Get Mystery Box with random crypto!

Hamma narsam bor-uu , lekin baxtsizman Bu holat sizga tanish | Muattar Musayeva

Hamma narsam bor-uu , lekin baxtsizman

Bu holat sizga tanishmi? Nega hamma narsamiz bo'la turib baxtsiz bo'lishimiz mumkin?

Bu savol ko'pchilik qatori meni ham doim o'ylantirardi. Uyim-joyim bor, erim yonimda, farzandlarim bor, hamma narsam bor, lekin baxtni his qilolmayman, doim uni izlayman! Baxtni qidirib turmushga chiqdim, baxtni qidirib farzandli bo'ldim, baxtni qidirib alohida uyga ko'chib chiqdik, ammo hali ham qidormoqdaman

Bu holat menda uzoq vaqt davom etgan. Hamma narsam bo'lsada, menga baxt yetishmasdi. Shunda uni izlay boshladim. Uni topish uchun kitoblar tita boshladim!

Sekin-asta anglay boshladim-ki , menga baxtli bo'lishim uchun ilm yetishmayapti. Va psixologiya sohasida ilk o'qigan kitobim Deyl Karnegining kitoblari va "Tentakning tajribasi" edi. Shundan so'ng, baxtni ilmdan qidira boshladim. Va qandaydir ma'noda topgandim ham.

Ammo meni doim qandaydir qo'rquv taqib qilardi, o'zimga bo'lgan ishonch yetishmasligi sababli. Erimdan ayrilib qolishdan juda qo'rqardim. Buni sezgan yaqinlarim esa, menga ha deb tanqid qilardilar. Va men o'qib o'rgana boshladim, shu qo'rquvim meni psixologiyani o'rganishga olib kirdi

Raskopka haqida eshitib, uni o'rganishga qaror qildim va o'rgandim ham. Menda bu qo'rquv bolalikdan bo'lganligi sababini aniqlab, uni raskopka yordamida bartaraf qildim. Hozirgi kunda men o'zimga ishonganim sababli, erimni oilamni yo'qotish qo'rquvi menda yo'q. Shuning uchun ham qalbim xotirjam. Aynan manashu BAXT. Baxt bu qalb xotirjamligi!

Men shu baxtni hamma joylardan qidirdim, ammo uni anglashga, menda ilm yetishmasdi.

Va ilm olish uchun ilk qadamni qo'ydim. Birinchi o'qigan va meni hayotimni 180 ⁰ gradusga o'zgarishiga sabab bòlgan "SHUKRONALIK" kursi edi. O'sha vaqtda menda pul bo'lmasdi, hech qayerda ishlamasdim, erimdan ham ololmasdim, akam meni qo'llab kursda o'qishim uchun investitsiya kirgazganlar va mativatsiya berganlar. Keyinchalik prof kurslarda o'qidim. Va 2019-yilda "RASKOPKA" metodikasini o'rgandim (ya'ni hozirgi hayotimizda mavjud muammolarning ildizini aniqlab, uni bartaraf qilish).

Hozirgi kunda aynan menga qo'rquvlarimdan qutulishga yordam bergan raskopka metodikasi yordamida insonlarni o'zlarini topishga yordam berib kelmoqdaman

@Muattar_Musayeva