Get Mystery Box with random crypto!

Muattar Musayeva

Telegram kanalining logotibi muattar_musayeva — Muattar Musayeva M
Telegram kanalining logotibi muattar_musayeva — Muattar Musayeva
Kanal manzili: @muattar_musayeva
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 289
Kanalning ta’rifi

❤️ Psixotravmalarni davolash
💔 Munosabatlardagi buzilishlarni, pul muammolari bilan ishlash
🗣 Savol va murojatlar uchun:
@Muattar_Musayeva_adminkasi

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-08 09:19:01 Har tomondan "O'zingizni seving!" deb baqirishadi.

Tez-tez ko'zingiz tushadimi shunday so'zlarga:
"O'zingizni tez-tez xursand qilib turing, masalan, go'zallik salonimizga tashrif buyuring".
"Bu narsani sotib olsangiz, o'z qadringiz va betakrorligingizni to'liq his qilasiz".
"Mana bu go'zal joyda ovqatlaning, dam oling, siz bunga loyiqsiz".

Biroq bularni bajarib zavqlanadiganlarning hammasi ham o'zlaridan mamnun emaslar.

Haqiqiy o'zingizni hurmat qilish - bu o'zingizni qabul qilish ga o'zingizga g'amxo'rlikka asoslangan do'stona munosabatda bo'lishdir.

O'zingizni ichingizdan do'st topish juda yaxshi. Yaxshi yomon kunlarda doim o'zingiz bilan birga bo'ling. Mehr bilan oynaga qarang, qoshlaringizni chimirmang, kamchiliklar qidirmang.
Iqtidorni namoyon qilishga to'sqinlik qilmasdan, o'zingiz qo'llab-quvvatlang.


Siz do'stingizga O'zini sevish uchun qaysi maslahatlarni berasiz?
881 views06:19
Ochish/sharhlash
2022-08-08 09:17:01
Nega odamlar orzumandligidan uyalishadi?
795 views06:17
Ochish/sharhlash
2022-08-08 06:17:01 ​​Siz o‘z ustingizda ishlash orqali hayotingizni faqatgina o‘zingiz o‘zgartira olasiz!

Xech qachon kimdir kelib Sizni baxtli qilishini kutmang, Ollox sizni o‘zingizni aloxida tanada yaratgan to‘grimi, tanangiz to‘kis, xamma a’zolaringiz bor, doimiy ravishda ishlayapti (tongdan-tungacha)!!!
Endi ayting-chi, baxtli yashayotgan, xamma narsaga vaqtida ulguradigan, Siz xavas qiladigan ayollar, qizlardan Sizning tanagizni nima farqi bor?

*Xech o‘ylab ko‘rganmisiz? *

Man aytaman Sizga - tanadagi Siz baho beradigan farqlar ya’ni chiroyli-xunuk, ozgin-semiz, oq-qora, boy-kambag‘al bular umuman axamiyatsiz!
Xamma gap ongda, ongdagi programmalarda!
Siz o‘zingizda bor programmalaringiz bilan xayotingizni shu xolatga olib keldingiz, endi sizga xayotingiz yoqmayaptimi demak ong programmangizni yoqtirmayapsiz degani!

Nima qilish kerak?

Programmani yangilash kerak-shunda xayotingiz yangi programma bo‘yicha ketadi-tushuntira oldimmi o‘z ustingizda ishlash nima ekanligin
i?

Programmangizni o‘zgartirishni xoxlaysizmi?

Unda kommentga ++++ qo‘ying, man esa davom etaman
894 viewsedited  03:17
Ochish/sharhlash
2022-08-07 19:06:15 ​​Bizning energiyalarimizning eng ko‘p qismi qayerga ketishini bilasizmi?



Odatda ko‘p ish qilib, xarakat qilib charchab qolamizmi yoki ko‘p o‘ylabmi?

Albatta o‘y-fikrlar ko‘pligidan charchaymiz - yana eng ahamiyatlisi o‘y-fikrlarimiz o‘zimiz haqimizda, o‘zimizni isloh qilish to‘g‘risida bo‘lsa ham mayli edi, lekin biz oldin kimdir o‘zgarishini, keyin biz ham shunga yarasha javob qaytarishni, unga kim ekanligimizni ko‘rsatib qo‘yishni, "qo‘lidan nima kelishini"ni o‘sha paytlar ko‘rishimizni va x.k, o‘ylab yuramiz va qarabsizki biz o‘zimizning o‘y-fikrlarimiz orqali o‘zimizni charchatamiz, biz o‘zgarishini xohlagan "yaqinlarimiz" esa hech qachon o‘zgarmaydi.

SIZ bir narsani yaxshilab eslab qoling va hech qachon unutmang: Boshqa insonni o‘zgartirish bu Sizning ishingiz emas, Sizni faqatgina o‘zingizning o‘zgarishingiz qiziqtirishi kerak, avval o‘zingizni, ichki xolatingizni, energiyalaringizni "pozitiv" energiyalarga "sozlab" oling, qolganini ilohiy ishonch bilan Yaratuvchimizga qo‘yib bering, ana shunda insonlar bilan kurashda emas, ilohiy ishonchda, xotirjamlikda, quvvatga to‘la holatda yashaysiz!!!


Istasangiz siz bilan birgalikda shu yo'lni bosib o'tamiz. Shu yerda man barchasi qanaqa bo'lishini ko'rsatib boraman.

Qani qani Kim biz bilan..........
405 viewsedited  16:06
Ochish/sharhlash
2022-08-07 11:16:45
Nahotki?

Nahotki bu menman?
Nahotki xammasini epladim?

Xa bu menman!

Rivojlanish uchun xech nimadan qaytmagan menman?!

Go'yoki Yerda emas boshqa Sayyoraga tushib qolgandekman

Hissiyotlarim dengiz kabi toshayapdi.

Men anniq bilaman bu sayohatdan retritdan juda katta natijalarga erishaman.

Qanchadan qancha uxlagan insonlarni uyg'otishga o'z hissamni qo'shaman.

Barcha insonlar baxtli bo'lishga xaqli ekanini anglashi uchun bor bilimimni sizlarga beraman

https://t.me/Muattar_Musayeva
576 viewsedited  08:16
Ochish/sharhlash
2022-08-06 16:02:06 Raskopka nima. ?

Kupchilik mijozlarimizga raskopka tavsiya kilamiz.
Va kupchilik insonlar raskopka nima deya savol berishadi.

Raskopka ruscha suz bulib, kavlash degan ma'noni anglatadi.
Ya'ni raskopka bu inson ong ostini kovlash.

Inson xayotidagi muammolar, malum bir ximoya vazifasini bajaradi . Masalan bir mijoz 20 yildan beri yurak xastaligi bilan ogrib keladi. Va u inson bilan seans utkazganimizda, 20 yil avval bu ayolning eri boshka insonga uylanmokchi buladi, va bu ayol uzini yuragi ogriyotganini aytib yotib oladi va natijada erini yonida olib qoladi.

Va bundan xulosa chiqargan ong osti kandaydir xavfli vaziyatlar bulsa, yurak xurujini ishga tushurib yuboradi. Yani aslida xaqiqattan u ayolda bu kasallik bor, ammo u kaysidir vazifani bajaryapti.

Va raskopka yordamida ong ostini kovlash orkali xar kanday kasallik, yoki muammoning kelib chiqish sababi aniqlanadi. va maxsus texnikalar yordamida bartaraf kilinadi.
Shundan sòng real xayotta natija uzgaradi.

Raskopka yordamida kanday muammolar ishlanadi?.

Qòrq,uvlar
Munosabatlar
Kasalliklar
Pulsizlik
Uzlikni anglash
736 viewsedited  13:02
Ochish/sharhlash
2022-08-04 16:06:05 Hamma narsam bor-uu , lekin baxtsizman

Bu holat sizga tanishmi? Nega hamma narsamiz bo'la turib baxtsiz bo'lishimiz mumkin?

Bu savol ko'pchilik qatori meni ham doim o'ylantirardi. Uyim-joyim bor, erim yonimda, farzandlarim bor, hamma narsam bor, lekin baxtni his qilolmayman, doim uni izlayman! Baxtni qidirib turmushga chiqdim, baxtni qidirib farzandli bo'ldim, baxtni qidirib alohida uyga ko'chib chiqdik, ammo hali ham qidormoqdaman

Bu holat menda uzoq vaqt davom etgan. Hamma narsam bo'lsada, menga baxt yetishmasdi. Shunda uni izlay boshladim. Uni topish uchun kitoblar tita boshladim!

Sekin-asta anglay boshladim-ki , menga baxtli bo'lishim uchun ilm yetishmayapti. Va psixologiya sohasida ilk o'qigan kitobim Deyl Karnegining kitoblari va "Tentakning tajribasi" edi. Shundan so'ng, baxtni ilmdan qidira boshladim. Va qandaydir ma'noda topgandim ham.

Ammo meni doim qandaydir qo'rquv taqib qilardi, o'zimga bo'lgan ishonch yetishmasligi sababli. Erimdan ayrilib qolishdan juda qo'rqardim. Buni sezgan yaqinlarim esa, menga ha deb tanqid qilardilar. Va men o'qib o'rgana boshladim, shu qo'rquvim meni psixologiyani o'rganishga olib kirdi

Raskopka haqida eshitib, uni o'rganishga qaror qildim va o'rgandim ham. Menda bu qo'rquv bolalikdan bo'lganligi sababini aniqlab, uni raskopka yordamida bartaraf qildim. Hozirgi kunda men o'zimga ishonganim sababli, erimni oilamni yo'qotish qo'rquvi menda yo'q. Shuning uchun ham qalbim xotirjam. Aynan manashu BAXT. Baxt bu qalb xotirjamligi!

Men shu baxtni hamma joylardan qidirdim, ammo uni anglashga, menda ilm yetishmasdi.

Va ilm olish uchun ilk qadamni qo'ydim. Birinchi o'qigan va meni hayotimni 180 ⁰ gradusga o'zgarishiga sabab bòlgan "SHUKRONALIK" kursi edi. O'sha vaqtda menda pul bo'lmasdi, hech qayerda ishlamasdim, erimdan ham ololmasdim, akam meni qo'llab kursda o'qishim uchun investitsiya kirgazganlar va mativatsiya berganlar. Keyinchalik prof kurslarda o'qidim. Va 2019-yilda "RASKOPKA" metodikasini o'rgandim (ya'ni hozirgi hayotimizda mavjud muammolarning ildizini aniqlab, uni bartaraf qilish).

Hozirgi kunda aynan menga qo'rquvlarimdan qutulishga yordam bergan raskopka metodikasi yordamida insonlarni o'zlarini topishga yordam berib kelmoqdaman

@Muattar_Musayeva
1.1K viewsedited  13:06
Ochish/sharhlash