Get Mystery Box with random crypto!

​Yaxshi niyat yarim mol, ikkita yaxshi niyat butun mol. Xabar | Mustaqil Yurt Farzandi

Yaxshi niyat yarim mol, ikkita yaxshi niyat butun mol.

Xabaringiz bor sal oldin mana shu mavzu haqida post yozgandim. Bugun mana shu narsaga yana bir bor iqror bo’ldim. Darvoqe bugun 26-may, Otabek Mahkamov o’zining ilk mualliflik kitobi "Yuksaklik sari tasodif bo'lmagan 100 ta uchrashuv" nomli kitob taqdimioti bo'ldi. Ushbu kitobni va kitob taqdimotini qarib bir yarim yildan beri kutyotgandim. Sarlavhaga qaytamiz roppa-rosa bir yil oldin 24-may kuni "Ziyo Forum"da Otabek akaning "lektorium"dagi chiqishida niyat qilgan edim ushbu kitobni taqdimotida qatnashib, sotib olaman deb. Karantin tufayli kitobning chiqishi 1 yilga chozildi.

Bir hafta avval YouTube'dagi kanaliga video joyladi va eng qiziqarli 250 ta savol egasi o'zi shaxsan taklifnom berishini ta'kidladi. Niyat xolis ekan men ham o'sha 250 nafar baxtli inson qatorida boldim. Bugun soat 14:30 da Toshkentdagi INHA universitetida taqdimot bo'lib o'tdi, ko'plab san'atkorlar, xususan xalq artistlari tashrif buyurishdi, bundan tashqari AKT vaziri Sherzod Shermatov, IT Park raxbari, INHA rektori ham mehmon bo'lishdilar. Taqdimot juda ham zo'r bo'ldi. Shaxsan men hurmat qilgan insonlar, xususan O`zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Mirzabek Xolmedov, O`zbekiston xalq artisti Munojatxon Yo’lchiyeva, Standup komik Mirshakar Fayzullayevlar bilan sur’atga tushdim.

Kecha kanal admini kitobning narxini yozib yuborganda sal xafsalab pir bo'lib keyingi partiyada olaman degandim, lekin qarang O'ziga oson, taqdimot so'ngida dastxat olyotgan payt kitob juda ham olishni xohlaganimni lekin narxi qimatligini aytgandim, shu yerdagi ma'sul xodimlarga aytib shu taqdimotda sotilishi kerak bo'lgan 100 ta kitobdan biri sovg'a qildilar. Bundan juda ham hursand bo'ldim. Shuning uchun har doim aytaman, agar siz biron nimani juda ham xohlasangiz, O'zi mujjasam qiladi, bilmay ham qolasiz. Niyatlaringizni to'g'ri qiling.

Xullas, do'stim Jarmaxan bilan bugungi kunni shunday o'tkazdik. Bugungi kun esda qolarli kunlardan biri bo'ldi!

Qadrli kuzatuvchilar keyingi taqdimotlarda ko'rishganda ko'rishguncha!

Xurmat bilan,
Mustaqil Yurt Farzandi, Shohruzbek Yuldoshiy
!