Get Mystery Box with random crypto!

Madina Mavlonova blogi

Telegram kanalining logotibi madinamavlonovablogi — Madina Mavlonova blogi M
Telegram kanalining logotibi madinamavlonovablogi — Madina Mavlonova blogi
Kanal manzili: @madinamavlonovablogi
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 505
Kanalning ta’rifi

✅ Grafik Dizayn va hayot haqida shaxsiy fikrlarim
✳️ Muallif: @Madina_Mavlonova
✳️ Shaxsiy kanalim : @illustros
✳️ YouTube: youtube.com/MadinaMavlonova

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-07-18 18:42:44 #shaxsiy #fikr

Xullas sizga negativ taʼsir qiladigan xabarlarni, yangiliklarni koʻrishni kamaytiring yoki umuman toʻxtating. Baxtsiz hodisalar, axlat maʼlumotlar, qandaydir jinoyatlar, kimdir boshqa kimdirni oʻldirib ketgan xabarlar, umuman olganda barcha shu kabi xabarlarni koʻrishni iloji boʻlsa toʻxtating!

Bunaqa baxtsizliklarning oxiri yoʻq, hammasini koʻrib chiqaversangiz kuni boʻyi kayfiyatingiz buzilgani qoladi. Muhim ishlaringizga diqqatingizni qarata olmay qolasiz.

Shunchaki bilingki dunyoda baxtsiz hodisalar boʻlmoqda va oʻzingizga shuningdek yaqinlaringizga ehtiyot boʻlib ularni asrang.
165 viewsMadina Mavlonova, 15:42
Ochish/sharhlash
2022-07-15 08:37:37 Bizning studiyamizning rasmiy sayti: fido.studio
282 viewsMadina Mavlonova, edited  05:37
Ochish/sharhlash
2022-07-13 18:29:46
Behance uchun tayyorlagan birinchi ishimiz!

Behance link

Follow us: Telegram · Instagram · Dribbble
289 viewsMadina Mavlonova, 15:29
Ochish/sharhlash
2022-07-07 20:14:11 Madina Mavlonova blogi pinned a photo
17:14
Ochish/sharhlash
2022-07-07 20:14:03
#designclub #logo

Bizgacha barchasi o'ylab topilgan

Assalomu alaykum! Ismim Madina Mavlonova, Fido Studioda grafik dizayner bo'lib faoliyat olib boraman. Asosiy yo'nalishim branding bo'lgani uchun ko'plab logotiplar chizganman.

Bugun esa sizlar bilan logotiplar va ularning ideyasi haqida gaplashamiz. Videodan eng ko'p beriladigan savolga, ya'ni: "Nima uchun o'xshash logolar ko'p?" javob topasiz.

Videoni ko'rish uchun shu yerga bosing!

@illustros | @designclubuz
365 viewsMadina Mavlonova, 17:14
Ochish/sharhlash
2022-07-04 18:34:39
Bugun yangi ofisimizning ochilish marosi boʻlib oʻtdi.

Batafsil: instagram sahifamda (instagram.com/madina_mavlonova_) koʻrishingiz mumkin.
441 viewsMadina Mavlonova, 15:34
Ochish/sharhlash
2022-07-01 19:42:19 2022-yil yarimi ham ko'zni ochib yumguncha o'tib ketti. Yilni yarimigacha nimalarga ulgurdingiz? Yil boshida qo'ygan maqsadlaringizga qisman erishdingizmi? Yilning qolgan qismini qanday o'tkazmoqchisiz?
422 viewsMadina Mavlonova, 16:42
Ochish/sharhlash
2022-06-16 08:30:34 Ishga butkul berilib ketgan paytimda qulog'imda qanaqa qo'shiq kuylayotganini ham eshitmay qolaman. Bunaqa paytda butun diqqatim qilayotgan ishimda bo'ladi. Shunaqa ishlash mazza)
596 viewsMadina Mavlonova, 05:30
Ochish/sharhlash
2022-06-14 08:40:46 Bizdagi mijozlar baraka topishsin!
Do'konini ochishga 2 kun qolganda logotip, bannerlar qildirish kerakligi esiga tushib qoladi. Keyin dizaynerga "iltimos, juda shoshilinch edi, uxlamay bo'lsa ham bir amallab qilib bering" deb yalinadi. Mayli deb holatini tushunib dam olish kunlaringizdan voz kechib dizayn qilib berasiz. Ishni topshirasiz, insofi yo'q mijoz esa 1 daqiqa vaqt ham olmaydigan to'lovni o'tkazishni 1haftaga cho'zadi, xabarlarni o'qimaydi, bungacha esa ishlab turgan payting "bo'lib qoldimi, qachon tugaydi" deb ming marta bezovta qiladi.

Shunaqa mijozlarni bizneslari rivojini bersin!
628 viewsMadina Mavlonova, 05:40
Ochish/sharhlash
2022-06-13 07:49:52 Ushbu logoni narxi 100 000 so'm. Bu logoni 2019-yilda chizgandim. O'sha paytda grafik dasturlarni mustaqil onlayn platformalardan o'rganib yurardim. Shu logo o'tganidan keyin, mijoz meni doimiy ishga taklif qilgan edi. Bu mening shahardagi birinchi ish joyim bo'lgan. Uydagilarim shaharda ishlashimga qarshi edilar, chunki uyim ish joyimdan deyarli 40km uzoqlikda edi, va ishga qatnashga har kuni 5 soat vaqt ketar edi.

Aynan shu ishim o'tganidan keyin va meni suhbatga chaqirishganidan keyin uydagilarni rozi qila olgandim. Shu bilan dizayn olamiga chuqurroq kirishimga yo'l ochilgan.

Meni ishga qabul qilishganida dizayn sohasini yaxshi tushunmasdim, qo'limdan keladigani grafik dasturlarni bilishim va o'z ustimda ishlashga tayyorligim edi. Aynan shu sabab ishga qabul qilishgan.
519 viewsMadina Mavlonova, 04:49
Ochish/sharhlash