Get Mystery Box with random crypto!

Najot Ta'lim

Telegram kanalining logotibi najottalim — Najot Ta'lim N
Telegram kanalining logotibi najottalim — Najot Ta'lim
Kanal manzili: @najottalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 29.03K
Kanalning ta’rifi

💡 𝗡𝗮𝗷𝗼𝘁 𝗧𝗮'𝗹𝗶𝗺 — ilm va tajriba ulashamiz!
Dasturlash | Dizayn | Marketing
6500 bitiruvchi
Bitiruvchilar 85%-95% ishli
2023-yilda "Eng yaxshi AyTi markaz"
📞 𝗧𝗲𝗹: 998-78-888-9-888
📲 𝗔𝗹𝗼𝗾𝗮: @aloqa_ntbot
🌐 https://najottalim.uz

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 11

2023-06-08 19:03:02
Mediada shaxsiy brendni rivojlantirish usullari

Iwash
asoschisi Otabek Jurayev va Carbon technologies asoschisi Behzodbek Shoyunusovlar bilan bo'lib o'tgan suhbatni qarshi oling.

Sizga ham ushbu insonlarning media sohasidagi amaliy tajribasi va muvaffaqiyat yo'li qiziq bo'lsa, videoni quyidagi havola orqali hoziroq tomosha qiling.

Video havolasi:

8.2K views16:03
Ochish/sharhlash
2023-06-08 16:09:47
Hafta yakunida «Najot Ta'lim»da bo'lib o'tuvchi musobaqalar

Frontend veb-dasturchilar uchun bilimlarni amaliyotda sinash imkoniyati

11-iyun — yakshanba
kuni soat 09:30 da «Najot Ta'lim»ning Chilonzor va Farg'ona filiallarida «Frontend veb-dasturlash» yo'nalishida musobaqa bo'lib o'tadi.

Bellashuvda ishtirok etish uchun sizdan HTML, CSS, SCSS, JAVASCRIPT (DOM), React JS yoki Vue JS va mantiqiy fikrlash bo'yicha bilim va ko'nikmalarga ega bo'lish talab etiladi.

Musobaqa jamoaviy tarzda tashkil etilmoqda. Unda har biri 3 nafar ishtirokchidan iborat jamoalar qatnashishi mumkin.

Bellashuvda g'olib bo'lish orqali EduOn ta'lim platformasidan 6 mln so'mli ta'lim grantlari va quyidagi sovg'alarga ega bo'lasiz:

1-o'rin: 3 ta «Rapoo VH-530» quloqchin;
2-o'rin: 3 ta «Borofone» powerbank;
3-o'rin: 3 ta noutbuk sumkasi;

Musobaqa uchun ro'yxatdan o'tish

***

Grafik dizaynerlar o'rtasida navbatdagi katta «battle»

Bu hafta shuningdek, 11-iyun — yakshanba kuni soat 10:30 da markazimizning Chilonzor va Farg'ona filiallarida Grafik dizaynerlar uchun ham musobaqa o'tkaziladi.

Ushbu musobaqada g'olib chiqqan ishtirokchilarga EduOn platformasidan umumiy qiymati 6 mln so'mli ta'lim granti va quyidagi sovg'alar taqdim etiladi:

1-o'rin: «XP-Pen» grafik planshet;
2-o'rin: «MI band 7» smart soat;
3-o'rin: «Rapoo VH-530» quloqchin;

Ro'yxatdan o'tish

Musobaqa shartlari shu kuni ustozlarimiz tomonidan ochiqlanadi. Bilimlaringizni amaliyotda sinash va tengdoshlaringiz bilan netvorking o'rnatish istagida bo'lsangiz, musobaqaga marhamat!

P.S. Har ikkala musobaqada ham barcha ishtirok etishi mumkin.
8.5K views13:09
Ochish/sharhlash
2023-06-08 09:15:40
Yaxshi dizayn tayyorlashda nimalarga e'tibor berish kerak?

Siz taqdim etayotgan dizayn samara berishi uchun ma'lum bir talablarni bajarishi kerak.

Ushbu post orqali yaxshi dizayn tayyorlashdagi asosiy omillarni ko'rib chiqishingiz mumkin.

Siz ham dizaynerlik kasbini tanlamoqchi bo’lsangiz, kurslarimiz uchun ro'yxatdan o'tishingiz mumkin.

Ro’yxatdan o’tish

78-888-9-888 | @aloqa_ntbot
8.3K views06:15
Ochish/sharhlash
2023-06-06 14:15:20
«Najot Ta'lim Quiz» Farg'ona filialida bo'lib o'tadi

O'tgan hafta 4-iyun — yakshanba kuni markazimizning Chilonzor filialida «Najot Ta'lim Quiz» intellektual o'yini bo'lib o'tgan edi. Navbat Farg'ona filialiga!

Bellashuv jamoaviy tarzda bo'lib o'tadi. Har bir jamoada 6 nafargacha ishtirokchilar qatnashishi mumkin.

Musobaqada g'olib bo'lish orqali EduOn ta'lim platformasidan 6 mln so'mli ta'lim granti, najottalim.uz platformasidan umumiy qiymati 1.2 mln so'mli vaucher va quyidagi sovg'alarga ega bo'lasiz:

1-o'rin: 700 ming so'mli «Azon kitoblari» uchun vaucher;
2-o'rin: 500 ming so'mli «Azon kitoblari» uchun vaucher;
3-o'rin: 300 ming so'mli «Azon kitoblari» uchun vaucher.

Qachon: 10-iyun, shanba, soat 10:30
Qatnashish: bepul
Kim uchun: Barcha uchun ochiq
Qayerda: «Najot Ta'lim», Farg'ona filiali

Ro'yxatdan o'ting

Musobaqa uchun ro'yxatdan o'tishga ulgurib qoling. Joylar soni cheklangan!
3.1K views11:15
Ochish/sharhlash
2023-06-05 17:45:13 Bootcamp-Result bosqichi uchun grant natijalarini e'lon qilamiz!

19-aprel va 20-may
kunlari bo'lib o'tgan Dasturlash Bootcamp-Foundation yakuniy imtihonidan eng yuqori ball to'plagan 4 nafar o'quvchiga chegirma taqdim etilishini ma'lum qilamiz.

Ro'yxat bilan tanishing:

1. Karimjonov Ilhom — 70% lik chegirma

2. Asadov Firdavs — 50% lik chegirma

3. Abdunazarov Jasurbek — 30% lik chegirma

4. G'anijonov Jaloliddin — 30% lik chegirma

Barcha imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan va chegirma qo'lga kiritgan o'quvchilarni ushbu ajoyib natija bilan muborakbod etamiz! Bundan keyingi o'qishlaringizda ham zafarlar tilaymiz.

78-888-9-888 | @aloqa_ntbot
5.6K views14:45
Ochish/sharhlash
2023-06-05 11:56:07
G'oya kelmay qolsa nima qilish kerak?

Ushbu holat SMM-menejer (kontent-menejer)larning doimiy ishi bo'lgani uchun ba'zi paytlarda biroz qiyin bo'lishi mumkin.

Shu kabi vaziyatlarda nima qilish haqida post orqali ma'lumotga ega bo'lasiz.

Bu tavsiyalar kontent tayyorlash bilan shug'ullanuvchi insonlarga foydali bo'ladi, degan umiddamiz.

P. S. O'sha gap: doimiy qo'llash tavsiya qilinmaydi. )
6.6K views08:56
Ochish/sharhlash
2023-06-03 20:20:30 Jamiyatning korrupsiyaga qarashi haqida yoxud qachon korrupsiya kamayadi?

Bu safar yana dolzarb mavzu bilan qaytdik! Bu galgi sonda jamiyatimizdagi eng og'riqli muammolardan biri bo'lgan «Korrupsiya» mavzusida o'z sohasining mutaxassislari bilan suhbatlashdik.

• Korrupsiya aslida nima?
• Qanday qilib korrupsiya holatini kamaytira olamiz?
• Rivojlangan davlatlarda korrupsiyaga munosabat qanday?

Shu kabi mavzularda tahlillar va yechimlarni batafsil bilib olasiz, degan umiddamiz.

Havola orqali YouTube sahifamizga o'tib, suhbatni hoziroq tomosha qiling!



8.1K views17:20
Ochish/sharhlash
2023-06-02 18:36:41
O'quvchilardagi holatlarga Janob Bin obrazi orqali nazar

O’quvchilarimizning ta'lim davri va hayotida kuzatiladigan vaziyatlarni Janob Binning filmlardagi obrazlari orqali ochib berishga harakat qildik.

Sizga ushbu holatlar tanishmi?

Izohlarda yozib qoldiring
.
9.1K views15:36
Ochish/sharhlash
2023-06-02 07:33:56
Bootcamp-Result bosqichining imtihon natijalari bilan tanishing!

19-aprel va 20-may kunlari mutaxassislik bosqichiga o'tish uchun bo'lib o'tgan imtihon javoblari bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Javoblarni tekshirish

Imtihondan o'tgan barcha o'quvchilarimizni samimiy tabriklaymiz.

Ushbu imtihon natijalaridan qoniqmagan o'quvchilar 3-iyun, shanba, soat 14:00 dan 16:00 gacha apellatsiya uchun Chilonzor filialiga kelishlari mumkin.

Shuningdek, imtihondan o'tgan o'quvchilardan berilgan muhlat ichida shartnoma tuzib (agar avval tuzilmagan bo'lsa), kursga ro'yxatdan o'tishlarini so'raymiz.

78-888-9-888
9.2K views04:33
Ochish/sharhlash
2023-05-17 12:05:51
AyTini o'rganmoqchimisiz? Bepul ochiq darsga marhamat!

«Najot Ta'lim» Farg'ona filialida zamonaviy kasblar bo'yicha navbatdagi ochiq dars bo'lib o'tadi.

Bu galgi ochiq dars davomida:

Marketing yo'nalishidan SMM Pro kursi ustozi — Jahongir Mamatqodirov;
Grafik dizayn kursi ustozi — Sunnatbek Boboqulov;
Dasturlash yo'nalishidan — Alisher Kasimovlar tomonidan dasturlash, dizayn va marketing yo'nalishlari boshlang'ich tushuncha va ma'lumotlar berib o'tiladi.

Tadbirda shuningdek, zamonaviy kasblardan birini «Najot Ta'lim»da o'rganish istagidagi yoshlar uchun markazimiz O'quv bo'limi rahbari Javohir Izzatulloh tomonidan o'quvchilar uchun markazda yaratilgan qulaylik va taklif etilayotgan yangiliklardan xabardor bo'lasiz.

Qachon: 19-may, juma, soat 14:30
Qatnashish: bepul
Kim uchun: barcha uchun
Qayerda: «Najot Ta'lim», Farg'ona filialida

Ochiq dars uchun ro'yxatdan o'tish

O'z kelajagini zamonaviy kasblardan biri bilan qurish istagidagi barcha vodiylik yigit-qizlarni ochiq darsda kutib qolamiz!
4.6K viewsedited  09:05
Ochish/sharhlash