Get Mystery Box with random crypto!

MAKTAB️

Telegram kanalining logotibi maktab_e — MAKTAB️ M
Telegram kanalining logotibi maktab_e — MAKTAB️
Kanal manzili: @maktab_e
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 79.64K
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz!
Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot
Reklama bo‘yicha: @reklama_da

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2024-05-10 19:33:41 MAKTABDA KIMGA USTAMA, KIMGA MUKOFOT, KIMGA MODDIY YORDAM BERILAYOTGANLIGI BO’YICHA MA’LUMOTLAR, MAKTABNING BARCHA XODIMLARIGA YETIB BORISHI SHART.

Bizga kelayotgan ma’lumotlarga ko‘ra ko‘p maktabning o‘qituvchi va xodimlari o‘zlari ishlayotgan  maktablarida kimlar ustama olishi, kimlarga moddiy rag‘bat berilganligi, kimlarga moddiy yordam berilganligi haqida umuman bilishmas ekan. 

Xo‘sh, aslidachi? Aslida ularga bu haqida kimdir aytishi kerakmi? Yoki, bu ma’lumotlar sir tutiladimi?

Bizga ma’lumki Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qaroriga asosan ishchi guruh chiqargan qarorlar haqida maktabning har bir xodimi bilishi kerak. Bu haqida nizomning 18-bandida aynan quyidagicha yozilgan:

“Umumta’lim muassasasining hammaga ko‘rinadigan joyidagi axborotlar stendi hamda maktabning Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida Ishchi guruhning qarori to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar muntazam ravishda e’lon qilib boriladi.”

Soddaroq qilib aytganda, ishchi guruh qarori bilan hamma tanishishi kerakdir. Bundan tashqari, nizomda kimga ustama, kimga mukofot, kimga moddiy yordam berish haqidagi qaror pedagogik kengashda ham ko‘rilishi kerak. Yangi o‘quv yili boshlanishdan oldin ishchi guruh tomonidan 1-sonli pedkengashda kimlarga ustama tayinlanganligi haqida axborot berilishi kerak.

Agar maktablarda ishchi guruh qarorlari haqida hech kimni xabardor qilinmayotganligi holati bo‘lsa nizomning tegishli bandlari buzilgan hisoblanadi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
13.8K views16:33
Ochish/sharhlash
2024-05-10 18:32:41
Prezident maktablari imtihonlariga 2 oydan kamroq vaqt qoldi.

Imtihonlarga oz qoldi lekin farzandingiz va oʻquvchilaringiz imtihonga tayyormi?

Men Abrorjon Farmonov natijalarim va taklifim bilan tanishtirsam

Prezident maktabi 6/7
Al-Xorazmiy maktabi 3/4
Ixtisoslashtirilgan maktablarga esa 8/8 natija qilganman va bu qatorda sizham boʻlishingiz mumkin .

Oʻqituvchilik faoliyatimdan kelib chiqib ayta olaman muammoli masalalar mavzusi koʻpchilik ustozlar va oʻquvchilarda muammo (menda yechim bor)

Sizlarni 11-mayda boʻladigan darsga taklif qilaman, muammoli masalalarni qanday qilib tez ishlash boʻyicha master klas va muammoli masalaning eng qiyin mavzularini osongina oʻrganamiz

Darslarga qatnashish uchun telegram kanalga obuna boʻling

https://t.me/farmonov_piima
https://t.me/farmonov_piima
https://t.me/farmonov_piima
13.0K views15:32
Ochish/sharhlash
2024-05-10 16:31:58 LABARANTNING FUNKSIYANAL LAVOZIM MAJBURIYATLARI QUYIDAGICHA

Tegishli fan (kimyo, biologiya, fizika) xonasining mavjud laboratoriya asbob-uskunalari, 
oʻquv jihozlarini yaxshi holatda saqlanishini taʼminlash;

laboratoriya mashgʻulotiga jihozlarini tayyorlash va ulardan foydalanish uchun texnik 
tayyorgarlik koʻrish;

laboratoriya mashgʻulotlariga tegishli preparatlarni toʻgʻri saqlanishini va ulardan oqilona 
foydalanishni taʼminlash;

tegishli fan oʻqituvchisidan zarur boʻlgan maʼlumotlar va materiallarni olgan holda 
darslarga oʻquv jihozlarini oʻz vaqtida tayyorlash;

zarur roʻyxat, shuningdek laboratoriya va koʻrgazmali mashgʻulotlarga oid oʻquv 
jihozlarini darsga tayyorlash;

mashgʻulot jarayonida belgilangan tartib qoidalarga amal qilmagan oʻquvchilar toʻgʻrisida tegishli fan oʻqituvchisiga va maktab rahbariyatiga axborot berish;

oʻqituvchilardan qurilmalarni qabul qilish va laboratoriya xonasini amaliy mashgʻulotdan 
soʻng tozalash;

laboratoriya mashgʻulotlari uchun sarflangan moddalar (reaktivlar va boshqalar)ni hisobini olib borish daftarini yuritish;

laboratoriya va koʻrgazmali mashgʻulotlarida oʻqituvchi yordamchisi sifatida dars 
jarayonida qatnashish;

laboratoriya va koʻrgazmali mashgʻulotlari oxirida barcha javonlarning yopilishini 
taʼminlash, suv joʻmraklarini tekshirish va barcha elektr asboblarini oʻchirish;

laboratoriya mashgʻuloti davomida nosoz holatga kelgan moslamalar, asboblar, texnik 
oʻquv vositalaridan foydalanishni taqiqlash;

oʻquvchilarni laboratoriya oʻquv jihozlari va moddalar (reaktiv va boshqalar)dan 
foydalanish boʻyicha xavfsizlik va gigiyena qoidalari bilan tanishtirish va ularning qatʼiy amal qilishini nazorat qilish;

elektr jihozlari, suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini elektrik va boshqa texnik xodimlar bilan birgalikda tekshirish, shamollatish tizimining ish holatini kuzatib borish;

laboratoriya oʻquv jihozlari va moddalar (reaktiv va boshqalar)ni xatlovdan oʻtkazishda ishtirok etish;

tegishli fan (kimyo, biologiya, fizika) xonasining sarflangan moddalar (reaktiv va boshqalar) va materiallar, yaroqsiz holga kelgan qurilmalar, laboratoriya anjomlari va boshqalarni hisobga olgan holda oʻquv jihozlari buyumlariga boʻlgan ehtiyojini aniqlash va talabnoma tayyorlash;

tegishli fan (kimyo, biologiya, fizika) xonasiga oid asbob-uskunalar va boshqa moddiy boyliklarning buyumlarini hisobdan chiqarish ishlarida qatnashish;

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;

taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni 
tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;

foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy 
texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

Asos: MMTV ning 2023-yil 20-dekabrdagi 565-sonli buyrug‘i.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
16.4K views13:31
Ochish/sharhlash
2024-05-09 18:43:12 YANGI BAHOLASH MEZONIGA KO‘RA METODBIRLASHMA RAHBARIGA 10% USTAMA QUYIDAGI QILINGAN ISHLARI UCHUN BERILADI.

Vazirlar Mahkamasining 823-sonli qarori bo‘yicha umumtaʼlim muassasasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha metodbirlashma rahbarlariga 10% ustama berish mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Xo‘sh, bu ustamalar qaysi mezon asosida belgilanadi? Ushbu mezon Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 22-avgustdagi 02-02/1-1347-sonli xatida belgilab berilgan.

Unga ko‘ra metodbirlashma rahbarlari quyidagi ishlarni bajarishlari kerak bo‘ladi.

Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma aʼzolari uchun kamida 3 va undan ortiq metodik tadbir (o‘quv-seminar, mahorat darslari, fanga doir qo‘shimcha maʼlumotlar, yangiliklar muhokamasi yuzasidan davra suhbati va hokazo) tashkil etilgan bo‘lishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma aʼzolariga taʼlim-tarbiya jarayonida foydalanish uchun chorakda 1 ta pedagogik texnologiya yoki o‘quvchilarning fanni o‘zlashtirishdagi bo‘shliqlarini to‘ldirish usullari tavsiya etilgan boʼlishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan umumta’lim muassasasida boshqa fan metodbirlashmalari bilan fanlararo integratsiyani kuchaytirish va STEAM yondashuvni samarali tashkil etish masalasi chorakda bir marta muhokama qilinishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan umumtaʼlim muassasasida metodbirlashmaga a’zo bo’lgan o‘qituvchilarning barchasi “Ochiq dars”lar tashkil etishini nazorat qilishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma yig‘ilishini chorakda bir marta o‘tkazilgan bo‘lishi kerak.

Qilingan ishlar yuzasidan metodbirlashma rahbari maktabda tuzilgan ishchi guruhga bir varoqdan oshmagan holda qisqa ma’lumot va ikki dona fotolavha taqdim etishi kerak bo‘ladi. Ishchi guruh qilingan ishlarni 100 ballik tizimda ballaydi va eng kamida 61 ball to‘plangan taqdirda 10% ustama belgilaydi.


Ushbu baholash mezonlarining to‘liq matni.

ESLATMA: sinf rahbarlari metodbirlashmasi rahbariga 10% li ustama to‘lanmaydi. Chunki, ustama faqatgina fan yo‘nalishidagi metodbirlashma rahbariga to‘lanadi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
25.4K views15:43
Ochish/sharhlash
2024-05-09 17:29:02
Prezident maktablari imtihonlariga 2 oydan kamroq vaqt qoldi.

Imtihonlarga oz qoldi lekin farzandingiz va oʻquvchilaringiz imtihonga tayyormi?

Men Abrorjon Farmonov natijalarim va taklifim bilan tanishtirsam

Prezident maktabi 6/7
Al-Xorazmiy maktabi 3/4
Ixtisoslashtirilgan maktablarga esa 8/8 natija qilganman va bu qatorda sizham boʻlishingiz mumkin .

Oʻqituvchilik faoliyatimdan kelib chiqib ayta olaman muammoli masalalar mavzusi koʻpchilik ustozlar va oʻquvchilarda muammo (menda yechim bor)

Sizlarni 11-mayda boʻladigan darsga taklif qilaman, muammoli masalalarni qanday qilib tez ishlash boʻyicha master klas va muammoli masalaning eng qiyin mavzularini osongina oʻrganamiz

Darslarga qatnashish uchun telegram kanalga obuna boʻling

https://t.me/farmonov_piima
https://t.me/farmonov_piima
https://t.me/farmonov_piima
18.8K views14:29
Ochish/sharhlash
2024-05-09 08:48:47 75,6 balldan kam ball toʻplagan abituriyentlar o‘qishga kirolmaydi

O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali 2 bosqichda oshiriladi.

Bunda:

sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaru
v yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball;

boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi.

Amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball edi
.

BahoIashUz

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
39.1K views05:48
Ochish/sharhlash
2024-05-08 08:54:47 USTAMA OLISH UCHUN PEDAGOGLAR QUYIDAGI BALLARNI TO‘PLASH KERAK

Umumta’lim muassasalari pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga direktor jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustamalar yangi oʻquv yili uchun oʻtgan oʻquv yili yakunlari boʻyicha belgilanadi. Bunda pedagoglar quyidagi ballarni to‘plashi kerak.

65 — 70 ball toʻplasa — 10 foiz;
71 — 75-ball toʻplasa — 15 foiz;
76 — 80 ball toʻplasa — 20 foiz;
81 — 85 ball toʻplasa — 25 foiz;
86 — 90 ball toʻplasa — 30 foiz;
91 — 95 ball toʻplasa — 35 foiz;
96 — 100 ball toʻplasa — 40 foiz.


Baholash mezonlarni ushbu havola orqali topishingiz mumkin.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
18.7K views05:54
Ochish/sharhlash
2024-05-07 06:41:39 Endi davlat granti o‘rinlari eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlar tanlovi asosida belgilanadi

Ta’lim doim rivojlanib, yangilanib boradigan jarayon. Bu yo‘nalishdagi islohotlarni jadallashtirish maqsadida, davlatimiz rahbarining shu yil 2-fevraldagi qaroriga asosan, “Ta’lim sohasida loyihalar markazi” loyiha ofisi tuzilgan edi. O‘tgan vaqt mobaynida ushbu ofis tomonidan vazirliklar bilan birga o‘quv jarayonlarini yangi tamoyillar asosida tashkil etish, kadrlar salohiyatini oshirish, ta’lim xizmatlari sifatini xalqaro standartlar darajasiga ko‘tarish bo‘yicha chora-tadbirlar va istiqbolli tashabbuslar ishlab chiqildi.

6-may kuni Prezident huzurida oliy ta’lim yo‘nalishlarini optimallashtirish, qabul va malaka tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Bugungi kunda bakalavriatda 306 ta yo‘nalish, magistraturada 625 ta mutaxassislik bor. Lekin ularning ayrimlari xalqaro standartlar va zamonaviy mehnat bozori talablariga mos emas. Bu bitiruvchilarda to‘liq malaka shakllanishi va ularning ishga joylashishida muayyan qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.

Shu bois ta’limning xalqaro tasnifi, ilg‘or xorijiy tajriba asosida bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqish hamda ayni paytda talab yuqori bo‘lgan sohalarda yangi yo‘nalishlar ochish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Oliy o‘quv yurtlarida ta’lim jarayonlarini raqamlashtirgan holda dekanatlar va boshqa ma’muriy tuzilmalarni optimallashtirish masalasi ham muhokama etildi. Shu nuqtayi nazardan, 1 sentyabrga qadar o‘quv jarayonlarini to‘liq qayta ko‘rib chiqib, yangi tizimni joriy etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Keyingi asosiy masala bu – oliy ta’limga qabul tizimini yanada adolatli qilish va davlat grantlarini iqtidorga yo‘naltirish. Hozirgi qabul tizimi, kvotalarning taqsimlanishi raqobatni to‘liq ta’minlamayapti. Ayrim abituriyentlar yuqori ball to‘plasa-da, topshirgan oliygohining kvotasi soniga qarab, o‘qishga kirolmay qolishi mumkin.

Yangi tartibga ko‘ra, muayyan bir yo‘nalishga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball to‘plagan abituriyent, tanlagan oliy ta’lim muassasasidan qat’i nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi. Ya’ni, yuqori ball olgan yoshlar o‘qishga kirmay qolmaydi.

Yana bir yangilik: endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi.

Davlatimiz rahbari bu tizimni adolatli yo‘lga qo‘yish, yoshlarga va ota-onalarga yetkazish zarurligini ta’kidladi.

Malaka talablari bo‘yicha ham dolzarb masalalar ko‘p. Yurtimizdagi ayrim mezonlar xalqaro standartlarga va ish beruvchi talablariga to‘liq mos kelmaydi. Mehnat bozorida mavjud 8 mingga yaqin ishchi kasbdan 5 mingdan ortig‘i bo‘yicha malaka standartlari ishlab chiqilmagan. Borlari ham aniq va sifatli emas.

Shuningdek, malakani baholash markazlarida sertifikatlash yo‘lga qo‘yilmagan. Milliy malaka tizimiga doir jarayon va hujjatlar Elektron platformada yuritilmaydi.

Shu bois Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutini tashkil qilib, ish beruvchilar bilan birga malaka talablarini to‘liq ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

– Bu aholi bandligiga bevosita daxldor dolzarb masala. Shuning uchun bu borada qonunlar ishlab chiqib, vazirlik va idoralar mas’uliyatini belgilash, ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Taqdimotda muhandislik sohasidagi ta’lim sifati ham tahlil qilindi.

Mamlakatimizda yiliga 3 mingdan ziyod sanoat korxonalari tashkil etilib, 146 ming ish o‘rni yaratilayapti. Ularda yiliga 25 mingdan ziyod muhandis va texnologlarga ehtiyoj bor.

Bu yo‘nalishda 33 ta davlat oliygohida kadrlar tayyorlansa-da, ta’lim sifati talab darajasida emas. Ilg‘or xorijiy universitetlarda allaqachon to‘xtatilgan ayrim fan va mutaxassisliklar hali ham o‘qitilmoqda. O‘quv reja va dasturlarining qariyb yarmi mehnat bozori va xalqaro standartlarga javob bermaydi.

Mutasaddilarga ushbu ta’lim yo‘nalishida keskin o‘zgarish yasash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
22.5K views03:41
Ochish/sharhlash
2024-05-06 19:32:20 Zo‘r xabar: endi davlat granti 4-yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi.

Bu haqda bugun Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy ta’lim tizimi bo‘yicha bo‘lgan taqdimotda aytildi.

Davlatimiz rahbari bu tizimni adolatli yo‘lga qo‘yish, yoshlarga va ota-onalarga yetkazish zarurligini ta’kidladi.

xushnudbek

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
14.3K views16:32
Ochish/sharhlash
2024-05-06 11:08:33 BILASIZMI, KUNDALIK.COM DA O’QITUVCHI QUYIDAGI FUNKSIYALARNI BAJARADI.

Xalq ta'limi vazirining 2022-yil 24-iyundagi 205-sonli buyrug’iga ko’ra pedagoglar elektron kundalik jurnalini yuritishda quyidagi funksiyalarni bajaradi.

1-chorak boshida ish rejalarni kundalikka joylaydi (mavzularni kunligini-kunda kiritsa ham bo’laveradi). Bayram yoki ishlanmaydigan kundagi mavzularni tig’izlatadi.

2-darsda qatnashgan o’quvchilarni kamida 30% ni baholaydi. Bunda 1 smenalik maktablar soat 9.00-21.00 gacha bo’lgan muddatda, 2 smenalik bo’lgan maktablar joriy kundan ertasi kuni soat 13:00 gacha baholashi kerakdir. O’quvchilarni o’z vaqtida baholamaslik, o’qituvchini dars o’tmaganligini bildiradi va ushbu dars uchun haq to’lanmaydi.

3-online tartibda kiritilgan baholarni 72 soat ichida o’zgartirish, qo’shimcha kiritishga ruxsat beriladi.

4-dars boshlanganda davomatni online tarzda kiritadi. Bunda faqat ikkita belgini qo’yadi. Kichkina “s” belgisi-o’quvchi sababsiz dars qoldirganda. Kichik “kq” belgisi-o’quvchi kech qolganda (baholash mumkin). Davomat bo’yicha qolgan belgilarni (s,dq, k, kq, m, ch, q, ns, tq) sinf rahbari kiritadi.

Shuningdek 205-sonli buyrug’da maktab rahbarlari va sinf rahbarining ham vazifalari ko’rsatib o’tilgan. Bu haqda avvali postlarimizda xabar bergan edik.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
20.8K views08:08
Ochish/sharhlash