Get Mystery Box with random crypto!

Namangan davlat universiteti 🇺🇿

Telegram kanalining logotibi namdu309 — Namangan davlat universiteti 🇺🇿 N
Telegram kanalining logotibi namdu309 — Namangan davlat universiteti 🇺🇿
Kanal manzili: @namdu309
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 13.06K
Kanalning ta’rifi

Veb-sayt: www.namdu.uz
Facebook: www.fb.com/namdu309uz
Instagram: www.instagram.com/namdu309uz
Youtube: www.youtube.com/namdu309uz
Email: info@namdu.uz
Murojaatlar uchun: t.me/Namdu309bot
© Namangan davlat universiteti matbuot xizmati

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 83

2022-10-12 21:18:17
Tyutorlar o'quv-seminari doirasida talabalar turar joyida osh tarqatildi

NamDU va NamDPI bilan hamkorlikda 80 kg osh tayyorlanib, talabalarga tarqatildi.

Turar joyda talabalar uchun kechki dasturda konsert oqshomi tashkil qilinib, universitetimizning iqtidorli talabalari tomonidan kuy-qo'shiqlar kuylandi. Konsert dasturi videolavhasini ertaga e'tiboringizga havola etamiz.

Universitetning rasmiy sahifalari
Veb-sayt |Telegram | Facebook | Instagram |YouTube
1.8K views18:18
Ochish/sharhlash
2022-10-12 20:42:56
Farg'ona vodiysi oliy ta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan tyutorlar talabalar turar joyida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Xususan talabalar turar joyida oshxona, ma'naviyat xonasi, kutubxona va maishiy xizmat ko'rsatish xonalarini ko'zdan kechirib, turar joyda istiqomat qilayotgan talabalar bilan suhbat qurdilar.

Talabalar turar joyi to'liq kamera nazoratida ekanligi, barcha shart-sharoitlar talabalar uchun yaratib berilganligi va oylik ijara haqqining arzonligi tyutorlarda katta taassurot qoldirdi.

Universitetning rasmiy sahifalari
Veb-sayt |Telegram | Facebook | Instagram |YouTube
2.1K views17:42
Ochish/sharhlash
2022-10-12 17:34:43
#photos

Farg'ona vodiysidagi 20 ta davlat oliy ta'lim muassasasida faoliyat olib borayotgan barcha tyutorlarga Namangan davlat universitetining esdalik sovg'alari tarqatildi.

Barcha fotosuratlar @Tyutorlarseminari guruhida

Universitetning rasmiy sahifalari
Veb-sayt |Telegram | Facebook | Instagram |YouTube
3.9K views14:34
Ochish/sharhlash
2022-10-11 19:23:51
#Talabaga_yengillik

2022/2023-o‘quv yilida, istisno tariqasida 1-bosqich talabalariga 2 oylik ijara kompensatsiyasi hech qanday shartnomasiz to‘lab beriladigan bo‘ldi

Ijara shartnomasini taqdim etgan talabalarga noyabr oyidan to‘lovlar davom ettiriladi.

Batafsil videosharhda
Matn shaklda o‘qish

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
3.5K views16:23
Ochish/sharhlash
2022-10-11 14:05:39
Kengash yig'ilishida universitetda davlat taʼlim standantlari, o‘quv reja va dasturlarining bajarilishi va fakultet hamda kafedralarda o‘quv jarayonining tashkil etilishi tanqidiy-tahliliy ruhda ko'rib chiqildi

O'quv ishlari bo'yicha prorektor D.Xolmatov o‘quv jarayonining o‘quv-meʼyoriy hujjatlar bilan taʼminlanganligi, o‘quv dasturlari ishlab chiqilishi va OO‘MTVga taqdim etilishi, o‘quv jarayonining o‘quv-meʼyoriy hujjatlar bilan taʼminlanganligi va sentabr oyida fakultetlar kesimida talabalarning dars mashg‘ulotlaridagi ishtiroki tahlil etildi.

Tahlil jarayonida universitetda talabalarning dars mashg'ulotlaridagi ishtiroki 92% ni tashkil etsada, bu ko'rsatkich past ekanligi alohida ta'kidlandi.

Universitetning rasmiy sahifalari
Veb-sayt |Telegram | Facebook | Instagram |YouTube
4.8K views11:05
Ochish/sharhlash
2022-10-11 13:35:07
Namangan davlat universitetida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 605-sonli qarori asosida ijarada yashovchi talabalarning ijara pulini bir qismini toʻlab berilishi tizimli ravishda olib borilmoqda.

Joriy yilning sentabr oyida belgilangan mezonlar asosida 778 nafar talabalarning 115 mln. 60 ming soʻmlik ijara pullari toʻlab berildi. Oktabr oyida esa 2152 nafar talabaga 321 mln. 280 ming soʻm miqdordagi ijara pullari toʻlab berilishi belgilandi.

Bundan tashqari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 8-oktabrdagi 4/20-2/31 sonli xatiga asosan istisno tariqasida uzoq hududlardan kelgan birinchi kurs talabalariga sentabr va oktabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etmasdan ijara pulini toʻlab berilishi belgilangan.

Bugungi kunda birinchi kurs talabalari bilan ham bu borada dekan oʻrinbosarlari va tyutorlar tomonidan ishlar olib borilmoqda.

Universitetning rasmiy sahifalari
Veb-sayt |Telegram | Facebook | Instagram |YouTube
4.1K viewsedited  10:35
Ochish/sharhlash
2022-10-11 13:32:56
Sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun ijara to'lov narxlari tasdiqlandi.

Unga ko'ra 2022-yil 3-oktabrdan boshlab universitetning Chust shahridagi oʻquv binosida sirtqi taʼlim shaklida oʻqiydigan talabalar uchun oʻquv jarayoni oflayn shaklida boshlanishini inobatga olib, Chust shahri Ipak yoʻli koʻchasi 97-uyda joylashgan 4-sonli talabalar turar joyida talabalarning oʻqish davrida kunlik yashash puli bir kishiga 15 ming soʻm etib belgilandi.

To'lovlarni oldindan to'lanishi shartligi belgilab qo'yildi.

Bizni kuzatishda davom eting

http://t.me/NAMDU309
3.8K viewsedited  10:32
Ochish/sharhlash
2022-10-11 13:13:49
#photos
NAMDU TALABASI ADHAMJON ERGASHEV MUTLOQ OSIYO CHEMPIONI


Universitetimiz jamoasi nomidan Adhamjon Abdullajon o'g'liga ulkan zafar va omadlar tilab qolamiz!

Universitetning rasmiy sahifalari
Veb-sayt |Telegram | Facebook | Instagram |YouTube
3.9K views10:13
Ochish/sharhlash
2022-10-08 17:16:31
Sejong foundation o'quv markazi vakili Oh JIsu universitetimizda mahorat darsi o'tmoqda

Jahon tillari fakultetida Janubiy Koreyaning Sejong madaniyat markazi bilan hamkorlikda "Koreyada ta'lim" mavzusida mahorat darsi bolib o'tdi.

Tadbirdan ko'zlangan maqsad talaba-yoshlarga Janubiy Koreya madaniyati, tarixi, bugungi rivojlanish bosqichlarini tushuntirib berishdir.

Mahorat darsini Sejong foundation o'quv markazi vakili Oh JIsu olib bormoqda. Mahorat darslari dekabr oyi yakuniga qadar davom etadi va ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.

Universitetning rasmiy sahifalari
Veb-sayt |Telegram | Facebook | Instagram |YouTube
424 views14:16
Ochish/sharhlash
2022-10-08 17:14:46
NamDU talabasi ​"Kitobxon yoshlar" onlayn kitobxonlik tanlovining mutloq g'olibi

Respublika miqyosda jami 227 ming kitobxonlar qamrab olingan tanlovning final bosqichida 3801 nafar ishtirokchidan universitetimiz talabasi Shaxnozaxon Mirzajonova mutloq g'olib deb e'lon qilindi.

Shaxnozaxon Galaxy Tab A8 planshet, kitoblar jamlanmasi va Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 1-darajali diplomi bilan taqdirlandi.

Universitetimiz jamoasi nomidan muborakbod etamiz!

Universitetning rasmiy sahifalari
Veb-sayt |Telegram | Facebook | Instagram |YouTube
546 viewsedited  14:14
Ochish/sharhlash