Get Mystery Box with random crypto!

Namangan davlat universiteti 🇺🇿

Telegram kanalining logotibi namdu309 — Namangan davlat universiteti 🇺🇿 N
Telegram kanalining logotibi namdu309 — Namangan davlat universiteti 🇺🇿
Kanal manzili: @namdu309
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 13.76K
Kanalning ta’rifi

Veb-sayt: www.namdu.uz
Facebook: www.fb.com/namdu309uz
Instagram: www.instagram.com/namdu309uz
Youtube: www.youtube.com/namdu309uz
Email: info@namdu.uz
Murojaatlar uchun: t.me/Namdu309bot
© Namangan davlat universiteti matbuot xizmati

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 86

2022-10-04 15:34:45
Talabalarga ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish tartibi qanday

Ushbu videolavha orqali hukumat qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida Davlat oliy ta’lim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara toʻlovining bir qismini Davlat budjeti hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram |YouTube | Veb-sayt
3.0K viewsedited  12:34
Ochish/sharhlash
2022-10-04 15:11:38
Oliy taʼlim tashkilotlarida masofaviy taʼlimni joriy etish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (559-son, 03.10.2022 y.) bilan “Oliy taʼlim tashkilotlarida masofaviy taʼlim shaklini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Batafsil https://t.me/uztdi/5525

Telegram | Facebook | Instagram |YouTube | Veb-sayt
3.1K viewsedited  12:11
Ochish/sharhlash
2022-10-04 15:06:52 "Jadidlar" to'plamining (8 nafar adibga bag'ishlangan) pdf shaklidagi elektron varianti.

Hurmatli talabalar Jadidlar to'plamini o'qing va viloyat Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o'tkaziladigan tanlovda ishtirok etib, qimmatbaho sovg'alarga ega bo'ling!

Avvalroq tanlov haqida ma'lumot berib o'tgan edik.

http://t.me/NAMDU309
3.3K viewsedited  12:06
Ochish/sharhlash
2022-10-04 13:40:29
"Eng bilimdon kitobxon" talaba ko'rik-tanlovining 1-bosqich test sinovi g'oliblari aniqlandi

Quyidagi talabalar 2-bosqichda universitetning "Eng bilimdon kitobxon" talabasi bo‘lish uchun bellashadilar:

1. Najimova Madina Ulug'bek qizi - Jahon tillari
2. Mamatvaliyeva Muattar Ubaydullo qizi - Tarix
3. Dexqonova Shoira Rasuljon qizi - Filologiya
4. Saddaraliyeva O'g'iloy Axmadali qizi - Tabiiy fanlar
5. Ahmadjanova Muslimaxon Anvarjon qizi - Filologiya
6. Abduqaxxorov Nodirobek Baxodir o'g'li - Filologiya
7. G‘ofurjonova Shirinoy Ixtiyor qizi - Filologiya
8. Yo'ldoshaliyeva Marjona Shavkatjon qizi - Filologiya
9. Boqijonova Durdona Ikromjon qizi - Filologiya
10. Jamoliddinova Mumtozbegim Umidjon qizi - Filologiya
11. Abduhamidova Gulzoda Bekmirza qizi - Filologiya


To'liq natija bilan tanishish uchun

http://t.me/NAMDU309
3.7K views10:40
Ochish/sharhlash
2022-10-03 16:01:44
Namangan davlat universitetida "Keksalar haftaligi" boshlandi

Maʼlumki, keksalarni qadrlash va eʼzozlash azaldan muqaddas qadriyatlarimizdan hisoblanadi. Shuning uchun universitetda "Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish - xalqimizga xos ezgu fazilat" g‘oyasi ostida "Keksalar haftaligi" tadbirlari boshlandi.

Bugun universitet rahbariyati tomonidan "Ko‘zga surtgim ustoz bosgan tuproqlarni" mavzusida nafaqadagi ustozlar holidan xabar olindi. Jumladan, universitet Faxriylar kengashi raisi T.Fayzullayev, prorektor N.Dexkanov, kasaba uyushmasi raisi Sh.Begmatovlar faxriylardan M.Mamatov, A.Abdurahmonov, N.Yusupov, D.Nugmanov, A.Niyazovalar xonadoniga tashrif buyurib, universitet jamoasining samimiy tilaklarini bildirishdi hamda esdalik sovg‘alarini taqdim etishdi.

Shu bilan birga faxriy ustozlarni universitetga taklif etishdi. Ustozlar bunday eʼtibordan mamnun bo‘lishib, universitet rahbariyatiga minnatdorchilik bildirishdi va duolar qilishdi.

NamDU matbuot xizmati

http://t.me/NAMDU309
4.4K views13:01
Ochish/sharhlash
2022-10-03 11:32:09
НамДУ талабаси Фарруҳбекнинг навбатдаги ғалабаси

Куни кеча Чирчиқ шаҳрида каратэ бўйича ўсмирлар ўртасида мамлакат кубоги баҳслари бўлиб ўтди. Мазкур мусобақада Наманган давлат университети талабаси Фарруҳбек Қодиров ҳам иштирок этди.

Икки кун давом этган муросасиз жангларда Фарруҳбек рақиблари устидан устунликка эриша олди ва  фахрли 2-ўринни қўлга киритди. Эндиликда у Туркияда бўлиб ўтадиган халқаро мусобақада иштирок этади.

Фарруҳбек Қодиров жорий йилнинг 1-3 июль кунлари Қирғизистоннинг Иссиқкўл шаҳрида ўтказилган Осиё чемпионатида олтин медални қўлга киритган эди.

Талабамизни навбатдаги ғалаба билан табриклаймиз ва Туркияда бўлиб ўтадиган нуфузли мусобақада омад тилаб қоламиз!

Наманган давлат университети
«Пресс клуб»


Каналга обуна бўлинг
https://t.me/namdupressklub
3.1K views08:32
Ochish/sharhlash
2022-10-03 10:36:13
BERUNIY ASARLARIDAGI TARBIYA XUSUSIDA

Bugun Tabiiy fanlar fakulteti tashabbusi bilan Abu Rayhon Beruniyning 1050 yilligini keng nishonlash hamda uning ilm-ma'rifat sohasiga qo'shgan hissasi yuzasidan davra suhbati o'tkazildi.

Unda fakultet dekan o'rinbosari A.Sobirxonov, shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi Oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik qilish bo'limi mutaxassisi A.Akbarovlar ishtirok etib o'z fikr mulohazalarini bildirdilar.

Davra suhbati davomida talabalar ham buyuk alloma Abu Rayhon Beruniy haqida fikr bildirib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

http://t.me/NAMDU309
3.9K views07:36
Ochish/sharhlash
2022-10-02 10:06:10
TABIIY FANLAR FAKULTETIDA «1-OKTYABR USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI» BAYRAMI KENG NISHONLANDI

Xabaringiz bor unversitetimizning barcha fakultetlarida bo‘lgani kabi Tabiiy fanlar fakultetida ham «Ustoz va murabbiylar kuni» bayrami keng nishonlandi.

Talabalar tomonidan fakultetda uzoq yillardan beri faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar va murabbiylarga ehtirom ko‘rsatildi. Hamda ustozlar uchun maxsus sharaf yo‘lagi tashkil etildi.

Kunning ikkinchi yarmida o‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tabiiy fanlar fakulteti talabalari tomonidan badiiy kecha tashkil etildi. Kechada talabalar tomonidan she'r, raqs va kuy-qo'shiqlar kuylanib bayramga o'zgacha ruh, ko'tarinki kayfiyat bag'ishlandi.

Tabirda Fakultet dekani A.Baratov so‘zga chiqib, tadbir tashkilotchilariga o‘z minnatdorligini bildirdi hamda o‘qituvchidek sharafli kasbga erishish yo‘lida talabalarga o‘z maslahatlarini berdi.

Mavzuga oid

Tabiiy fanlar fakulteti yangiliklarini biz bilan birga kuzatib boring:
t.me/Namdu_tabiiy_fanlar
3.3K views07:06
Ochish/sharhlash
2022-10-01 13:27:45 “Эл-юрт умиди” жамғармасининг 2022 йилги 3-стипендия танловида иштирок этаётган номзодлар диққатига!!!

“Эл-юрт умиди” жамғармасининг 3-стипендия танлови саралаш босқичидан муваффақиятли ўтиб 2-босқичга тавсия этилган номзодлар ўтказиладиган тест синовларининг дастури билан ушбу ҳавола орқали батафсил маълумот олишлари мумкин.

https://t.me/elyurtumidifoundation
5.0K views10:27
Ochish/sharhlash
2022-10-01 13:26:15
Endi diplom ma’lumotlarini elektron shaklda olish mumkin

Oliy ta’lim muassasasini tugatganlik to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlarini elektron shaklda olish uchun diplom.edu.uz axborot tizimi ishlab chiqildi.

Tizim quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:

bitiruvchilarning diplom ma’lumotlari kiritiladi va tasdiqlanadi;

diplom ma’lumotlari mavjud bo‘lmaganda bitiruvchilar Yagona identifikatsiya tizimi – OneID orqali ro‘yxatdan o‘tib, ma’lumotlarni kiritadi. Oliygoh esa diplom ma’lumotlari to‘g‘riligini tasdiqlaydi.

Platforma boshqa davlat idoralari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan. Bunda ma’lumotlar avtomatik tarzda shakllanadi va diplom ma’lumotlarini kiritish talab etilmaydi.

http://t.me/NAMDU309
5.0K viewsedited  10:26
Ochish/sharhlash