Get Mystery Box with random crypto!

Madina Mavlonova blogi

Telegram kanalining logotibi madinamavlonovablogi — Madina Mavlonova blogi M
Telegram kanalining logotibi madinamavlonovablogi — Madina Mavlonova blogi
Kanal manzili: @madinamavlonovablogi
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 505
Kanalning ta’rifi

✅ Grafik Dizayn va hayot haqida shaxsiy fikrlarim
✳️ Muallif: @Madina_Mavlonova
✳️ Shaxsiy kanalim : @illustros
✳️ YouTube: youtube.com/MadinaMavlonova

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-06-12 20:12:13
#arxiv #logo
Bu men chizgan eng birinchi logo. Logoni "Dangasa" nomli online mobil ilova uchun chizgandim. Bu logoni hali logotip nima uchun kerakligini va "Dizayn" so'zining "D" harifini ham tushunmagan paytimda chizgandim.

Aynan shu logotip eng birinchi buyurtmam edi va shu logotip orqali dizayn kareramga yo'l ochilgandi. Tarixi qiziq.

Logoni qanchaga sotganman, nima deb o'ylaysiz?
427 viewsMadina Mavlonova, 17:12
Ochish/sharhlash
2022-06-09 07:59:50 Brend bu shartnoma kabi tushuncha. Shartnomada nimalar boʻlishi, nimalar vaʼda qilinishi yoziladi. Shartnoma haqqoniy va rostgoʻy boʻlishi kerak. Berilgan vaʼdalariga amal qilishi kutiladi.

Brend ham shunday ishlaydi. Agarda berilgan vaʼdalariga amal qilinmasa, yolgʻon ishlatilsa, unda brend boʻla olmaydi va bunday firmaning (maxsulotning) kelajagi yoʻq.
432 viewsMadina Mavlonova, 04:59
Ochish/sharhlash
2022-03-22 21:00:27 Madina Mavlonova blogi pinned a photo
18:00
Ochish/sharhlash
2022-03-22 21:00:22
#maqola

Grafik dizayn o‘rganishni boshlashdagi xatolikar.

Grafik dizayn kasbini o'rganishni maqsad qilgan bo'lsangiz sohani qanday o'rganish mumkinligi sizni qiziqtirsa kerak. Ko'pchilik dizaynni o'rganishni boshlaganda xatoliklar qilishni boshlashadi.

Ushbu xatoliklarga yo'l qo'ymaslik uchun Javohir Nazarov tajribali grafik dizayner akamiz o'zbek tilida ajoyib foydali maqola yozganlar. Shuningdek Javohir Nazarovning juda ham foydali boshqa maqolalari bilan ham tanishib chiqishni tavsiya qilaman.

Maqolani o'qish uchun shu yerga bosing.

@illustros
838 viewsMadina Mavlonova, 18:00
Ochish/sharhlash
2022-03-06 19:47:27
#book #design #branding

2022-yildagi rejalarimdan biri dizayn haqidagi kitoblarni bosma formatda o'qish edi, sababi elektron kitoblarni o'qiganda kitob o'qishni mazasini sezmasdim, ishtiyoq ham kuchli emasdi. Bosma kitoblarni o'qish esa ancha qiziqarli va samaraliroq. Ayniqsa dizayn va marketingga aloqador kitoblarni o'qishni juda yaxshi ko'raman.

Yanvar oyidan boshlab bu niyatimga erishishni boshladim, Fido Studio'ga ishga kirganimda ofisdagi dizayn bo'yicha kitoblarning barchasini stolim oldiga yig'ib oldim.

Bugun yana ikkita ajoyib kitob qo'limda. Tez orada bu kitoblarni o'qib chiqib olgan bilimlarim bilan bo'lishishga harakat qilaman.

P.S. Bu kitoblarni menga sovg'a qilishdi, shu sababli "qayerdan oldingiz" deb so'rasangiz bundan xabarim yo'q)
927 viewsMadina Mavlonova, 16:47
Ochish/sharhlash
2022-03-05 20:16:27
Biron idea bering!

Ko'pchilik dizaynni o'rganuvchi shogirdlar ustozidan yoki boshqa tajribali dizaynerlardan "Mana shunaqa mavzuga qanaqa dizayn qilsam bo'ladi, idea bering" deb so'rashadi. Lekin tajribali dizayner bo'lgani bilan xohlagan dizaynga turli xil idealarni darrov generatsiya qilib tashlay olmaydi. Chunki idea bu ko'p izlanishlar va kuzatishlar davomida keladi.

Shaxsan mendan ham ko'pchilik biron idea bering deb so'rab turishadi. Bunaqa paytda men doim aytadigan gapim "Shu mavzuda boshqa dizaynlarni ko'ring izlaning, kuzating" deyman. Ba'zilari menga vaqt ajratmayapti, yoki ideasini qizg'anayapti deb o'ylashi mumkin. Lekin biron idea berishim uchun men ham soatlab yoki kunlab izlanishimga to'g'ri keladi. Bu degani agar 3-4 ta odam bir vaqtda mendan idea berishimni so'rab qolsa o'zimni butun ishlarimni tashlab ular uchun ishlashimga to'g'ri keladi degani. Bunday qilishni esa iloji yo'q.

Aslida har bir dizayner o‘zi mustaqil idea topishni o‘rgansa bu albatta o‘ziga katta foyda bo‘ladi.
526 viewsMadina Mavlonova, 17:16
Ochish/sharhlash
2022-02-28 15:20:44
#vacancy

Fido Studio jamoasiga Photoshop dasturini yaxshi biladigan dizayner qidirilmoqda.

Murojaat uchun: @xjamshid
822 viewsMadina Mavlonova, edited  12:20
Ochish/sharhlash
2022-01-24 07:57:07 Dizayn haqida qancha ko‘p bilganim sari, shuncha kam bilishimni tushunib yetdim. Va yana-da ko‘proq o‘rganish ishtiyog‘i kundan kunga oshib bormoqda
1.1K viewsMadina Mavlonova, 04:57
Ochish/sharhlash
2022-01-21 16:00:48 Nima deb oʻylaysiz inson eng koʻp yolgʻonni kimga aytadi? Meni fikrim boʻyicha inson eng avvalo oʻzini oʻzi koʻp aldab yuradi. Oʻzini oʻzi oʻylab topgan yolgʻonlarga ishontiradi.

Shunaqa vaziyatlardan biriga misol keltirsam. Oxirgi paytlarda koʻp uchratib yurgan holatlardan biri: baʼzi odamlar instagramdagi kuzatuvchilarini (followers) sunʼiy yoʻl bilan koʻpaytirishyapti. Kuzatuvchilarining soni qancha koʻp boʻlsa shuncha xursand boʻladilar. Lekin sunʼiy yoʻl bilan "nakrutka" qilib koʻpaytirishdan nima maʼno? Ular haqiqiy emas-ku axir. Qanday qilib odam degani oʻzini shunchalik aldab xursand boʻlishi mumkin bundan. Yana boshqalarni obunachilari koʻpligi bilan aldashi bor. Bunaqa yolgʻonlarga esa oʻziga oʻxshagan fikrlashi tor odamlargina ishonsa kerak.

Obunachilar koʻp boʻlishini istasangiz shunga yarasha kontent yuriting. Insonlarga foydali maʼlumotlar bilan boʻlishing, shunda haqiqiy kuzatuvchilar sizni kuzatib borishadi.

Son emas sifat muhim!
1.1K viewsMadina Mavlonova, 13:00
Ochish/sharhlash
2022-01-05 17:41:14 Madina Mavlonova blogi pinned a photo
14:41
Ochish/sharhlash