Get Mystery Box with random crypto!

HURMATLI TALABALAR!!! Namangan davlat universitetida joriy o | Namangan davlat universiteti 🇺🇿

HURMATLI TALABALAR!!!

Namangan davlat universitetida joriy o‘quv yilida boshqa viloyatda istiqomat qiluvchi talabalar sonining keskin oshishi, Talabalar turar joylarining ayrimlarini Namangan davlat pedagogika instituti balansiga o‘tkazilishi, Jismoniy madaniyat fakultetini Chust shahridan Namangan shahriga ko‘chirilishi munosabati bilan Talabalar turar joyiga talabalarni joylashtirishda alohida mezonlarga amal qilinishini bildiramiz.

Talabalarni turar joyga joylashtirishda talabalarning dovon orti viloyatlarda yashashi, kunduzgi taʼlim shaklida o‘qishi hamda 1-kurs ekanligi ustuvorlik beradi.

Boshqa hollarda talabalar turar joy masalasida (ijara xonadon topish va joylashtirish) tegishli fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari va tyutorlarga murojaat qilishlari mumkin. Ijara huquqi asosida yashovchi talabalarning ijara pullarini bir qismi Davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi.

http://t.me/NAMDU309