Get Mystery Box with random crypto!

​​Bizning energiyalarimizning eng ko‘p qismi qayerga ketishini | Muattar Musayeva

​​Bizning energiyalarimizning eng ko‘p qismi qayerga ketishini bilasizmi?



Odatda ko‘p ish qilib, xarakat qilib charchab qolamizmi yoki ko‘p o‘ylabmi?

Albatta o‘y-fikrlar ko‘pligidan charchaymiz - yana eng ahamiyatlisi o‘y-fikrlarimiz o‘zimiz haqimizda, o‘zimizni isloh qilish to‘g‘risida bo‘lsa ham mayli edi, lekin biz oldin kimdir o‘zgarishini, keyin biz ham shunga yarasha javob qaytarishni, unga kim ekanligimizni ko‘rsatib qo‘yishni, "qo‘lidan nima kelishini"ni o‘sha paytlar ko‘rishimizni va x.k, o‘ylab yuramiz va qarabsizki biz o‘zimizning o‘y-fikrlarimiz orqali o‘zimizni charchatamiz, biz o‘zgarishini xohlagan "yaqinlarimiz" esa hech qachon o‘zgarmaydi.

SIZ bir narsani yaxshilab eslab qoling va hech qachon unutmang: Boshqa insonni o‘zgartirish bu Sizning ishingiz emas, Sizni faqatgina o‘zingizning o‘zgarishingiz qiziqtirishi kerak, avval o‘zingizni, ichki xolatingizni, energiyalaringizni "pozitiv" energiyalarga "sozlab" oling, qolganini ilohiy ishonch bilan Yaratuvchimizga qo‘yib bering, ana shunda insonlar bilan kurashda emas, ilohiy ishonchda, xotirjamlikda, quvvatga to‘la holatda yashaysiz!!!


Istasangiz siz bilan birgalikda shu yo'lni bosib o'tamiz. Shu yerda man barchasi qanaqa bo'lishini ko'rsatib boraman.

Qani qani Kim biz bilan..........