Get Mystery Box with random crypto!

MAKTAB️

Telegram kanalining logotibi maktab_e — MAKTAB️ M
Telegram kanalining logotibi maktab_e — MAKTAB️
Kanal manzili: @maktab_e
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 75.90K
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz!
Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot
Reklama bo‘yicha: @reklama_da

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar

2024-05-13 12:23:36 METODIK KUNLAR QAYTA JORIY ETILISHI MUMKIN

Metodik kunlar “Kasbiy rivojlanish kunlari” sifatida qayta joriy qilinishi kutilmoqda. Metodik kunlar va fan oyliklarini o‘tkazish tartibi sobiq Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidovning buyrug‘i bilan bekor qilib yuborilgandi.

Dushanba – Aniq fanlar (matematika, informatika va axborot texnologiyalari) fani;

Seshanba – Filologiya fanlari (Ona tili va adabiyot, O‘zbek tili/rus tili);

Chorshanba – Tabiiy fanlar (fizika va astronomiya, kimyo, biologiya, geografiya va iqtisodiyot, tabiiy fan (Science);

Payshanba – Ijtimoiy fanlar (tarix, davlat va huquq asoslari, tarbiya);

Juma – Xorijiy tillar;

Shanba – Amaliy fanlar va boshlang‘ich ta’lim (tasviriy san’at, chizmachilik, musiqa madaniyati, texnologiya, jismoniy tarbiya, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, boshlang‘ich ta’lim).

Xalq talimi info

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
18.8K viewsedited  09:23
Ochish/sharhlash
2024-05-13 08:37:55 Xorijiy tillardan dars beruvchi ustozlar diqqatiga!

Vazirlar Mahkamasining "Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2021-yil 19-maydagi 312-son qaroriga muvofiq:

2024/2025-o‘quv yiliga qadar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi belgilangan.

Mazkur talabdan kelib chiqqan holda, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi barcha xorijiy til ustozlari  2024/2025-o‘quv yiliga qadar kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishi lozimligini eslatadi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
18.8K views05:37
Ochish/sharhlash
2024-05-13 04:53:45 Akademik litsey va professional taʼlim muassasalari pedagoglari uchun attestatsiyaning ikkinchi bosqichi 20—24-may kunlari o‘tkaziladi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan pedagog.edu.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan akademik litsey va professional taʼlim muassasalari pedagog kadrlari uchun attestatsiyaning ikkinchi bosqichi test shaklida joriy yilning 20—24-may kunlari belgilangan grafikka asosan o‘tkaziladi.

Test sinovlari markazlashgan holda har bir hududda tashkil etilgan kompyuterli xonalarda olib boriladi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini pedagog.edu.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali aniqlashlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
15.0K views01:53
Ochish/sharhlash
2024-05-12 06:18:55 Dam olish kunlari vaqtingizni behuda o‘tkazmang.

Keling bilimingizni sinab ko‘ring.
“TOIFA TEST” boti test ishlashingizda yordam beradi. Dam olib test ishlang.

Test ishlashni yaqinlaringizga ham tavsiya qiling. Buning uchun ushbu xabarni guruhlarda ulashing.


Test ishlash

Botga kirish
19.7K views03:18
Ochish/sharhlash
2024-05-11 16:31:30 YANGI NIZOMGA KO'RA METODBIRLASHMA RAHBARI VA A'ZOLARINING MAJBURIYATLARI QUYIDAGICHA

Metodbirlashma rahbarining majburiyatlari:

Metodbirlashmaning ish rejasini tuzish va uning bajarilishini nazorat qilish;

yosh oʻqituvchilarga uslubiy yordam koʻrsatish;

tegishli fanlarni oʻqitish sifatiga eʼtibor berish, Metodbirlashma faoliyati yuzasidan pedagogik kengashga hisobot berish;

taqvim-mavzu rejalarning oʻqituvchilarga yetkazilishini taʼminlash;

ochiq dars hamda mahorat darslarini tashkillashtirish.


Metodbirlashma har bir aʼzosining majburiyatlari:

har bir oʻqituvchi kamida bitta Metodbirlashmaga aʼzo boʻlishi;

Metodbirlashma oʻtkazadigan yigʻilishlari va tadbirlarda qatnashishi;

uzluksiz kasbiy rivojlanish uchun doimiy harakatda boʻlish;

pedagogning huquqiy-meʼyoriy faoliyatini bilishi va unga amal qilishi; formativ va summativ baholash jarayonlarini toʻgʻri tashkil etish;

pedagogik faoliyatida oʻz-oʻzini tahlil qilib borishi lozim.


Asos: MMTV ning 2024-yil 5-yanvardagi 8-sonli buyrug‘i

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
24.2K views13:31
Ochish/sharhlash
2024-05-11 15:30:02
Barcha O'zbekiston fuqarolarini ishga taklif qilamiz:

Imkoniyatlarimiz:
-400$ dan 1500$ ga qadar oylik maosh;
-Rasmiy hamda qonuniy ish;
-Hech qanday harakatlarsiz ishlash imkoniyati;
-O'sib boruvchi oylik;
-Har oy oldindan oylik maoshning 4 dan 2 qismi beriladi;
-Ish turi: online

Batafsil ma'lumotga ega bo'lmoqchi bo'lsangiz bugun soat 21:30 da bo'lib o'tadigan ovozli chatimizda qatnashing:
https://t.me/+TnF_-GWYnNRlYjBi
https://t.me/+TnF_-GWYnNRlYjBi
16.7K views12:30
Ochish/sharhlash
2024-05-11 14:03:24 UY TA’LIMI UCHUN JURNAL QUYIDAGICHA YURITILADI.

Uy ta’limida tahsil olayotgan o’quvchilarga olgan baholari haqida har bir fan bo‘yicha alohida yuritiladigan baholash daftari yuritiladi va qayd etib boriladi.

O‘quvchining baholash daftariga qo‘yilgan baholar o‘quvchi ro‘yxatda turgan maktabning sinf jurnaliga yoki o‘quvchilarning davomati va o‘zlashtirishini hisobga olish elektron tizimiga (kundalik.com ga) kiritib boriladi.

Ota-onalar tomonidan baholash daftariga o‘qituvchilar tomonidan dars mashg‘ulotlari o‘tkazilganligini tasdiqlovchi imzo qo‘yiladi.

O‘quvchi olgan baholarning sanasi va dars mashg‘ulotining mavzusi sinf jurnalidagi sana va mavzuga to‘g‘ri kelmasligi mumkin.

BAHOLASh DAFTARI quyidagi ketma-ketlikda bo’ladi

Sana Mavzu nomi O‘quvchiga qo‘yilgan baho Uy vazifasi Ota-onasining imzosi

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qarori

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
17.6K views11:03
Ochish/sharhlash
2024-05-11 13:00:03
Universitetni to‘g‘ri tanlash — ish topish muammosidan xalos qiladi!

Aynan shuning uchun ham sizga «Japan Digital University»ni tavsiya qilamiz.

Sababi, ushbu oliygohni muvaffaqiyatli bitirgan talabalarni universitet Yaponiyada ish bilan ta'minlaydi.

Shuningdek, universitetimizda:

• "Muhandis-dasturchi";
• "Kompyuter grafikasi va dizayn";
• "Sun'iy intellekt";
• "Kiberxavfsizlik";
• "Filologiya va tillarni o'qitish" (yapon tili);
• "Turizm" kabi yo‘nalishlarda ta'lim olishingiz mumkin.

Aytgancha, universitetga kirish uchun sizdan yapon tilini bilish talab etilmaydi

Qabul 17-maygacha davom etadi. Shunday ekan, hujjatlaringizni topshirishga shoshiling!

  HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN

Youtube I Telegram I Facebook I Instagram
15.2K views10:00
Ochish/sharhlash
2024-05-10 19:33:41 MAKTABDA KIMGA USTAMA, KIMGA MUKOFOT, KIMGA MODDIY YORDAM BERILAYOTGANLIGI BO’YICHA MA’LUMOTLAR, MAKTABNING BARCHA XODIMLARIGA YETIB BORISHI SHART.

Bizga kelayotgan ma’lumotlarga ko‘ra ko‘p maktabning o‘qituvchi va xodimlari o‘zlari ishlayotgan  maktablarida kimlar ustama olishi, kimlarga moddiy rag‘bat berilganligi, kimlarga moddiy yordam berilganligi haqida umuman bilishmas ekan. 

Xo‘sh, aslidachi? Aslida ularga bu haqida kimdir aytishi kerakmi? Yoki, bu ma’lumotlar sir tutiladimi?

Bizga ma’lumki Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qaroriga asosan ishchi guruh chiqargan qarorlar haqida maktabning har bir xodimi bilishi kerak. Bu haqida nizomning 18-bandida aynan quyidagicha yozilgan:

“Umumta’lim muassasasining hammaga ko‘rinadigan joyidagi axborotlar stendi hamda maktabning Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida Ishchi guruhning qarori to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar muntazam ravishda e’lon qilib boriladi.”

Soddaroq qilib aytganda, ishchi guruh qarori bilan hamma tanishishi kerakdir. Bundan tashqari, nizomda kimga ustama, kimga mukofot, kimga moddiy yordam berish haqidagi qaror pedagogik kengashda ham ko‘rilishi kerak. Yangi o‘quv yili boshlanishdan oldin ishchi guruh tomonidan 1-sonli pedkengashda kimlarga ustama tayinlanganligi haqida axborot berilishi kerak.

Agar maktablarda ishchi guruh qarorlari haqida hech kimni xabardor qilinmayotganligi holati bo‘lsa nizomning tegishli bandlari buzilgan hisoblanadi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
13.8K views16:33
Ochish/sharhlash
2024-05-10 18:32:41
Prezident maktablari imtihonlariga 2 oydan kamroq vaqt qoldi.

Imtihonlarga oz qoldi lekin farzandingiz va oʻquvchilaringiz imtihonga tayyormi?

Men Abrorjon Farmonov natijalarim va taklifim bilan tanishtirsam

Prezident maktabi 6/7
Al-Xorazmiy maktabi 3/4
Ixtisoslashtirilgan maktablarga esa 8/8 natija qilganman va bu qatorda sizham boʻlishingiz mumkin .

Oʻqituvchilik faoliyatimdan kelib chiqib ayta olaman muammoli masalalar mavzusi koʻpchilik ustozlar va oʻquvchilarda muammo (menda yechim bor)

Sizlarni 11-mayda boʻladigan darsga taklif qilaman, muammoli masalalarni qanday qilib tez ishlash boʻyicha master klas va muammoli masalaning eng qiyin mavzularini osongina oʻrganamiz

Darslarga qatnashish uchun telegram kanalga obuna boʻling

https://t.me/farmonov_piima
https://t.me/farmonov_piima
https://t.me/farmonov_piima
13.0K views15:32
Ochish/sharhlash