Get Mystery Box with random crypto!

#Talaba_xotin_qizlarga_imkoniyat Oʻzbekiston Respublikasi Vaz | Namangan davlat universiteti 🇺🇿

#Talaba_xotin_qizlarga_imkoniyat

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 585-son qarori asosan Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning (talabgorlar)ga viloyat hokimliklari tomonidan 150 nafarigacha shartnoma pulini qoplab berish belgilangan.

Shunga asosan joriy yilda bazaviy kontrakt asosida oliy ta'lim muassasasining bakalavriat ta'lim yo'nalishiga qabul qilingan hamda 2 va undan yuqori bosqichlarda tahsil olayotgan talaba xotin-qizlarlar ushbu imkoniyatdan foydalanishlari mumkin.

Talabgorlarni tanlab olish quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi
:
a) kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar. Bunda kam ta’minlangan oila deganda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali belgilangan tartibda kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oila tushuniladi;
b) ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, ya’ni yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlar;
v) ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, ya’ni boquvchisini yo‘qotgan (turmush o‘rtog‘i vafot etgan), voyaga yetmagan farzandlarni yolg‘iz tarbiyalayotgan ehtiyojmand ayollar.

Talab etiladigan hujjatlar:
shaxsini tasdiqlovchi passport,
ota-onasi yoki ularning biri vafot etganligi to‘g‘risida o‘lim guvohnomasi nusxasi,
turmush o‘rtog‘i vafot etganligi to‘g‘risida o‘lim guvohnomasi nusxasi va voyaga yetmagan farzandining tugilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi,
mahalladan dalolatnoma

Hujjatlar 2022-yil 10-sentabr kuniga qadar tahsil olayotgan fakultetlaridagi Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosarlariga murojaat qilishlari mumkin.

@OTM_tanlovlar