Get Mystery Box with random crypto!

Namangan davlat universiteti 🇺🇿

Telegram kanalining logotibi namdu309 — Namangan davlat universiteti 🇺🇿 N
Telegram kanalining logotibi namdu309 — Namangan davlat universiteti 🇺🇿
Kanal manzili: @namdu309
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 13.76K
Kanalning ta’rifi

Veb-sayt: www.namdu.uz
Facebook: www.fb.com/namdu309uz
Instagram: www.instagram.com/namdu309uz
Youtube: www.youtube.com/namdu309uz
Email: info@namdu.uz
Murojaatlar uchun: t.me/Namdu309bot
© Namangan davlat universiteti matbuot xizmati

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 92

2022-09-08 13:29:00 ЎЗБЕКИСТОН МИЛЛИЙ АХБОРОТ АГЕНТЛИГИНИНГ РАСМИЙ САЙТИДА ТАНИШИНГ!

Наманган давлат университети “Пресс клуб”и томонидан Усмон Носир ҳаёти ва ижодига бағишланган “Чақмоқдек умрдаги улкан ёлқин” мавзусидаги давра суҳбатида айни шу хусусда сўз юритилди.

Батафсил ўқиш
https://uza.uz/uz/posts/chaqmoqdek-chaqnagan-shoir_405689
3.5K views10:29
Ochish/sharhlash
2022-09-08 07:15:05
#Live

Айни вақтда Наманган давлат университети «Пресс клуб»и томонидан Усмон Носир ҳаёти ва ижодига бағишланган «Чақмоқдек умрдаги улкан ёлқин» деб номланган давра суҳбати бўлиб ўтмоқда. Давра суҳбатида вилоятимизнинг таниқли ижодкорлари,  адабиётшунос олимлар, шоирлар ва ОАВ ходимлари иштирок этмоқда.

Наманган давлат университети
«Пресс клуб


Каналга обуна бўлинг
https://t.me/namdupressklub
6.0K views04:15
Ochish/sharhlash
2022-09-07 17:36:46
TALABALAR UCHUN AJOYIB XUSHXABAR

Namangan davlat universiteti talabalar turar joyida ijara narxi 50 ming so'm etib belgilandi. Ma'lumot o'rnida 2021/2022-o'quv yilida ham ijara puli 50 ming so'm edi. Bu narx esa bu yilgi o'quv yili uchun ham o'zgarishsiz qoldi.

Hozirda universitetning 1294 o'ringa ega 3 ta talabalar turar joyida uzoq viloyatlardan keladigan talabalar joylashtirilmoqda.

Raqamlarga e'tibor qaratadigan bo'lsak, 7-sentabr holatiga ko'ra, 685 nafar talaba talabalar turar joyiga, 1096 nafar talaba esa ijara xonadonlariga joylandi.

NamDU matbuot xizmati

http://t.me/NAMDU309
4.9K viewsedited  14:36
Ochish/sharhlash
2022-09-07 17:31:24
Namangan davlat universitetida faoliyat yuritayotgan rahbar kadrlar va professor-o‘qituvchilar uchun "NamDU ilmiy axborotnomasi" ning barcha yo‘nalishlar bo‘yicha maxsus soni uchun maqolalar  qabul qilish boshlandi. (Chop etish mutlaqo bepul)

Universitetning bakalavriat va magistratura talabalari uchun NamDU axborotnomasi negizida "Iqtidorli talabalar va magistrantlarning ilmiy-tadqiqotlari to‘plami"ni nashr etish uchun maqolalar  qabul qilish boshlandi. Chop etish mutlaqo bepul. Barcha maqolalar taqrizdan o‘tkaziladi va jurnal talabiga mosligi tekshiriladi.

Muddat: 24.09.2022 gacha. Maqolalarni @Yusupov_0127 ga yuborishingiz mumkin.

http://t.me/NAMDU309
4.4K viewsedited  14:31
Ochish/sharhlash
2022-09-07 12:25:46
Талабаларни турар жой билан қамраб олиш - шу куннинг муҳим вазифаси

Наманган давлат университети
«Пресс клуб


Каналга обуна бўлинг
https://t.me/namdupressklub
6.1K views09:25
Ochish/sharhlash
2022-09-07 11:09:19 #Talaba_xotin_qizlarga_imkoniyat

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 585-son qarori asosan Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning (talabgorlar)ga viloyat hokimliklari tomonidan 150 nafarigacha shartnoma pulini qoplab berish belgilangan.

Shunga asosan joriy yilda bazaviy kontrakt asosida oliy ta'lim muassasasining bakalavriat ta'lim yo'nalishiga qabul qilingan hamda 2 va undan yuqori bosqichlarda tahsil olayotgan talaba xotin-qizlarlar ushbu imkoniyatdan foydalanishlari mumkin.

Talabgorlarni tanlab olish quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi
:
a) kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar. Bunda kam ta’minlangan oila deganda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali belgilangan tartibda kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oila tushuniladi;
b) ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, ya’ni yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlar;
v) ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, ya’ni boquvchisini yo‘qotgan (turmush o‘rtog‘i vafot etgan), voyaga yetmagan farzandlarni yolg‘iz tarbiyalayotgan ehtiyojmand ayollar.

Talab etiladigan hujjatlar:
shaxsini tasdiqlovchi passport,
ota-onasi yoki ularning biri vafot etganligi to‘g‘risida o‘lim guvohnomasi nusxasi,
turmush o‘rtog‘i vafot etganligi to‘g‘risida o‘lim guvohnomasi nusxasi va voyaga yetmagan farzandining tugilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi,
mahalladan dalolatnoma

Hujjatlar 2022-yil 10-sentabr kuniga qadar tahsil olayotgan fakultetlaridagi Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosarlariga murojaat qilishlari mumkin.

@OTM_tanlovlar
7.2K viewsedited  08:09
Ochish/sharhlash
2022-09-07 09:26:09 OTMga o'qishga kirgan talabalardan talab qilinadigan hujjatlar ro'yxati

1.Maʼlumoti to‘g‘risidagi hujjatning asli (diplom yoki attestat, ilovasi bilan).
2. 8 dona 3x4 rasm.
3. 2 dona pasport yoki ID kartasi nusxasi. 
4. Agar talaba imtiyozli tartibda qabul qilingan bo‘lsa imtiyozini tasdiqlovchi hujjatining asl nusxasi (tavsiyanoma, sertifikat, diplom).
5. Nogironligi bo‘lgan talabalarning nogironlik guvohnomasidan 2 dona nusxa. 

@NAMDU309
7.3K viewsedited  06:26
Ochish/sharhlash
2022-09-07 09:05:57
SUPER-KONTRAKT bo‘yicha ayrim tartiblar tasdiqlandi

Davlat qabul komissiyasi qarori bilan super-kontrakt bo‘yicha qo‘shimcha tartiblar belgilandi.

Eng katta yangilik, bu abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa, unda o‘z xohishi bilan BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi.

Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Yaʼni beshinchi yo‘nalishga o‘qishga kirgan abituriyent ikkinchi yoki to‘rtinchi yo‘nalishni tanlab super-kontrakt qila olmaydi, faqat BIRINCHI yo‘nalishga qilishi mumkin.

Shuningdek, tanlagan beshala yo‘nalishiga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yo‘nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi.

Izoh: abituriyentlar kontrakt.edu.uz saytiga kirib, bemalol ariza qoldirishlari mumkin.

http://t.me/NAMDU309
1.1K viewsedited  06:05
Ochish/sharhlash
2022-09-07 08:58:24 Hurmatli obunachilar! Ochiq budjet portalida yaqindan yordam berayotgan abituriyent va talabalarga kattakon rahmat aytaman va qolganlarni ham faollikka chorlab qolaman!

Hozirgi vaqtgacha ovozlar soni 400 dan oshdi. Agarda 3000 ovoz yig'sak biz o'ylagan natijaga erishamiz. Maqsadimiz ta'limga oid yangiliklarni faqatgina matnli tarzda emas balki videolavhalar orqali namoyish etishni o'z oldimizga maqsad qilib qo'yganmiz.

Shuningdek, yoshlar orasida iqtidori mavjud bo'lgan talabalar ham juda ko'plab uchrab turadi. Ularni OAVda olib chiqish, iqtidorini namoyon etish bu bizning ya'ni axborot xizmati rahbarlarining vazifamiz. Shunday ekan 5 kun muddat ichida g'olib tashabbuslar qatorida turish uchun ovoz bering.

OVOZ BERISH https://openbudget.uz/boards/6/177084

Qo'shimcha ma'lumot: sirtqi ta'lim shakliga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar ta'lim yo'nalishlari bo'yicha fakultet dekanatlariga hujjatlarini topshirishlari mumkin. O'quv jarayoni qachon boshlanishi haqida qo'shimcha ma'lumot beriladi!

@Shukurjonuz
1.5K views05:58
Ochish/sharhlash
2022-09-07 06:30:00
Namangan davlat universiteti Rossiya federatsiyasining nufuzli oliy ta'lim muassasalari bilan qo'shma ta'lim dasturi bo'yicha o'qishga taklif etadi

URAL tibbiyot universiteti bilan quyidagi yo'nalishlarda:
Davolash ishi - 25 o'rin (2+4) yil (bakalavr)
Pediatriya - 25 o'rin (2+4) yil (bakalavr)
Stomatologiya - 15 o'rin (2+3) yil (bakalavr)
Farmatsiya - 15 o'rin (2+3) yil (bakalavr)

Qo'shimcha ma'lumotlar:
+998975918890 +998939484891

Moskva davlat oziq-ovqat universiteti bilan quyidagi yo'nalishlarda:
Oziq-ovqat texnologiyasi (sut va sut mahsulotlari texnologiyasi) - 25 o'rin (2+2) yil (bakalavr)
Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari bo`yicha) - 10 o'rin (0,6+1,4) yil (magistratura)

Hujjatlar 7-sentabrdan 20-sentabrgacha qabul qilinadi:

Qo'shimcha ma'lumotlar:
+998942705453 +998990200603

http://t.me/NAMDU309
5.2K views03:30
Ochish/sharhlash