Get Mystery Box with random crypto!

Hech kim uchun o`zgarma, sen o`zing bo`l! Kimgadir yoqish uch | Mustaqil Yurt Farzandi

Hech kim uchun o`zgarma, sen o`zing bo`l!

Kimgadir yoqish uchun yoki nimagadir uchun erishish uchun hech qachon o'zligingni o`zgartirma. Sen har doim o`zing bo`l, ya'ni ichingdagi o'zing. Ikkiyuzlamachi emas, murg'akkina qalbingdagi o`zing bo`l. Kimnidir kumir qilib olib, u bo`lishga harakat qilma, jamiyatga hech qachon Kusherbayev 2.0 yoki Artiqxo'jayev 2.0 kerak emas, Jamiyatga yangi 1.0 kerak.

Sen shunday bo`lginki, boshqalar seni "kumir" qilib olsin, sen hammani kuzatib, hammadan nimadir olishing mumkin, lekin aynan ular ichidan qaysidir birini ikkinchisi bo`lolmaysan. Jamiyat seni qabul qilmaydi, hamma birinchi bo'lgan va bir biriga o'xshamagan narsani qabul qiladi. Sen o`ylashing mumkin boshqacha fikrlasam, boshqacha bo'lsam, o'rnimni to'polmayman deb, yo'q! Seni tushunadigan odamlar topiladi har doim. Seni kuzatadiganlar hamisha bo'ladi. Maqsadni to'g'ri qo'y, pul, moshina va uyga bog'lama. Sen o'qishingni o'qi va pul o'zi keladi.

Hamma hayotida har xil to'siqlarni yengib o'tadi, ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy muammolarini olib chiqib gapirmaydi. Hamma ijtimoiy tarmoqda bahtli, lekin hammaning o'zining muammolari bor. Bir niholni boshqa nihol o'sgan joyga eksang, osmay qolishi mumkin, shu sababli sen ham kimningdir hayot yo'lidan borolmaysan, o'zingning yo'lingdan borishingga majbursan, va o'zingning hayot yo'lingni yaratishga ham. Odatlaringni o'zgartirishing mumkin, lekin o'zingning harakter va "men"ingni o'zgartirolmaysan.

Shunchaki o'zing bo'l!


@mustaqilyurtfarzandi