Get Mystery Box with random crypto!

YANGI NIZOMGA KO'RA METODBIRLASHMA RAHBARI VA A'ZOLARINING MAJ | MAKTAB️

YANGI NIZOMGA KO'RA METODBIRLASHMA RAHBARI VA A'ZOLARINING MAJBURIYATLARI QUYIDAGICHA

Metodbirlashma rahbarining majburiyatlari:

Metodbirlashmaning ish rejasini tuzish va uning bajarilishini nazorat qilish;

yosh oʻqituvchilarga uslubiy yordam koʻrsatish;

tegishli fanlarni oʻqitish sifatiga eʼtibor berish, Metodbirlashma faoliyati yuzasidan pedagogik kengashga hisobot berish;

taqvim-mavzu rejalarning oʻqituvchilarga yetkazilishini taʼminlash;

ochiq dars hamda mahorat darslarini tashkillashtirish.


Metodbirlashma har bir aʼzosining majburiyatlari:

har bir oʻqituvchi kamida bitta Metodbirlashmaga aʼzo boʻlishi;

Metodbirlashma oʻtkazadigan yigʻilishlari va tadbirlarda qatnashishi;

uzluksiz kasbiy rivojlanish uchun doimiy harakatda boʻlish;

pedagogning huquqiy-meʼyoriy faoliyatini bilishi va unga amal qilishi; formativ va summativ baholash jarayonlarini toʻgʻri tashkil etish;

pedagogik faoliyatida oʻz-oʻzini tahlil qilib borishi lozim.


Asos: MMTV ning 2024-yil 5-yanvardagi 8-sonli buyrug‘i

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e