Get Mystery Box with random crypto!

#book #design #branding 2022-yildagi rejalarimdan biri dizayn | Madina Mavlonova blogi

#book #design #branding

2022-yildagi rejalarimdan biri dizayn haqidagi kitoblarni bosma formatda o'qish edi, sababi elektron kitoblarni o'qiganda kitob o'qishni mazasini sezmasdim, ishtiyoq ham kuchli emasdi. Bosma kitoblarni o'qish esa ancha qiziqarli va samaraliroq. Ayniqsa dizayn va marketingga aloqador kitoblarni o'qishni juda yaxshi ko'raman.

Yanvar oyidan boshlab bu niyatimga erishishni boshladim, Fido Studio'ga ishga kirganimda ofisdagi dizayn bo'yicha kitoblarning barchasini stolim oldiga yig'ib oldim.

Bugun yana ikkita ajoyib kitob qo'limda. Tez orada bu kitoblarni o'qib chiqib olgan bilimlarim bilan bo'lishishga harakat qilaman.

P.S. Bu kitoblarni menga sovg'a qilishdi, shu sababli "qayerdan oldingiz" deb so'rasangiz bundan xabarim yo'q)