Get Mystery Box with random crypto!

Mustaqil Yurt Farzandi

Telegram kanalining logotibi mustaqilyurtfarzandi — Mustaqil Yurt Farzandi M
Telegram kanalining logotibi mustaqilyurtfarzandi — Mustaqil Yurt Farzandi
Kanal manzili: @mustaqilyurtfarzandi
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 44
Kanalning ta’rifi

Mustaqil kanal, Mustaqil fikrlar!
#hayotuvuza_ozuvuzani_qoluvuzada
Taklif : @mustaqil_taklif_bot
16 kanal: @marazodam
instagram.com/shohruzbek_yuldoshiy

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-06-14 19:35:55 Hech kim uchun o`zgarma, sen o`zing bo`l!

Kimgadir yoqish uchun yoki nimagadir uchun erishish uchun hech qachon o'zligingni o`zgartirma. Sen har doim o`zing bo`l, ya'ni ichingdagi o'zing. Ikkiyuzlamachi emas, murg'akkina qalbingdagi o`zing bo`l. Kimnidir kumir qilib olib, u bo`lishga harakat qilma, jamiyatga hech qachon Kusherbayev 2.0 yoki Artiqxo'jayev 2.0 kerak emas, Jamiyatga yangi 1.0 kerak.

Sen shunday bo`lginki, boshqalar seni "kumir" qilib olsin, sen hammani kuzatib, hammadan nimadir olishing mumkin, lekin aynan ular ichidan qaysidir birini ikkinchisi bo`lolmaysan. Jamiyat seni qabul qilmaydi, hamma birinchi bo'lgan va bir biriga o'xshamagan narsani qabul qiladi. Sen o`ylashing mumkin boshqacha fikrlasam, boshqacha bo'lsam, o'rnimni to'polmayman deb, yo'q! Seni tushunadigan odamlar topiladi har doim. Seni kuzatadiganlar hamisha bo'ladi. Maqsadni to'g'ri qo'y, pul, moshina va uyga bog'lama. Sen o'qishingni o'qi va pul o'zi keladi.

Hamma hayotida har xil to'siqlarni yengib o'tadi, ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy muammolarini olib chiqib gapirmaydi. Hamma ijtimoiy tarmoqda bahtli, lekin hammaning o'zining muammolari bor. Bir niholni boshqa nihol o'sgan joyga eksang, osmay qolishi mumkin, shu sababli sen ham kimningdir hayot yo'lidan borolmaysan, o'zingning yo'lingdan borishingga majbursan, va o'zingning hayot yo'lingni yaratishga ham. Odatlaringni o'zgartirishing mumkin, lekin o'zingning harakter va "men"ingni o'zgartirolmaysan.

Shunchaki o'zing bo'l!


@mustaqilyurtfarzandi
98 viewsedited  16:35
Ochish/sharhlash
2022-06-07 18:26:17 Nega din haqida ko’p, deyarli umuman yozmayman.

Din bu e’tiqod, hammani e’tiqodi har xil bo’lishi mumkin, va yana shu ma’lumki, banda namoz o’qisa va ibodat qilsa, o`zining oxirati uchun qiladi, Instagram va Telegram’dagi “patpishshiklari” uchunmas. Tak vot, “Alloh mening qalbimda bo’lishi kerak, mening ijtimoiy sahifalarimda emas” - Otabek Mahkamov kitob prezentatsiyada shunday degandi. Shu paytgachon ham mening qarashlarim shunday edi, bundan keyin ham shunday bo`ladi.

Masjidga borganlarini Instagram’ga qo’yganlarni to’g’risi jinim suymaydi, odam qilgan e’tiqodiy amallarini hammaga ko`z-ko`z qilmaslik kerak deb o`ylayman. Qilingan exson yana shu kabi narsalarni ham.

Yana bir narsani aytishim mumkinki, sizni Juma kuni “Juma muborak” deb tabriklaydigan odamlarning deyarli ko’pchiligi Farz etib belgilangan Juma namoziga borishmaydi.

Qadimda bir ullamo bo’lgan ekan, u har kuni ro`za tutgan va ro`za tutgani hech kimga bildirmagan ekan. Saharlikni uyda qilib, tushlik ovqatini uyidan o`zi bilan olvolib, yetim-yesirlarga bergan ekan, kechqurun uyga kelgan uydagilari bilan og’iz ochib iftorlik qilgan ekan. Tushligini har kuni olib ketganiga oila a’zolari ham bilmagan ekan. A bizda qanaqa? Ramazon oyida ko’pchilik ro`za “авторитет” uchun tutgandey tuyuladi go`yo.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuflarning ma’ruzlaridan shunday bir narsani eshitgandim: “ Ro’za bu ibodatlarning eng sarasi, chunki namoz o’qiganda boshqa bir kishi ko`rib qolishi mumkin, oshkor ibodat. Ro`za esa, yashirin ibodat, chunki ro`zadagi odam kuni bo’yi hamma kabi bo’ladi. Shuning uchun faqatgina Ro’zaning savobini Alloh O`zi belgilaydi”.

Tam keyin nimadir ish boshlayotganda odamlarning oxirati uchun o`qiydigan farz bo`lgan 5 mahal namozini ishonch uchun “tiqish”larini ham yoqtirmayman.

Xulosa qilib aytganda din va e’tiqod hammada har xil. Biz hech kimni “sudit” qilolmaymiz. Lekin bu diniy va e’tiqodga a’loqador bo’lgan narsalar yashirin bo’lganini o`zimga ma’qul deb bilaman.

“Aql”lilik qigan bo’sam, meni kechiring. Men oxirgi vaziyatlardan keyin chiday olmadim yozgim keldi. Anchadan beri yozmoqchi bo’lib yurgandim bugunga to’g’ri kelibdi.

(C) @mustaqilyurtfarzandi
441 viewsedited  15:26
Ochish/sharhlash
2022-06-05 20:21:21 Hammaga hayrli kech, do'stlar!

Sizlardan bir kichik iltimos bor, do'stlar quyidagi ikki link orqali kirib videoga like bosishingizni so`rab qolardim.

Quyidagi videolar AKFA universiteti e'lon qilgan tanlov bo`yicha intervyu bo`lib, unda mening do`stlarim ishtirok etishmoqda, bizdan esa qo`llab quvvatlash kerak, kirasiz like bosasiz va kimningdir kelajagi uchun xissa qo`shgan bo`lasiz .

Khadichakhon Nurakhmedova:




Jarmakhan Yuldoshev:





Do`stlarimizni qo`llab quvvatlaylik
336 viewsedited  17:21
Ochish/sharhlash
2022-06-05 16:37:18 Kstati, Xabaringiz bor bo’lsa kerak, Prezidentning tegishli qaroriga asosan 1-maydan pensiyalar 12%ga oshdi. Ancha bo’luvdi, supermarket aylanmaganimga. Kecha hammaga mashxur bo’lgan, korzinka.uz’ga kirdim. Endi Ko’zimga tushgan narxlarni aytib o’taman:…
275 viewsedited  13:37
Ochish/sharhlash
2022-06-04 11:13:08
Jahongir Artikxo'djayev brat TOP gaplarni aytibdi. Plastikda bo'sa, puliz yaxshigina ketib qoladi.. Naqdda sal mo'ljal olib ishlatasiz..

@marazodam
158 viewsedited  08:13
Ochish/sharhlash
2022-06-03 08:37:57
Juma Muborak
135 viewsedited  05:37
Ochish/sharhlash
2022-06-01 19:07:43 Xabarlarga ko'p ahamiyat bermay qo`ydim, chunki meni e'tibor berganim ham o`sha xabarlarni tarqalishiga xizmat qiladi. Masalan, Yaqinda bitta bg'atni foxishalar haqida gapi, keyin video qirqilgani ko`rish mumkin, bizdagi "Sariq matbuot"dan hamma narsa kutish mumkin, yana biri bu tabib haqida chiqarishib ommani manupulyatsiya qilishni sevishadi, ko`plab Telegram kanallar o`zi asosan bir xil xabar bla bla blalarga to`lib ketgan, knopka bitta odamda xolasa bosadi va chiqaradi.

Hamma ma`lumotga ham ishonmang, hammasiga e'tibor bilan yondashing manbasini ko`ring! Tekshiring, hamma o`qigan narsangiz ham to`g'ri emas.
122 viewsedited  16:07
Ochish/sharhlash
2022-05-26 21:51:04Yaxshi niyat yarim mol, ikkita yaxshi niyat butun mol.

Xabaringiz bor sal oldin mana shu mavzu haqida post yozgandim. Bugun mana shu narsaga yana bir bor iqror bo’ldim. Darvoqe bugun 26-may, Otabek Mahkamov o’zining ilk mualliflik kitobi "Yuksaklik sari tasodif bo'lmagan 100 ta uchrashuv" nomli kitob taqdimioti bo'ldi. Ushbu kitobni va kitob taqdimotini qarib bir yarim yildan beri kutyotgandim. Sarlavhaga qaytamiz roppa-rosa bir yil oldin 24-may kuni "Ziyo Forum"da Otabek akaning "lektorium"dagi chiqishida niyat qilgan edim ushbu kitobni taqdimotida qatnashib, sotib olaman deb. Karantin tufayli kitobning chiqishi 1 yilga chozildi.

Bir hafta avval YouTube'dagi kanaliga video joyladi va eng qiziqarli 250 ta savol egasi o'zi shaxsan taklifnom berishini ta'kidladi. Niyat xolis ekan men ham o'sha 250 nafar baxtli inson qatorida boldim. Bugun soat 14:30 da Toshkentdagi INHA universitetida taqdimot bo'lib o'tdi, ko'plab san'atkorlar, xususan xalq artistlari tashrif buyurishdi, bundan tashqari AKT vaziri Sherzod Shermatov, IT Park raxbari, INHA rektori ham mehmon bo'lishdilar. Taqdimot juda ham zo'r bo'ldi. Shaxsan men hurmat qilgan insonlar, xususan O`zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Mirzabek Xolmedov, O`zbekiston xalq artisti Munojatxon Yo’lchiyeva, Standup komik Mirshakar Fayzullayevlar bilan sur’atga tushdim.

Kecha kanal admini kitobning narxini yozib yuborganda sal xafsalab pir bo'lib keyingi partiyada olaman degandim, lekin qarang O'ziga oson, taqdimot so'ngida dastxat olyotgan payt kitob juda ham olishni xohlaganimni lekin narxi qimatligini aytgandim, shu yerdagi ma'sul xodimlarga aytib shu taqdimotda sotilishi kerak bo'lgan 100 ta kitobdan biri sovg'a qildilar. Bundan juda ham hursand bo'ldim. Shuning uchun har doim aytaman, agar siz biron nimani juda ham xohlasangiz, O'zi mujjasam qiladi, bilmay ham qolasiz. Niyatlaringizni to'g'ri qiling.

Xullas, do'stim Jarmaxan bilan bugungi kunni shunday o'tkazdik. Bugungi kun esda qolarli kunlardan biri bo'ldi!

Qadrli kuzatuvchilar keyingi taqdimotlarda ko'rishganda ko'rishguncha!

Xurmat bilan,
Mustaqil Yurt Farzandi, Shohruzbek Yuldoshiy
!
282 viewsedited  18:51
Ochish/sharhlash