Get Mystery Box with random crypto!

Biron idea bering! Ko'pchilik dizaynni o'rganuvchi shogirdlar | Madina Mavlonova blogi

Biron idea bering!

Ko'pchilik dizaynni o'rganuvchi shogirdlar ustozidan yoki boshqa tajribali dizaynerlardan "Mana shunaqa mavzuga qanaqa dizayn qilsam bo'ladi, idea bering" deb so'rashadi. Lekin tajribali dizayner bo'lgani bilan xohlagan dizaynga turli xil idealarni darrov generatsiya qilib tashlay olmaydi. Chunki idea bu ko'p izlanishlar va kuzatishlar davomida keladi.

Shaxsan mendan ham ko'pchilik biron idea bering deb so'rab turishadi. Bunaqa paytda men doim aytadigan gapim "Shu mavzuda boshqa dizaynlarni ko'ring izlaning, kuzating" deyman. Ba'zilari menga vaqt ajratmayapti, yoki ideasini qizg'anayapti deb o'ylashi mumkin. Lekin biron idea berishim uchun men ham soatlab yoki kunlab izlanishimga to'g'ri keladi. Bu degani agar 3-4 ta odam bir vaqtda mendan idea berishimni so'rab qolsa o'zimni butun ishlarimni tashlab ular uchun ishlashimga to'g'ri keladi degani. Bunday qilishni esa iloji yo'q.

Aslida har bir dizayner o‘zi mustaqil idea topishni o‘rgansa bu albatta o‘ziga katta foyda bo‘ladi.