.

https://namspi.uz/post/9

Izoh: Superkontrakt asosida o'qish istagi bo'lgan abituriyentlar ta'lim yo'nalishlari kesimida o'tish ballarini ham bilib olishlari mumkin.

https://t.me/namspi
6.9K views13:02
Ochish/sharhlash
2022-09-04 15:44:40
Talaba yoshlarni birlashtiradigan loyiha!

Talabalarning ta’lim muassasasi hayotiga tezroq moslashishiga ko‘mak berish, yoshlarni tashkil etilgan loyiha va tanlovlar, yaratilgan imtiyozlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Orientation week” loyihasi tashkil etiladi.

Loyiha 5-9-sentabr kunlari barcha oliy ta'lim muassasalarida bo'lib o'tadi.

Loyiha doirasida 10 dan ortiq ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o'tkaziladi.

Mazkur loyiha yoshlar, shuningdek, jamoatchilik orasida ta’lim muassasasi brendini yaratish, yoshlarning o‘z ta’lim muassasasiga mehr qo‘yishi hamda o‘quvchilarni ijtimoiy faol bo‘lishiga xizmat qiladi.

Aziz talabalar siz ham “Orientation week” loyihasida faol ishtirok eting!
7.2K views12:44
Ochish/sharhlash
2022-09-04 14:44:10
Ertaga 5-sentabrdan boshlab barcha bosqich talabalari (bakalavr, magistr, superkontrakt) to‘lov-shartnomani onlayn yuklab, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Buning uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining kontrakt.edu.uz platformasidan foydalangan holda shartnomani yuklab olish talab etiladi.

http://t.me/NAMDU309
8.0K viewsedited  11:44
Ochish/sharhlash
2022-09-04 13:21:58 Ayni vaqtda @Shukurjonuz kanalida ovozli chat boshlandi

Talabalar va abituriyentlar ovozli chatda ishtirok etib, o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

https://t.me/Shukurjonuz?livestream=6f10276cc376782998
871 viewsedited  10:21
Ochish/sharhlash
2022-09-04 09:05:25
Namangan davlat universiteti Talabalar turar joyidan joy olish uchun dovon orti viloyatlaridan faqat 1-bosqich kunduzgi ta'lim shakli talabalari quyidagi fakultetlar kesimida dekan o’rinbosarlari bilan bog’lanishlari so'raladi.

Fizika 941745546
Matematika 999773373
Tabiiy fanlar 973750240
Yuridik 911777735
Pedagogika 946631302
Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim 940080083
Jahon tillari 935164775
Ijtimoiy fanlar 939455577
Iqtisodiyot 905554231
Filologiya 939261929
San'atshunoslik 973709100
Musiqa ta'limi va madaniyat 992363709
Biotexnologiya 911800705
Ingliz filologiyasi 945085585
Jismoniy madaniyat 934968346
Tibbiyot 977649776

http://t.me/NAMDU309
6.0K viewsedited  06:05
Ochish/sharhlash
2022-09-04 06:44:34
HURMATLI TALABALAR!!!

Namangan davlat universitetida joriy o‘quv yilida boshqa viloyatda istiqomat qiluvchi talabalar sonining keskin oshishi, Talabalar turar joylarining ayrimlarini Namangan davlat pedagogika instituti balansiga o‘tkazilishi, Jismoniy madaniyat fakultetini Chust shahridan Namangan shahriga ko‘chirilishi munosabati bilan Talabalar turar joyiga talabalarni joylashtirishda alohida mezonlarga amal qilinishini bildiramiz.

Talabalarni turar joyga joylashtirishda talabalarning dovon orti viloyatlarda yashashi, kunduzgi taʼlim shaklida o‘qishi hamda 1-kurs ekanligi ustuvorlik beradi.

Boshqa hollarda talabalar turar joy masalasida (ijara xonadon topish va joylashtirish) tegishli fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari va tyutorlarga murojaat qilishlari mumkin. Ijara huquqi asosida yashovchi talabalarning ijara pullarini bir qismi Davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi.

http://t.me/NAMDU309
7.5K viewsedited  03:44
Ochish/sharhlash
2022-09-03 11:13:56 ​​#Talabaga_yengillik

Banklarda ta’lim krediti uchun alohida mas’ullar belgilandi

Ma’lumki, hukumat qarorlari bilan oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi belgilangan.

Ushbu jarayonlarda kredit oluvchilarga qulaylik yaratish va amaliy ko‘mak berish maqsadida ta’lim kreditlari taklif etayotgan tijorat banklarida alohida mas’ullar belgilandi.

Ta’lim krediti ajratuvchi banklar:

Agrobank;
Aloqabank;
Asakabank;
Hamkorbank;
Ipotekabank;
Mikrokreditbank;
Milliybank;
OrientFinancebank;
Qishloqqurulishbank;
Sanoatqurilishbank;
Turonbank;
Xalqbanki.

Bank nomlariga biriktirilgan ilovalarni yuklab olib, barcha ta’lim kreditlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
4.7K views08:13
Ochish/sharhlash
2022-09-02 15:45:41 Супер-контракт миқдорлари 10 фоизга камайтирилди

Барча давлат ОТМларида табақалаштирилган (супер) тўлов-контракт миқдорлари 10 фоизга арзонлаштирилди.

Иловадаги жадвал орқали йўналишлар кесимидаги табақалаштирилган (супер) тўлов-контракт миқдорлари билан танишишингиз мумкин.

http://t.me/NAMDU309
7.0K viewsedited  12:45
Ochish/sharhlash
2022-09-02 15:09:43
АБИТУРИЕНТЛАР ВА УЛАРНИНГ ОТА-ОНАЛАРИ УЧУН ЯНА БИР ЕНГИЛЛИК

Барча давлат олий таълим муассасаларида табақалаштирилган (супер) тўлов-контракт миқдорлари 10 фоизга камайтирилди

Хабарингиз бор, давлатимиз раҳбари томонидан талаба-ёшларнинг олий таълим олиши учун яратиб берилаётган қулай имконият сабаб янги ўқув йилида барча олий таълим муассасаларида тўлов-контракт миқдорлари оширилмади.

Давлат олий таълим муассасаларига ўқишга қабул қилиш жараёнларини мувофиқлаштириш бўйича давлат комиссияси қарорига мувофиқ 2022/2023 ўқув йили учун барча давлат олий таълим муассасалари бакалавриат таълим йўналишлари бўйича базавий тўлов-контракт қийматидан келиб чиқиб, фақат табақалаштирилган (супер) тўлов-контракт миқдорлари 10 фоизга камайтириб белгиланди.

Қуйидаги жадвал орқали йўналишлар кесимидаги табақалаштирилган (супер) тўлов-контракт миқдорлари билан танишишингиз мумкин.

Юклаб олиш

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
5.5K views12:09
Ochish/sharhlash