Get Mystery Box with random crypto!

Har tomondan 'O'zingizni seving!' deb baqirishadi. Tez-tez | Muattar Musayeva

Har tomondan "O'zingizni seving!" deb baqirishadi.

Tez-tez ko'zingiz tushadimi shunday so'zlarga:
"O'zingizni tez-tez xursand qilib turing, masalan, go'zallik salonimizga tashrif buyuring".
"Bu narsani sotib olsangiz, o'z qadringiz va betakrorligingizni to'liq his qilasiz".
"Mana bu go'zal joyda ovqatlaning, dam oling, siz bunga loyiqsiz".

Biroq bularni bajarib zavqlanadiganlarning hammasi ham o'zlaridan mamnun emaslar.

Haqiqiy o'zingizni hurmat qilish - bu o'zingizni qabul qilish ga o'zingizga g'amxo'rlikka asoslangan do'stona munosabatda bo'lishdir.

O'zingizni ichingizdan do'st topish juda yaxshi. Yaxshi yomon kunlarda doim o'zingiz bilan birga bo'ling. Mehr bilan oynaga qarang, qoshlaringizni chimirmang, kamchiliklar qidirmang.
Iqtidorni namoyon qilishga to'sqinlik qilmasdan, o'zingiz qo'llab-quvvatlang.


Siz do'stingizga O'zini sevish uchun qaysi maslahatlarni berasiz?