Get Mystery Box with random crypto!

Nega din haqida ko’p, deyarli umuman yozmayman. Din bu e’tiq | Mustaqil Yurt Farzandi

Nega din haqida ko’p, deyarli umuman yozmayman.

Din bu e’tiqod, hammani e’tiqodi har xil bo’lishi mumkin, va yana shu ma’lumki, banda namoz o’qisa va ibodat qilsa, o`zining oxirati uchun qiladi, Instagram va Telegram’dagi “patpishshiklari” uchunmas. Tak vot, “Alloh mening qalbimda bo’lishi kerak, mening ijtimoiy sahifalarimda emas” - Otabek Mahkamov kitob prezentatsiyada shunday degandi. Shu paytgachon ham mening qarashlarim shunday edi, bundan keyin ham shunday bo`ladi.

Masjidga borganlarini Instagram’ga qo’yganlarni to’g’risi jinim suymaydi, odam qilgan e’tiqodiy amallarini hammaga ko`z-ko`z qilmaslik kerak deb o`ylayman. Qilingan exson yana shu kabi narsalarni ham.

Yana bir narsani aytishim mumkinki, sizni Juma kuni “Juma muborak” deb tabriklaydigan odamlarning deyarli ko’pchiligi Farz etib belgilangan Juma namoziga borishmaydi.

Qadimda bir ullamo bo’lgan ekan, u har kuni ro`za tutgan va ro`za tutgani hech kimga bildirmagan ekan. Saharlikni uyda qilib, tushlik ovqatini uyidan o`zi bilan olvolib, yetim-yesirlarga bergan ekan, kechqurun uyga kelgan uydagilari bilan og’iz ochib iftorlik qilgan ekan. Tushligini har kuni olib ketganiga oila a’zolari ham bilmagan ekan. A bizda qanaqa? Ramazon oyida ko’pchilik ro`za “авторитет” uchun tutgandey tuyuladi go`yo.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuflarning ma’ruzlaridan shunday bir narsani eshitgandim: “ Ro’za bu ibodatlarning eng sarasi, chunki namoz o’qiganda boshqa bir kishi ko`rib qolishi mumkin, oshkor ibodat. Ro`za esa, yashirin ibodat, chunki ro`zadagi odam kuni bo’yi hamma kabi bo’ladi. Shuning uchun faqatgina Ro’zaning savobini Alloh O`zi belgilaydi”.

Tam keyin nimadir ish boshlayotganda odamlarning oxirati uchun o`qiydigan farz bo`lgan 5 mahal namozini ishonch uchun “tiqish”larini ham yoqtirmayman.

Xulosa qilib aytganda din va e’tiqod hammada har xil. Biz hech kimni “sudit” qilolmaymiz. Lekin bu diniy va e’tiqodga a’loqador bo’lgan narsalar yashirin bo’lganini o`zimga ma’qul deb bilaman.

“Aql”lilik qigan bo’sam, meni kechiring. Men oxirgi vaziyatlardan keyin chiday olmadim yozgim keldi. Anchadan beri yozmoqchi bo’lib yurgandim bugunga to’g’ri kelibdi.

(C) @mustaqilyurtfarzandi